Telegram Web Link
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda "Burgut cho‘qqi" kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Til - so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.

Abu Rayhon Beruniy

https://www.tg-me.com/dtrdep
Yangi kitob

O‘ZIM DUNYO ARO DUNYO

Ikki xalq kuychisi, farzandi bo‘lish baxti nasib etgan ijodkorlarimizdan biri O‘lmas Jamoldir. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov: “Tojikistonda yashab, ikki tilda ijod qilgan o‘zbek farzandi O‘lmas Jamolning “Ikki tilli bir xalq vasfiga” nomli muxammasi, mana, chorak asrdirki, ikki xalq do‘stligini tarannum etuvchi sheʼrlar ichida hamon eng yuqori cho‘qqini egallab turibdi”, – deya eʼtirof etgan bo‘lsa, yana bir qahramon shoirimiz Abdulla Oripov ham ijodkorga o‘z hurmatini shunday bayon qilgan: “Uning sheʼrlari ohangi bilan qo‘shiq bo‘lib dunyoga keladi. Shuning uchun ko‘zga ko‘ringan hofizlar tomonidan qo‘shiq bo‘lib ijro etilgan. Bunday insonlar, bunday shoirlar, bunday arboblar bir-biriga jigar, bir-biriga qadrdon, qadimdan bir-biriga jondosh va yondosh bo‘lgan xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanadi”.
Haqiqatdan ham O‘lmas Jamolning xalqlar do‘stligi, adabiy aloqalar zamiridagi mehnati sheʼru g‘azallarida mujassam.
Ushbu kitob shoir tavalludining 90-yilligi munosabati bilan uning to‘rt devoni asosida tayyorlandi. Kuni kecha Samarqand viloyatida, Tojikistonning Dushanbe shahri, Xatlon hamda Soʻgʻd viloyatlarida “O‘zim dunyo aro dunyo”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kitob “Vatandoshlar” jamoat fondi homiyligida nashr etildi.

Nashr uchun mas’ul: Asadullo Shukurov
To‘plovchi: Husniddin Fayozov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq adiblari uchrashuvi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida qirg‘izistonlik adib Abdildajan Akmataliyev boshchiligida bir guruh mehmonlar va qozog‘istonlik yozuvchi Qulbek Ergobek bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda kechgan suhbatda o‘zbek ijodkorlari – G‘ayrat Majid, Ahmadjon Meliboyev, Rustam Musurmon, Salim Ashur, Zuhriddin Isomiddinov, Risolat Haydarova, Muhiddin Abdusamatov ishtirok etdi. Uchrashuvda o‘zbek, qirg‘iz, qozoq xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari, adabiy hamkorlikni tobora rivojlanib borayotgani haqida so‘z bordi. Qardoshlarning diydor tafti uyushma vakillarini quvontirgani aytildi.
Davra suhbatida Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashda hamkorlikda ishlash taklfini berdi.
Uchrashuvda mehmonlar va mezbonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Zulayho Ahmadjonova
Qirg‘izistonlik adib Abdildajan Akmataliyev boshchiligida bir guruh mehmonlar va qozog‘istonlik yozuvchi Qulbek Ergobek bilan uchrashuvdan fotolar.
Nosirjon Zohidov tavalludining70 yilligiga

SEVIMLI ADIB

Zahmatkash ijodkor, otashqalb adib,
Qo‘qonda tug‘ilib yetgan voyaga.
So‘z ustida ishlash azobin tatib,
Tirmashib chiqolgan baland qoyaga.

Qanchalab qissalar, roman yaratgan,
Uning kitoblaridan taralar yog‘du.
O‘quvchi nigohin so‘zga qaratgan,
Bu hayotda hamroh shodlig-u qayg‘u.

Yetmish bahoringiz muborak bo‘lsin,
Karvon yo‘llarida yor bo‘lsin zafar.
Bu ijod yo‘lidir, bu yo‘l oq bo‘lsin,
Yorug‘ ko‘ngillarga qilgansiz safar!

Shogirdlar mashqiga berib eʼtibor,
Ezgu tilaklarni qilgansiz izhor.
Yoshlar bitigiga berilgan baho,
Ularning qalbiga baxsh etgan bahor.

Dillarga zavq berar “Qasos” “Nadomat”.
Nosirga yo‘ldoshdir nasrda  omad,
Ko‘p asarlar yozing, ko‘p yashang faqat,
Yuz yoshda ham yuring sog‘-u salomat!

Baxtiyor Yo‘ldoshev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
2024/09/22 23:18:48
Back to Top
HTML Embed Code: