Telegram Web Link
🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠

2024-yil 23-24-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlari talabalari uchun ommaviy axborot vositalarida sud jarayonlarini yoritish amaliyotiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, bugun 23-sentabr kuni mazkur dasturning birinchi kuni o‘z ishini boshladi.


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va “East-West Management Institute” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamkorlikda tashkil etgan seminar-treningda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-kurs talabalari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.

Trening ishtirokchilari Oliy sud vakillari bilan birga sud jarayonlarini yoritishning axloqiy va huquqiy jihatlarini muhokama qilishdi. Axborot olish huquqi va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Trening davomida ishtirokchilarga jamoatchilik e’tiborini tortgan sud ishlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash va materiallarni tayyorlash usullari, advokatlar va sud jarayoni ishtirokchilari bilan suhbat uchun savollar tayyorlash qoidalari, hujjatlar va sud qarorlarini tahlil qilish, sud ishlarini yoritishda ochiq ma’lumotlarni izlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar o‘rgatildi. Axborot va uning manbalarini tekshirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

23-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazida “Jahon adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Kitob mo‘jizaga boshlaydi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni “Jahon adabiyoti” kafedrasi mudiri, professor G.Xalliyeva ochib berdi. shuningdek, kafedra professori F.Sapaeva, katta o‘qituvchi D.Rasulmuhammedova, o‘qituvchi M.G‘iyosovlar so‘zga chiqib, talaba yoshlarga  ilmiy va badiiy asarlar, ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida bugungi kunda talaba-yoshlarga berilgan imkoniyatlar, kitobning ular hayotidagi muhim ahamiyati xususida bahs-munozaralar olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 23:18:56
Back to Top
HTML Embed Code: