Telegram Web Link
🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari “Fitosanitariyaga kirish, terminologiya” mavzusidagi seminarda!

💾 Hindistonning Oʻsimliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (National Institute of Plant Health Management – NIPHM) Oʻzbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari uchun “Fitosanitariyaga kirish va terminologiya” mavzusidagi dastlabki seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim tadbir ilmiy-tadqiqot va qishloq xo‘jaligida fitosanitar nazoratining terminologik asoslarini chuqur tushunishga qaratilgan edi.

😄 Seminarning asosiy maqsadi: Fitosanitar xavfni tahlil qilishda va zararkunandalarga qarshi kurashish jarayonida xalqaro standartlarga asoslangan terminologiyani o‘rganish. Seminar davomida xalqaro fitosanitar amaliyotlar, ekologik xavfsizlik va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha muhim bilimlar berildi.

🔬 Laboratoriyalar bilan tanishuv: Seminardan so‘ng ilmiy xodimlar dastlabki laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar yordamida zararkunandalarning biologik xususiyatlarini o‘rganish, ularni aniqlash va nazorat qilish usullarini o‘z ichiga oladi.

🤝 Ilmiy hamkorlikning ahamiyati: Ushbu tadbir ikki davlat fitosanitariya sohasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, zararkunandalar xavfini nazorat qilishda yangi bilimlar va tajribalar almashish uchun muhim qadam hisoblanadi.

📈 Seminardan olingan bilimlar O‘zbekistonda zararkunandalarga qarshi samarali kurashish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda xizmat qilishi kutilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎃 Yevropada kichik qovoqqa talab ortmoqda

💽 Niderlandlarda o'tkazilgan kuzatuvlar so'nggi yillarda kichik hajmdagi qovoqqa talab ortayotganini ko'rsatmoqda. Tahlilchilarning fikriga ko'ra, bu talab bugungi kunda har bir oilaga a'zolar soni kamayib borayotgani bilan bog'liq.

💻 Niderlandlik fermerlar odatda qovoq hosilini avgust oyining boshida yig'ib oladilar. Biroq jorij yilda yog'ingarchilik ko'p bo'lgani, havo harorati past bo'lgani sababli ekish ishlari kechiktirildi. Hosil yig'ish davri esa avgust yakuniga to'g'ri keldi.

🛕 Fresh Plaza nashriyotining xabariga ko'ra, Niderlandlardagi eng katta qovoq yetishtiruvchilardan biri Kris Pulen. U 15 turdagi iste'molga yaroqli navdagi qovoqlarni mahalliy bozorga chiqaradi. Hukumat Kris Pulen kabi mahalliy fermerlarni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratmoqda. Qovoq mavsumi yil yakuniga qadar davom etgani sababli import mahsulotlarga ham talab ortadi.

🌏 Jahon bozoridagi talabni inobatga olgan holda joriy yilda tajriba tariqasida viloyatlarda qovoq yetishtirildi. Poliz ekinini zararli organizmlardan samarali himoya qilish maqsadida karantin inspektorlari tomonidan ko'rsatma va tavsiyalar berib borildi.

🛒 Olingan barakali hosil aholi xonadonlaridan yig'ilib, eksportga yo'naltirilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qorasuv" chegara bojxona posti tantanali ravishda ochildi!

📍 Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan "Qorasuv" chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi.

🇺🇿 Prezidentimizning oqilona siyosati natijasida qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro teng manfaatli va do‘stona aloqalar tiklanib, ikki davlat rahbari o‘rtasidagi kelishuvga asosan O‘zbekistonning "Qorasuv" va Qirg‘izistonning "Korasuu" o‘tkazish punktlarining faoliyati qayta tiklanishi belgilab olingan edi.

🗺 "Qorasuv" chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, bu yerda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

🛂 Endilikda bu yerda kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin.

🏢 Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi. Postda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tezkor va samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar nazarda tutilgan.

🔰 Shuningdek O‘simliklar karantini va himoyasi davlat inspektorlari ham ''Qorasuv'' chegara maskanida o‘z faoliyatlarini olib boradilar. Chegaradan o‘tuvchi barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida inspektorlar o‘simliklar karantini talablariga qat’iy rioya qilishlarini nazorat qilib boradilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍅 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda pomidor mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #pomidor

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berib borayotganimizdek, “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” doirasida Hindistonning Haydarobod shahrida o‘quv-seminarlarida ishtirok etayotgan 29 nafar Agentlik mutaxassislari zararkunandalar diagnostikasi va ularni xavfini tahlil qilish bo'yicha amaliy tajriba oshirmoqdalar.

#Karantin_yangilik #Karantin_xamkorlik #ITEC

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Andijon va Namangan viloyatlarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara postlari qayta tiklandi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

✈️ Meva-sabzavot eksportida aviatashuvlardan foydalanish istagida bo'lgan tadbirkorlar diqqatiga!

👫 O'simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda "Uzbekistan Airports" AJ hamkorligida 2024-yilning 17-sentabr sanasi soat 10:00 da qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanadigan tadbirkorlar ishtirokida Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi "Uzbekistan Airports Cargo" MChJda davra suhbati (Team building) tashkil etiladi.

🖋 Asosiy yo'nalishlar:

- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini avai qatnovlarda amalga oshirishdagi asosiy talablar;
- tez buzuluvchan yuklarni UzCagoga yetkazib kelish va yuklarni saqlash bo'yicha tavsiya va ko'rsatmalar;
- eksportyorlar uchun imtiyozlar;
- mavjud muammolar muhokamasi va yechimlar.

✔️ Uchrashuv gibrid formatda o'tkazilib, onlayn ishtirok etish imkoniyati ham yaratilgan!

Quyidagi havola orqali ZOOM platformasi yordamida uchrashuvga ulanishingiz mumkin ➡️
https://us06web.zoom.us/j/83126032347?pwd=7CQ3b40dJh2nsMEDLxEgm8GfJnF5NC.1

🤝 Biz hamkorlikka tayyormiz va Sizning fikringiz biz uchun muhim!

🔰karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд для участия в мероприятиях узбекско-германского саммита.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya
2024/09/30 06:15:18
Back to Top
HTML Embed Code: