Telegram Web Link
#eksport_dayjest

📣 ISHBILARMON TADBIRKORLARIMIZ DIQQATIGA

🇨🇳 Xitoy davlatida joriy yilda quritilgan meva va sabzavotlarga o'tgan yilga nisbatan talab yuqori. O'zbekiston mahsuloti mustahkam o'rinlarni egallamoqda!

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda shakllantirilgan reyestrga ko'ra fitosanitariya sertifikati asosida O'zbekistonning 900 dan ortiq kompaniyasi qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirish imkoniyatiga ega!

Iste’molchilarga qulay qadoqga ega mahsulotlar qimmat bozorlardan o'rin olishini eslatib o'tamiz.

Quyida qishloq xo'jaligi mahsulotlari importi bilan shug'ullanuvchi Xitoy kompaniyalari nomi va aloqa manzillarini ilova qilamiz.

1. Shanghai Yihai Kerry Ingredients Co., Ltd.
📥: [email protected]
📞: 021-31823188

2. Xiamen Yisheng Economics & Trade Co. Ltd.
📞: 86 - 0592 - 5530347

3. Shenzhen Yifan International Agricultural Products Co., Ltd.
📥: [email protected]
📞: +86-755-84500980 / +8613922807009

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizning Shvetsiyadagi elchixonasi xabariga ko'ra, elchixonamizda Stokgolm iqtisodiyot maktabining Shvetsiya tadbirkorlik instituti bosh direktori Krister Ferling va Stokgolm iqtisodiyot maktabining Riga filali rektori Anders Palsov bilan samarali muloqat boʻlib oʻtdi.

Unda xorijiy hamkorlarimiz tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish va qayta tayyorlovdan oʻtkazish kabi bir qator masalalar boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

✔️ Eslatib o'tamiz, fitosanitar sertifikat asosida qirollikka 91 turdagi mahsulotni eksport qilish mumkin.

🤳 Eksportga oid qo'shimcha ma'lumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

☎️ Yoki Markaziy eksport shtabiga qo'ng'iroq qiling:
+998 71 202 77 76
+998 71 202 10 00 (ichki raqam 1519)

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#export_dayjest

📣 Isroil bozorlariga chiqish istagida bo'lgan tadbirkorlar diqqatiga!

Isroil davlatining "ASIA TRADE" kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda yetishtirilgan va tayyorlangan
quritilgan mevalar va grek yong'og'iga qiziqish bildirmoqda.

🔴 Talablar: Mahsulotlar korxonalarning o'z brendi ostida qadoqlangan bo'lishi lozim. Qadoqlar hajmi 500gr-1000gr

Hurmatli eksportchilar kimda shu talablar asosida hamkorlik uchun imkoniyat bo'lsa quyidagi raqamlarga aloqaga chiqishingiz mumkin.

Kompaniya direktori: Nissan Musayev
Whatsapp: +972 508 884 853
Email: [email protected]

☎️ Ma'sul xodim: Asadbek Bekmirzayev
Tel raqam: +998712027776 (1519)

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Chempion va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi:

🥇Oltin medal sohiblariga:

💰200 ming AQSH dollari;
🚘 Tahoe avtomobili;
🏠2 qavatli kottedj.

🥈Kumush medal sohiblariga:

💰 100 ming AQSH dollari;
🚘 BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
🏢kvartira.

🥉Bronza medali sohiblariga:

💰50 ming AQSH dollari;
🚘 BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
🏢kvartira.

🔰karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

🇨🇳 Xitoyga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!

😀 “North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) yuk aviakompaniyasi Oʻzbekiston -Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida 2023-yilning 4-sentyabr kunidan boshlab yuk tashuv aviaqatnovlarini yoʻlga qoʻydi.

🗓️ Bugungi kunda ushbu yoʻnalish boʻyicha aviakompaniyaning Boeing 757-200 havo kemalari orqali haftasiga bir marotaba reyslar amalga oshirilmoqda. Reys sigʻimi 25 tonna boʻlib, mazkur aviakompaniya tomonidan 2024-yilning 1-dekabr sanasidan boshlab qatnovlar 3 marotabaga oshiriladi.

🤝 Bunda Xitoy davlatiga eksportni amalga oshiradigan tadbirkorlarga qulay shartlarda aviatashuvlarni yoʻlga qoʻyishlari mumkin.

📞 Aviakompaniyaning Oʻzbekistondagi rasmiy vakili — Lyan Nikolay Viktorovich +998 90 396 86 86

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuproqning namligi va uning ekinlar parvarishidagi o‘rni

🌲Tuproqning mexanik xossalari tuproqning namligi bilan chambarchas bog‘liq xossalar sanaladi. Tuproq namligi butunlay quruq tuproq massasining foiz ulushi yoki birlik birligiga to‘g‘ri keladi.

O‘simliklarni yetishtirishda tuproq namligi dinamik ko‘rsatkich bo‘lib, tuproqning mexanik tarkibiga, o‘simliklarning rivojlanish turi va bosqichiga, sug‘orish rejimiga va evapotranspiratsiyaga bog‘liq.

📝Tuproq namligi bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Tuproqning suv bilan to‘liq to‘yingan holatdagi namligi – tuproqdagi barcha g‘ovaklar suv bilan to‘lgan holatida suvning ushbu tuproqdagi miqdori;

Eng kam namlik sig‘imi holatidagi namlik miqdori – tuproq tarkibidagi suvni gravitatsion kuchlar ta’sirida oqib chiqib ketganidan keyin ushbu tuproqda qoladigan suvning miqdori. Tuproqning suvni o‘zida ushlab turish xususiyatini ifodalaydi.

So‘lish namligi – tuproq tarkibida o‘simlikning yashashi uchun zarur bo‘ladigan minimal namlik miqdoriga teng bo‘lgan suvning miqdori. Namlik miqdori mazkur miqdordan kamayib ketsa, o‘simlik so‘liy boshlaydi.

Tuproqning gigroskopik namligi – o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan namlik darajasi. Gigroskopik suv-tuproq zarrachalari yuzasida singdirilgan suv hisoblanadi. Tuproqning havodagi bug‘simon namni singdirib, yutib olish qobiliyatiga gigroskopiklik va shunday yo‘l bilan yutilgan namlikka gigroskopik suv deyiladi;

Tuproqning eng kam namlik sig‘imi va so‘lish namligi oralig‘idagi namlik o‘simliklar uchun kerakli namlik sanaladi. Tuproq namligini tashkil qiluvchi suvning miqdori tuproqning umumiy hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishida ifodalanadi va bu ko‘rsatkichga tuproqning hajmiy namligi deyiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda xurmo mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export #xurmo

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#export_dayjest

✔️ Niderlandiya qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun istiqbolli bozorlardan biri hisoblanib, hozirgi kunda ayrim turdagi mahsulotlariga talab shakllangan.

🌐 Mamlakatning "Denimpex" kompaniyasi O’zbekistonda yetishtirilgan quyidagi meva-sabzavotlarga katta qiziqish bildirmoqda:

🌱 anor
😀 olma
🍇 uzum
🧅 piyoz

📣 "Denimpex" kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish istagida bo'lgan tadbirkorlik subyektlari Markaziy eksport shtabiga murojaat qilishlari mumkin:

📞 +99871 202 77 76
☎️ +998 71 202 10 00 (ichki raqam 1515)
👤 Ma'sul xodim: Samiyeva Nozima

📩 Elektron pochta manzili:
[email protected]

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇 O‘zbekistonda uzum eksporti mavsumi qizg‘in pallada. Mahalliy bog‘bonlar organik mahsulot yetishtirishda mavaffaqiyatli tajribaga ega. Karantin agentligining YouTube’dagi rasmiy kanalida Andijonlik dehqonning tajribasini  organik uzum yetishtirish haqidagi reportajni joylashtirdik!

📺 Tomosha qiling va izohlarda o‘z fikrlaringizni bildiring!

Videoga havola ➡️ https://youtu.be/DAcdXeWY0Ns?si=eeebngQonDquHPos
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FHA HoReCa Asia-2024 — oziq-ovqat mahsulotlarini namoyish etish imkonini beradigan ko'rgazma

🗓️ 2024-yilning 22–25-oktyabr kunlari "Singapore Expo" koʻrgazmalar majmuasida FHA HoReCa Asia 2024 xalqaro koʻrgazmasi bo'lib o'tadi.

🙆‍♀️ Yetakchi savdo markazlaridan biri boʻlgan Singapurdagi Expo markazida
- oziq-ovqat mahsulotlari,
- ichimliklar,
- mehmonxona va restoran sanoati sohalarini qamrab oladi.

🛕 Tadbir doirasida mehmonxona jihozlari, HoReCa, restoran jihozlari, gastronomiya, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar kabi tematik yoʻnalishlardagi soʻnggi yutuqlar namoyish etiladi. Shuningdek, davlatlarning mazkur yo'nalishdagi salohiyati namoyish etiladi.

🚆 Koʻrgazmada qatnashuvchilarning toʻliq roʻyxati va ishbilarmonlik dasturi koʻrgazma boshlanishiga yaqin rasmiy veb-saytda eʼlon qilinadi. Siz ham ushbu keng qamrovli tadbirda ishtirok etishingiz mumkin.

🙁 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Markaziy eksport shtabiga murojaat qiling:

+99871 202 77 76
+998 71 202 10 00 (ichki raqamlar 1515, 1510)
+998910033227 (Telegram)

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyat boshqarmalari, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislaridan iborat guruh malaka oshirish maqsadida Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib turibdi.

🇮🇳 Ayni vaqtda Hindistonning Oʻsimliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (National Institute of Plant Health Management – NIPHM) O’zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan tanishuv tadbiri bo’lib o’tmoqda

🔬 Ushbu malaka oshirish dasturi ilmiy-tadqiqot faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab oladi:

🕷 Zararkunandalar diagnostikasi – zamonaviy texnologiyalar yordamida qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini aniqlash va ularga qarshi kurashish.

🛡 Fitosanitar xavf tahlili – xavfli zararkunandalar tarqalishini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro strategiyalar.

🔎 Dala nazorati – dala sharoitida zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash usullarini qo‘llash va monitoring qilish.

🗣️ Haydaroboddagi bu o‘quv dasturi zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi bilimlar olish imkoniyatini yaratib, Hindiston tajribasini o‘rganish orqali mahalliy amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan samarali usullarni taqdim etadi.

💬 Ma'lumot uchun o‘quv-seminarlari Hindiston hukumati Tashqi ishlar vazirligining “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” (ITEC) doirasida tashkil etilgan.

📑 O'quv dasturi yakuniga ko'ra malaka oshirgan mutaxassislarga sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshiriladi.

#Karantin_xamkorlik #Hindiston #ITEC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎃 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovoq mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export #qovoq

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISSV va IMGR eksport agentligi hamkorligida eksportni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha ishga tushirilmoqda

💽 Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida eksportni jadallashtirish dasturi boshlandi. Dasturda - mahalliy kompaniyalarni eksport bo‘yicha bitimlarga kirishga o‘qitish va tayyorlash maqsad qilingan bo‘lib, eksport shartnomalaridan manfaatdor bo‘lgan, ammo amaliy tajribaga ega bo‘lmagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

📈 Joriy yilda ta’lim dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ma’lum tajribaga ega xalqaro ekspertlar taklif qilindi. Mashg‘ulotlar va akseleratsiya butun dunyo bo‘ylab matchmeykingni tashkil etishda katta tajribaga ega IMGR xalqaro kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunday loyiha O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda. Tanlov doirasida bir yil davomida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, eksportchi maqomini olish uchun amaliy bilim olgan 100 ta kompaniya saralab olinadi.

🔖 Ma’lumot uchun, IMGR eksport agentligi 15 yildan ortiq vaqt davomida MICE, b2b tadbirlari yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda va 2019-yildan buyon xalqaro bozorlarda ishlashda eksportchilarga professional hamrohlik qilib keladi.

🛕 Dastur ishtirokchilari yil davomida uch bosqichli akseleratsiya va treningdan o‘tadilar:

1️⃣ trening doirasida kompaniyalar xalqaro bozorlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning import mahsulotlariga bo‘lgan talablari, eksport faoliyati jarayonlari va maqsadli mamlakatga yetkazib berish uchun raqobatbardosh mahsulotni qanday tayyorlashni o‘rganadilar;

2️⃣ marketing materiallarini ishlab chiqish va muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish;

3️⃣ ishtirokchilar salohiyatli xorijiy hamkorlar bilan ko‘rgazma va forumlarda muloqot olib borib, manfaatli shartnomalar tuzish bo‘yicha amalda tajriba orttiradilar.

💬 Dasturda eksport tajribasiga ega bo‘lmagan kompaniyalar ham ishtirok etishlari mumkin, Ishtirok etish bepul. Arizalar 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.

🖥 Ariza dasturning rasmiy saytida joylashtirilgan: https://exportaccelerator.uz/main_uz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇪 2024-yilning 24-26-sentabr kunlari Dubayida navbatdagi "Gulfood Green premiere" ko'rgazmasi boshlanadi.

🍇 Yangi uzilgan va muzlatilgan meva-sabzavotlar, o'simlikka asoslangan/alternativ oqsillar, funktsional oziq-ovqatlar, organik oziq-ovqatlar va oziq-ovqat mahsulotlari, innovatsion barqaror va tijorat jihatdan kengaytiriladigan texnologiyalarni mujassamlashtirgan global ko'rgazma manfaatli shartnomalar uchun qulay maydon.

🌍 Keng qamrovli tadbir doirasida "Gulfood Agrotech" ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqa va butun dunyo bo‘ylab yetakchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korporatsiyalari, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasidagi innovatorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar ishtirok etadilar.

💧 Tez aynidigan mahsulotlardan tortib ishlab chiqarish, logistika, saqlash va qayta ishlash sohasidagi innovatsiyalargacha bo'lgan barcha zanjirlar namoyish etiladi.

Ko'rgazmada ishtirok etish istagida bo'lgan tadbirkorlarga ko‘rgazma maydoni ijarasi va milliy stendni qurish xarajatlari qoplanadi.

📝 Ishtirokchilar arizalarni quyidagi havola orqali yuborishi mumkin👇

🖥 https://subsidiya.epauzb.uz/uz/events

🔈 Joylar soni cheklangan.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Markaziy eksport shtabiga murojaat qiling.

☎️ +998 71 202 10 00 (ichki raqam 1508)

📩 Elektron pochta manzili: [email protected]

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/20 10:39:26
Back to Top
HTML Embed Code: