Telegram Web Link
🟦🟦🟦

20- sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda tadqiqotchi Dadamirzayeva Mohidil G‘ulomjon qizi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Madaniyatlararo muloqotda nutqiy etiketning antropotsentrik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar mohiyati, uning yangiligi va natijasi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 22- sentabr kuni, O’zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining xodimi va talabalari - Respublika bolalar kutubxonasida...

🔷ADU, 1-bosqich 10 nafar talabalari tyutor bilan birgalikda, Respublika bolalar kutubxonasiga📚 tashrif buyurib, kutubxonaga a'zo bo'ldilar.

🔷 Ular mazkur kutubxonada yaratilgan barcha imkoniyatlar, o‘quv va badiiy hamda elekron adabiyotlar fondi haqida ma'lumotlar oldilar. Dunyo bo‘ylab nashr etilayotgan xorijiy tillardagi ilmiy, ta'lim tadqiqotlariga oid maqolalar va turli sohalardagi elektron nashrlardan foydalandilar.

Shuningdek, Badiiy asarlar va boy adabiy merosimiz talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

📍QDT matbuot xizmati

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-20-sentabr kunlari Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tgan OTFIV hamda Erasmus+ning O‘zbekistondagi milliy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi texnik yordam missiyasining maxsus seminarida  qatnashdilar.

Seminar  "OTMlar uchun strategiyalar: QS va THE xalqaro reytinglarda ustunlik qilish" mavzusida bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga moslashtirishda amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda, shuningdek, mahalliy OTMlar orasida xalqaro reytinglardan munosib o‘rin
egallagan universitetlar vakillari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 21:18:14
Back to Top
HTML Embed Code: