Telegram Web Link
#mehnat_yarmarkasi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida  “Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Navoiy viloyatidagi IT kompaniyalar, soha korxonalaridagi bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda:
- Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
- Toshkent shahridagi INHA universiteti
mas'ul xodimlari Vazirlik tizimidagi universitetlar haqidagi targ'ibot dasturlari bilan tadbirda ishtirok etishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#karyera_kunlari #Astrum

IT Sohasida karyera kunlariga marhamat!


Hurmatli TATU yoshlari va IT sohasiga qiziquvchilar!

Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni shu sohada faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirish maqsadida "Karyera kunlari" tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbir tafsilotlari:
🗓 Sana: 2024-yil 26-iyun
📍 Manzil: "ASTRUM" IT akademiyasi (Toshkent viloyati, Yangibozor)

Tadbirning maqsadi:

IT sohasiga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, bitiruvchilarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirish.

🗒Tadbir davomida:

-"Karyera kunlari" bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari;
-IT yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari haqida seminarlar va taqdimotlar;
-Maktab o‘quvchilari va abituriyentlar uchun IT sohasidagi ta’lim imkoniyatlari haqida ma'lumotlar beriladi.

📞Batafsil ma'lumot uchun telefon:
+998 94 673-02-30

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biznes IT” loyihasi grant sohiblari aniqlandi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan KOICA tomonidan moloyalashtirilayotgan “Biznes IT” loyihasi doirasida e’lon qilingan to'liq grant dasturi g‘oliblari deb quyidagilar e’lon qilinadi.

Magistartura dasturi uchun:
TATU Kompyuter injiniringi fakulteti bitiruvchisi – Suvonov Nurbek.
TATU AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti bitiruvchisi - Kholmonov Jonibek.
TATU Kompyuter injiniringi fakulteti bitiruvchisi – Ergashev Mukhammadjon
TATU Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti bitiruvchisi - Abdullayev Sukhrobjon
TATU Farg'ona filiali Dasturiy injiniring fakulteti bitiruvchisi - Murodjonov Samandar

🎉G‘oliblarni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!!!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATUFF | Rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
⚡️Har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro “UN PUBLIC SERVICE FORUM” 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi e’lon qilindi

Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning eng muhim voqeasi ushbu xalqaro tadbir 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Buni UNDESA rahbari-BMTning Bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua e’lon qildi.

Forumning yopilish marosimida Vazir Sh. Shermatov o‘z nutqi bilan ishtirok etib, Samarqandda o‘tadigan tadbirni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’kidlab, ishtirokchilarni Samarqandga taklif qildi. Shu bilan birga, ushbu forumni O‘zbekistonda yuqori darajada o‘tkazilishiga bildirilgan e’tirofga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” tadbirining yopilish marosimini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🎵https://www.youtube.com/live/AkkOEMWq8_c?si=EM6xgqJdf8i7eMQ6

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 TATU talabasining innovatsion loyihasi Huawei tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

💻 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bitiruvchisi Nuriddin Samatov Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va Huawei hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan Generation Connect Yoshlar yetakchilari dasturining Jenevada (Shveytsariya) bo'lib o’tgan  treninglarda o'zining innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdi.

🗒 Mazkur innovatsion loyiha daryo havzalari hamda sug'orish kanallaridagi suv ifloslanishini aniqlash va oldini olishga xizmat qiluvchi aqlli boshqarish tizimi bo'lib, atrof-muhit muammolarini samarali hal qilish va erta ogohlantirish tizimi sifatida xizmat qiladi. Ushbu innovatsion loyiha yordamida sanoat korxonalaridan tarqalyotgan kimyoviy moddalarning daryo va kanallarga tarqalishi mumkin bo'lgan  atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimallashtirish ko'zda tutilgan.

🌐 Ushbu dasturda Yevropa, Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika hamda O'rta Sharq davlatlaridan kelgan STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) fanlarida tadqiqot olib borayotgan 30 nafar ilg'or yoshlar saralab olingan.

Bir xafta davom etgan trening doirasida qatnashchilar Huawei kompaniyasining Zurix shahridagi tadqiqot va taraqqiyot markaziga tashrif buyurib, Huawei kompaniyasining eng so'nggi loyihalari bilan tashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. TATU bitiruvchisi Nuriddin Samatov Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) va Huawei hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan Generation Connect Yoshlar yetakchilari dasturining Jenevada (Shveytsariya) bo'lib o’tgan  treninglarda o'zining innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdi. Mazkur innovatsion loyiha daryo havzalari hamda sug'orish kanallaridagi suv ifloslanishini aniqlash va oldini olishga xizmat qiluvchi aqlli boshqarish tizimi bo'lib, atrof-muhit muammolarini samarali hal qilish va erta ogohlantirish tizimi sifatida xizmat qiladi. Ushbu innovatsion loyiha yordamida sanoat korxonalaridan tarqalyotgan kimyoviy moddalarning daryo va kanallarga tarqalishi mumkin bo'lgan  atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimallashtirish ko'zda tutilgan.

🔔 Ushbu dastur qatnashchilarga bir yil davomida BMTning Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) hamda Huawei kompaniyasi vakillaridan o'z loyihalarini xalqaro doirada rivojlantirishi uchun bilim va ko'nikmalar olish imkoniyatini beradi. Bir xafta davom etgan trening doirasida qatnashchilar Huawei kompaniyasining Zurix shahridagi tadqiqot va taraqqiyot markaziga tashrif buyurib, Huawei kompaniyasining eng so'nggi loyihalari bilan tashish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Prezident 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi



Президент направил свои поздравления работников отрасли с 27 июня – Днем работников печати и средств массовой информации

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:59:38
Back to Top
HTML Embed Code: