Telegram Web Link
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 27-may kungi 102-sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Munavvara Usmonovaning "Maʼrifat nuridan charog‘on kunlar" sarlavhali maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay

Millat umidi jamoasi tomonidan tayyorlangan.

Millat Umidi
Umidjon Ishmukhamedov g‘oya muallifi
Zohidjon Olov sheʼri
Zohirshoh Jo‘rayev musiqasi
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#hayrixoh

“Yoshlik” – tajriba, bag‘rikenglik maydoni

“Yoshlik” jurnali chiqa boshlagan paytlarni eslasak, “ayni vaqtida” degan iborani kengroq talqin etishga to‘g‘ri keladi. Chunki yangi jurnal ta’sis etilishi ko‘p jihatdan ayni vaqtida yuz bergan VOQEA edi!
Avvaliga adabiy jamoatchilik davralarida “Yoshlik” jurnali ta’sis etilar emish, degan mish-mish tarqadi. Ko‘p o‘tmay mish-mish hayotiy tasdig‘ini topdi: “Yoshlik” jurnali ta’sis etilgani chinakam bayramga aylandi! Buning sabablari bor edi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
📣

✔️ Shahrisabz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan "Yuzma-yuz" loyihasining navbatdagi uchrashuviga barcha ijodkor yoshlarni taklif qilamiz!

"Yuzma-yuz" loyihasining navbatdagi mehmoni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, "Shuhrat" medali sohibi, shoir va jurnalist Gʻayrat Majid.

🔶 O'tkazilish vaqti:1-iyun kuni soat 11:00
📍 Manzil: Shahrisabz davlat pedagogika instituti ARM Faollar zali
✉️ Murojaat uchun: @yuzma_yuzga_murojaat
Maʼrifat ulashib

Qo‘qon universitetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur taʼlim dargohi, uyushmaning viloyat bo‘limi hamda Qo‘qon Madaniyat instituti hamkorligida tashkillangan adabiy tadbir g‘oyat ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda shoirning qalbga yaqin sheʼrlari talaba yoshlar tomonidan ifodali o‘qildi, sahna asarlari namoyish etildi.
Hamkor taʼlim dargohlari kutubxonasiga Yozuvchilar uyushmasi taqdim etgan kitoblar hamda shoir qalamiga mansub asarlar sovg‘a qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"KUN XABARLARI" | "MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDA ADABIY KECHA O‘TKAZILDI

#SamarqandMTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Adiblar xiyobonida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat xareografiya akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tgan “Vatan madhi qalblarda mangu” mavzusidagi hisobot konsertidan parcha.
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/yorug-soz-zhozibasi_603002
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifat ulashganlar bilan muloqot

Kecha Yozuvchilar uyushmasida oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalarda o‘tgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sho‘ba mudiri Abduxalil Mavrulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etdi.
Amaliy seminar davomida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida foydalanish uchun tavsiya etiladigan qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari tinglandi.
Yakunda esa loyihada ishtirok etgan barcha shoir va yozuvchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Bobur Bobomurod "Sport" telekanalining "Harakatda bo‘l!" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/22 21:30:40
Back to Top
HTML Embed Code: