Telegram Web Link
#Job_Edu

🔔 Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida joriy yilning 26-iyun kuni Astrum IT akamediyasida "Job & Edu" mehnat va ta'lim yarmarkasi tashkil etildi.

➡️ Yarmarkada oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari va IT sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar va o‘quvchilar raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi yutuqlar, ish imkoniyatlari va malaka oshirish kurslari haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi - yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan tanishtirish hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini belgilashga ko‘maklashish bo‘ldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ta'lim_dasturi

💻 TATU hamda hududiy filiallarimiz talabalari diqqatiga! Ajoyib yangilik!

Abu Dabi Universiteti (ADU) 1-Xalqaro ta'lim dasturini (ISAP2024) e'lon qiladi.

Akademik va madaniy tajribani taklif etayotgan ISAP2024 dasturi Abu-Dabi, Al-Ayn va Dubay shaharlarida 2024-yil 15-dekabrdan 23-dekabrgacha bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

1199 AQSH dollarlik dastur ADUning hamkori sifatida TATU talabalariga 250 AQSH dollari miqdoridagi maxsus tarifni taklif etmoqda. Bunga: shaharlararo transport, turar joy, madaniy tadbirlar, kompaniyaga tashriflar, kechki ovqat va xayrlashuv tushligi kiradi.

🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 30-iyun, 2024-yil
🗒 Ariza topshirish uchun : https://gep.adu.ac.ae/isap

📌 Batafsil ma'lumot uchun : https://drive.google.com/file/d/1WXNCRM51gYca7Q-ctylkSdXKduZmxJMa/view?usp=drive_link
Tel: +998712350900

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi mudiri - Mamadaliyev Xusniddin Abdijalilovichning tug'ilgan kunlari!

🎉 Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e'tirof #tabriklaymiz

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan yurtimizning tashabbuskor yoshlaridan bir guruhi mukofotlandi

💻 Ular orasida faol talabamiz ham munosib e’tirof etildi va "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.

🎓 Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti;

🎉Muyassarxonni ushbu yuksak e'tirof bilan TATU jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelajakda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Mirzajahonovich (Шерзод Ахматов)
Сўнгги 7 йил давомида Давлатимиз Раҳбари томонидан Ўзбекистонни халқаро даражадаги обрўсини ошириш борасидаги саъй-ҳаракатлари ўз натижаларини бермоқда.

Буни Жанубий Кореяда ташкил этилган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Давлат хизматлари форуми (UN PUBLIC SERVICE FORUM)да Ўзбекистон делегациясига бўлган алоҳида эътиборни ўзидаги оддий мисолларда яққол кўрса бўлади:

Форум бошланишидан олдин тор доирадаги учрашувда Ўзбекистон вакили таклиф этилди (жуда кўп давлатлардан вазир ва ҳатто Бош вазир ўринбосари даражасидаги меҳмонлар бўлса ҳам).

Умумий суратда Ўзбекистон вакилига энг марказдан – БМТнинг собиқ бош котиби Пан Ги Муннинг ёнидан жой ажратилди.

Инчон шаҳар мэри расмий тушлик маросимида айнан Ўзбекистонни эслаб ўтди ва унга жавобан фақат Ўзбекистон вакилига сўз берилди.

Форумнинг асосий биринчи пленар сессиясида давлатлар делегациялари ичидан ягона Ўзбекистон вакили нутқ сўзлашга таклиф этилди.

Вазирлар давра суҳбати ҳам алфавит тартибида ўтказилган бўлса-да, асосий мезбон вазирдан кейинги биринчи сўз ҳам Ўзбекистонга берилди.

“UN PUBLIC SERVICE FORUM”ининг ёпилиш маросимида ҳам Ўзбекистон вакилига сўз берилиб, ушбу муҳим форумнинг келаси йилда Самарқанд шаҳрида бўлиб ўтиши бўйича қарор қабул қилиниб, уни UNDESA раҳбари-БМТнинг Бош котиби ўринбосари Ли Сзянхуа томонидан эълон қилиши мамлакатимизнинг жаҳон майдонидаги обрўси янада юксалиб бораётганидан яққол дарак беради.

Президентимизнинг тизимли равишда мажбурий меҳнат ва бошқа салбий турли хил қора рўйхатлардан мамлакатимизни чиқариб, БМТ ва бошқа халқаро ташкилотлар ҳамда барча давлатлар раҳбарлари билан самимий дўстона алоқаларни йўлга қўйиб боришлари, барча соҳалар раҳбарларига халқаро йўналишдаги фаолиятига кенг имкониятларни очиб бормоқда. Шу имкониятлардан фойдаланиб, барчамиз Ўзбекистондаги ёшларимизга кўпроқ юқори даромадли ишчи ўринлари яратишга ҳаракат қилиб боришимиз керак.

PS. Яқинда Минскда 7 йил аввалгига нисбатан МДҲ алоқачилари орасида Ўзбекистон вакилига алоҳида эътибордан ижобий хайратлангандим.

Юқори сифатдаги видеони Facebook саҳифамда кўришингиз мумкин: https://www.facebook.com/share/p/QGJ7oqpvhRKep4JS/?mibextid=oFDknk

🚀Telegram 📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari #ğalaba

2024-yil 27-iyun kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston
Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Устранение цифрового неравенства” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitet talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi.

🏆 Xakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari 1-o'rinni egallab, esdalik sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🎉Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UBTUIT OFFICIAL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🔵 Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz?

🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi.

Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi.

💬 IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin:
https://www.facebook.com/share/p/5m1sWr91dqDSM3re/

Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #yangilik

Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan davlatimiz Rahbari boshchiligida videoselektor yigʻilishi bo'lib o'tmoqda

Endilikda O‘zbekistonda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi

ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
#live #yangilik Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan davlatimiz Rahbari boshchiligida videoselektor yigʻilishi bo'lib o'tmoqda Endilikda O‘zbekistonda IT sohasida…
#live #selektor

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi:

•Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

•Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

•Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #selektor

Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob boʻladi.

Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak boʻlgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Xitoy

Kuni kecha, 27-iyun kuni Xitoyning Yangju universiteti delegatsiyasi TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi.

🗒 Ikki universitet vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda axborot muhandisligi, dasturiy injiniring, tadqiqot markazlari faoliyati bo'yicha qo'shma loyihalar amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi. Bir kamar - bir yo'l tashabbusi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan Xitoyga tashrif chog'ida o'zaro manfaatlarni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

➡️ Dunyo universitetlar ichida nufuzli QS va THE reytinglarida Top-400 o'rindan joy olgan Yangju universitetining TATUdagi ilk tashrifi chog'ida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, so'nggi ijobiy o'zgarishlar va zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/07/01 15:06:01
Back to Top
HTML Embed Code: