Telegram Web Link
#tabassum_vaqti #obunachimizdan #tanlov

Sizda ham shunday bo'lganmi?

Muallif: @Xamidovz

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

“1-oktyabr –Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan TATU rektori Baxtiyor Maxkamovning bayram tabrigi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #HUAWEI #hamkorlik

🤝 TATUning uzoq yillardan beri hamkor tashkiloti sanalgan Huawei Uzbekistan kompaniyasi 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga atalgan bayramona torti uchun TATU jamoasi o'z minnatdorchiligini bildiradi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UZBEKISTAN GTL
😎 #Stipendiya #Amaliyot #Tanlov

⚡️⚡️⚡️Xushxabar


📣O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o’rtasida “Uzbekistan GTL" stipendiyalar tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi.

Unda O'zbekiston Respublikasidagi texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar quyidagi 3 bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi:

🔴 1 bosqich > Joriy yilning sentyabr oyidan - 25 oktyabriga qadar talabgorlardan ushbu havola orqali anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

🚫2 bosqich > Joriy yilning 25 oktyabridan - 15 noyabriga qadar onlayn anketalar orqali saralangan talabalar o‘rtasida tanlagan mutaxassisliklari va xorijiy til bo‘yicha yozma ish shaklida imtihon o‘tkaziladi.

😎3 bosqich > Joriy yil dekabr oyining ikkinchi haftasiga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi.

🟦🟦🟦 Tanlov doirasida o‘tkaziladigan har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Korxonanining rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

😄Gʻoliblarga 2024-2025 o‘quv yili davomida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim tashkilotini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi.

😎Shuningdek, ushbu dastur boʻyicha muvaffaqiyatli ishtirok etgan, lekin gʻolib boʻla olmagan talabalar ham “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Korxona tomonidan qoplanadi.

📞Dastur bo‘yicha savollar uchun +998 71 202 40 80
———


Bizni kuzating⬇️

💬Telegram | 🌐Website
👍YouTube | 😉LinkedIn
👨Facebook | 📹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti #obunachimizdan #tanlov

Professor: Sizni shunday ajoyib insho yozishga nima ilhomlantirdi?
Talaba: deadline...

Muallif: @Xamidovz

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FGCH #musobaqa

Xushxabar

🏆Oʻzbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasida qatnashib 180ta davlat jamoalari ichidan faxrli 2-o'rinni egallab 5 ta kumush medal bilan qaytishdi.

🇺🇿Jamoamiz Gretsiya davlatida bo'lib o'tgan, 180 ta mamlakat jamoalari ishtirokidagi nufuzli First Global Challenge 2024 xalqaro musobaqasida ishtirok etib 2-o'rinni egallab qaytishdi.

🗒 Ma'lumot uchun: Ushbu nufuzli musobaqada TATU dan terma jamoa rahbari sifatida Z.Qodirov jalb qilingan, hamda terma jamoaga universitetimiz talabasi M.Teshabayev sardorlik qilib kelmoqda.

🎉 Barcha terma jamoa a'zolari va butun O'zbekistonni ushbu ajoyib g'alaba bilan tabriklab qolamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ERASMUS #seminar_trening

🇱🇹 Joriy yilning 30-sentyabr kuni Litvaning Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasidagi trening kurslariga start berildi. Dasturni Vilnius texnika universiteti rektori Prof.Dr.Romualdas Kliukas kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

  ⚪️Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar jumladan, universitetimizning 4 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda.  Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish - CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida tashkil etilayotgan treyning kurslari 30-sentyabrdan 11-oktyabrga qadar davom etadi hamda  professor-o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📁 Ma’lumot uchun: Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va taʼlim jarayonlariga joriy etish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ko‘plab xalqaro loyihalar koordinatori va ijrochi tashkiloti sifatida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 17:48:59
Back to Top
HTML Embed Code: