Telegram Web Link
#Talabaga_qulaylik

21-sentabr kunidan boshlab O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.P.Achilova hamda nemis tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, kafedraning xotin-qizlar kengashi rahbari N. Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida "Qo‘li gul qizlar" nomli to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Dastlabki dars to‘garak rahbari N. Nazarovaning master klass darsi bilan boshlandi, unda qizlar olib kelingan buyumlardan turli xil ro‘zg‘or buyumlarini va chiroyli gul bezaklarini yasashni mashq qildilar.

To‘garak ishi oxirida talaba qizlar o‘rtasida qo‘l mehnatiga oid savol –javoblar o‘tkazildi. Talaba qizlarga tikish-bichish, chiroyli uy jihozlari yasash haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi hamda to‘garak ish rejasi bilan tanishtirildi. Chiroyli suhbat va qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lgan to‘garakning birinchi darsi o‘z nihoyasiga etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

23-sentabr kuni Janubiy federal universiteti rektori Shevchenko Inna Konstantinovna va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i  Ruben Arturovich Sutsiashvili O‘zDJTUga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida, Janubiy federal universitet rektori va prorektori Rus filologiyasi fakultetida Rus tili markazi faoliyatini bilan tanishdi va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot  bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar bilan O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomon uchun manfaatli masalalar muhokama etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 21:12:48
Back to Top
HTML Embed Code: