Telegram Web Link
Toshkent viloyatida gʻo‘za ekilgan maydonlarda dala madaniyatiga rioya qilish yuzasidan seminar oʻtkazildi

🗺Piskent tumanida g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar hamda fitosanitar dala nazorati sohasida yo‘l qo‘yilagan kamchiliklar boʻyicha seminar oʻtkazildi.

📌Unda sohaga aloqador tashkilotlar, jumladan O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Kalandar Bababekov hamda g'o'za yetishtirish bilan shug'ullanadigan fermerlik xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Ma'lum bo'lishicha, Piskent tumanida 2024-yil hosili uchun 6 ming 411 gektar maydonga chigit ekilgan bo'lib, bugungi kunda g‘o‘za ekilgan maydonlarning ayrimlarida agrotexnik tadbirlar kechiktirilgani kuzatilmoqda.

Shu sababli yig'ilganlarga gʻo‘za maydonlarida o‘rgimchakkana zararkunandasiga qarshi feromon tutqichlar hamda SADSH moslamalarini o‘rnatish, belgilangan me'yorlarda biomahsulot chiqarish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, dala madaniyatiga amal qilish ahamiyati tushuntirildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda uzum mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic
#export #uzum

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴Ayni vaqtda O’simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev eksportyor-tadbirkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Ishbilarmonlar ishtirokidagi davra suhbatida asosiy masala — eksport hajmini oshirish va bu jarayonda to'siq bo'layotgan jihatlarning tahliliga e'tibor qaratishdir. Xususan, tadbirkorlar bu yo'nalishda o'z tajribasi, duch kelayotgan muammolari bilan o'rtoqlashdilar.

Tomonlarning diqqat markazida fitosanitariya sohasida hujjatlar rasmiylashtiruvini soddalashtirish, hujjat almashinuvini barcha bosqishlarini to’liq onlayn shaklda rasmiylashtirish, mahsulotlarni jahon bozori talablariga mos ravishda yetishtirish, chegara hududlarida yuk mashinalari navbatda yig’ilishini oldini olish kabi masalalar bo'ldi.

Gibrid formatda o'tkazilgan davra suhbatiga butun respublikadan tadbirkorlar ulanish va fikr bildirish imkoniyatiga ega.

O'zbekiston eksportyorlar uyushmasi vakillari ham dolzarb masalalar yechimida takliflar bildirishmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

❗️❗️❗️ "Agroko‘makchi" mobil ilovasi yangilanganini ma’lum qilamiz.

Xizmat turlari bo‘limiga
:
🔬 SES laboratoriyalari
🌲 Mineral o‘g‘it omborlari va shtab tarkibi
🌿 Hamda feromon tutqichlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kiritildi.

Foydali ma’lumotlar bo‘limida esa endi mahalliy va import bo‘lgan urug‘ va ko‘chatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🔼Shuningdek, eksport operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Eksport qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlar va ular tomonidan qo‘yilgan talablar, meva-sabzavot mahsulotlariga tavsiya etiladigan minal eksport narxlari hamda xorijiy davlatlarda bozor mahsulotlari narxlari to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlar kiritib borilmoqda.

🖥 Alohida rukn orqali qadoq ishlab chiqaruvchilar korxonalar, logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar, yetishtirilayotgan eksportbop ekinlar maydoni va yaqin 20 kunda pishib yetilishi kutilayotgan hosil, omborlarda mavjud mahsulotlar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

👨‍👩‍👦 Bugungi kunda 60 mingdan ortiq foydalanuvchi “Agroko‘makchi” ilovasining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda. Siz ham ilovani yuklab oling.

📱 Mobil ilovani 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market” platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Qishloq xo’jaligidagi mavsumiy tadbirlar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳 Oʻzbekistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksporti hajmini oshirish maqsadida Xitoyning Xutong Xian Logistics kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va kompaniya vakillari Xitoyning Sian provinsiyasida savdo xabini tashkil etish masalasini muhokama etishdi. Qayd etish lozim, Xutong Xian Logistics Xitoydagi eng yirik distribyutorlik xabi boʻlib, 12 ta shaharga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish bilan shugʻullanadi.

🏢 Mazkur kompaniya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishning afzalliklaridan yana biri shundaki, korxona oʻz temir yoʻl tarmogʻiga ega boʻlib, 80 ming kv.metr hududga ega. Shundan 30 ming kv.metrini zamonaviy omborxonalar va muzlatgichlar, 20 ming kv.metrini mehmonxona va otellar hamda 16 ming kv.metrini “Buyuk ipak yoʻli” bogʻi egallgan.

🤝 Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun maxsus logistik va saralash xabini yaratish masalasi koʻrib chiqildi. Xitoy tomoni mahsulotlarimizning munosib namoyishini taʼminlash maqsadida shourum tashkil etishni vaʼda qildi. Koʻrgazmada dukkakli, kuritilgan mahsulotlar va turli navdagi yongʻoqlar namoyish etiladi.

✔️ Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzbek mahsuloti uchun kulay biznes-takliflar yaratish boʻyicha kelishuvlarga erishdilar.

🛒 Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, bugungi kunda fitosanitariya sertifikati asosida Xitoyga 22 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eskport qilish mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Sirdaryoning Sardoba tumanida yetishtirilgan qovun eksport qilinmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍈 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovun mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #qovun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eksportchi korxonalar uchun!

🚛 Transport logistika korxonalar roʻyxati, hududlar kesimida ma'lumot, telefon raqamlar

🔰 O'simliklar karantini va himoyasi agentligining Markaziy eksport shtabi masʼul xodimlarining telefon raqamlari

🏛 Oʻzbekiston Eksportchilari uyushmasi masʼul mutaxassislari telefon raqamlari taqdim etilmoqda

Tadbirkorlar savol, taklif, murojaatlari yuzasidan yuqorida keltirilgan masʼullar bilan bogʻlanishlari mumkin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport chegara bilmaydi. U birlashtiruvchi, irodani toblash imkonini beradigan ulkan kuch!

Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari ham ko'p millatli O'zbekistonliklarni yanada birlashtirdi!

🏆26-iyuldan 11-avgustga qadar davom etadigan musobaqalarda 90 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi. Sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor 19 ta sport turida 75 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan.

⚽️ Delegatsiyamizning ilk musobaqasi rasmiy ochilish marosimidan oldin bo'lib o'tadi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da O'zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

🔰 O'simliklar karantini va himoyasi agentligi har bir sportchimizga omad hamroh bo'lishini tilab qoladi! Siz qat'iyat, iroda, kuch, birdamlik timsolisiz!

🇺🇿Olg‘a! Biz siz bilan! O'zbekiston siz bilan!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manzarali Eman daraxtlariga zarar keltiruvchi Akatsiya soxta qalqondorisi

🪳Akatsiya soxta qalqondori keng tarqalgan zararkunandalardan biri hisoblanadi. U 150 dan ortiq o‘simlik turlarida oziqlanadi (daraxt, buta va o‘t o‘simliklarida). Ko‘proq va kuchli ravishda oq akatsiya, eman, qayrag‘och, namatak, tol va chinorlarga zarar keltirishi aniqlangan.

🌳Hasharotning lichinkalari va urg‘ochilari ko‘proq ingichka novdalar va skelet novdalarda joylashib, ularni so‘radi va holsizlantiradi. Lichinkalari barglar, novdalar va shoxlar bilan oziqlanadi.

🍀 Biologik qarshi kurashish choralari:
Zararlanish darajasiga qarab BIOSLEEP BW 1-2 l/ga qo'llash mumkin.

🚻 Kimyoviy qarshi kurashish choralari:

Zararlanish darajasiga qarab kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

Ta’sir etuvchi moddasi Imidakloprid bo'lgan KANVIDOR 20% (0,3-0,4 l/ga) yoki tarkibi Imidakloprid va Lyambda - tsigalotrin bo'lgan BORACAE 25 SUS.K (0,5 l/ga) kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

👍 Boshqa turdagi zararkunandalar va kasalliklar haqida batafsil ma'lumotni "Agroko'makchi" ilovasidan olishingiz mumkin.

📱 Mobil ilovani 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market” platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 15:49:20
Back to Top
HTML Embed Code: