Telegram Web Link
Taklifnoma

31-may kuni Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilаdi. Soat 08:30 da Chig‘atoy qabristoniga ziyoratga boriladi, 09:30 da Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida gul qo‘yish marosimi, soat 10:00 da uyushmaning majlislar zalida adabiy-maʼrifiy kecha hamda “Faust” va “So‘z latofati” kitoblari yangi nashrlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirlarga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
30-may - O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun

SHOIRLAR

(Esdaliklardan)

Uch-to‘rt shoir to‘planib olib,
Bir-birlarin maqtashar biyron:
-Men Pushkinman, sen – Mirzo G‘olib,
U – Navoiy, bu esa – Bayron.
Alahlashar bitta niyatda:
Uni yo‘qot, bunisin yemir.
To tonggacha Adabiyotda
Ter to‘kadi yolg‘iz Mirtemir.

09.03.2009-yil

Abdulla Oripov

@abdullaorifijodi
* Jarayon

Buxoro davlat universiteti filologiya fakultetida taniqli shoir va tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Ma‘rifat ulashib

“Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida elimiz suygan adiblar - Nurilla Choriyev hamda Sardor Hamrayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab adiblar universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz bilan muloqotda bo‘ldi. Unda bugungi adabiy islohotlar xususida fikrlar almashildi.
Adiblar universitet kutubxonasidagi ilmiy va badiiy kitoblar, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ijodkorlarning yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir davomida taʼlim dargohi hovlisiga yozuvchilar, pedagoglar, talabalar ishtirokida daraxt ko‘chatlari ekildi.

SamDAQU Axborot xizmati
Yangi kitob

FAUST

Iogann Volfgang Gyotening "Faust" asari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tarjimasi bilan qayta nashrdan chiqdi. Ushbu kitob barcha o‘qirmanlarga manzur bo‘lishiga ishonamiz.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Tarjimon: Erkin Vohidov
Masʼul muharrirlar: Mirzo Kenjabek, Nosirjon Jo‘rayev
Nashr uchun masʼul: Xurshid Vohidov
Nashriyot: “Adabiyot”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Shoiru sheʼru shuur

To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so‘z yondosh bo‘lur:
Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru sheʼru shuur.

Erkin Vohidov
2024/09/22 23:21:19
Back to Top
HTML Embed Code: