Telegram Web Link
#Bitiruv_marosimi #BDIRU #TATU_bitiruvchilari

2024-yil 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Minsk shahrida xizmat safarida bo'lib, Qo'shma ta'lim bitiruvchilarining Davlat attestatsiya komissiyasi ishlarini yakunlash hamda BDIRU diplomini tantanali berish marosimida ishtirok etishdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining Minsk shahridagi elchixonasi vakillari ham qatnashdilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #tashrif

💬 Kuni kecha, 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich "Hayotiy tajribalari, ilm yo‘llaridagi faoliyati" bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o'rtasida akademik, ilmiy-tadqiqot va xalqaro yo'nalishlarda yaqindan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, malakali kadrlar tayyorlashda o'zaro ko'maklashishni ko'zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shundan so'ng Axmed Mambetkarimovich TATU da talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:58:25
Back to Top
HTML Embed Code: