Telegram Web Link
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asbobiga, shu jumladan uning plombasiga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asbobining koʻrsatkichini oʻzgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish oʻgʻrilik hisoblanadi.

➡️ Mazkur jinoyat uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning oʻtgan davrida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 910 million dollarni tashkil qildi. Yil yakunigacha reja qilingan eksportni taʼminlash uchun birinchi galda qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini keskin koʻpaytirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Hozirda saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini oshirish boʻyicha 9 trillion soʻmlik 382 ta loyiha boʻyicha ishlar boshlandi.

Bunday loyihalarni koʻpaytirish, yil yakunigacha jami quvvati 57 ming tonna boʻlgan 10 ta agrologistika markazi, 230 ming tonnalik sovutkichli omborxona qurish zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga meva-sabzavotni saqlash sigʻimini 63 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Prezident eksportni koʻpaytirish uchun yangi urugʻ navlarini oʻzimizda yaratishimiz kerakligini taʼkidladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Xitoy va Turkiya tajribasi asosida qishloq xoʻjaligida urugʻchilik tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqib, ekinlar gen bankini kengaytirish choralarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu ishlarga 24 million dollar mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Bu borada yangi tizim joriy qilinib, unga koʻra hokimliklar sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun buyurtma beradi, loyihalarini ishlab chiqib, tadbirkorlarga 30 yilga ijaraga beradi.

Sanoatlashgan bogʻlarni yaratish uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi orqali imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Mutasaddilarga 75 ming gektar samarasiz bogʻlar hamda 100 ming gektar past hosilli paxta, gʻalla va boshqa ekin yerlari oʻrnida sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar barpo qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
⚡️Eksportchi korxonalar uchun!

🚛 Transport logistika korxonalar roʻyxati, hududlar kesimida ma'lumot, telefon raqamlar

🔰 O'simliklar karantini va himoyasi agentligining Markaziy eksport shtabi masʼul xodimlarining telefon raqamlari

🏛 Oʻzbekiston Eksportchilari uyushmasi masʼul mutaxassislari telefon raqamlari taqdim etilmoqda

Tadbirkorlar savol, taklif, murojaatlari yuzasidan yuqorida keltirilgan masʼullar bilan bogʻlanishlari mumkin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱O'simliklar bizning hayotimizda qanchalik muhim o'rin tutadi? Zararli organizmlarchi? Bu haqda hech o'ylab ko'rganmisiz?

☘️ BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Xalqaro o‘simliklar karantini va himoyasi Konvensiyasi (IPPC) tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda barchasi juda oddiy tushuntirilgan.

🍃 Qisqacha qilib aytganda, FAO jahon miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo'jaligini rivojlantirish va ochlikka qarshi kurashishni ilgari sursa, 🌱🌱 IPPC o'simlik kasalliklari va zararkunandalarni nazorat qilish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

🇺🇿O'zbekiston 2020-yilda Konvensiyaga a'zo bo'lib, Xalqaro tashkilotning talab, tavsiya va ko'rsatmalari O'simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda.

🔰 Agenlikning Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy hamkorlik faoliyatda fitosanitariya sohasini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sulton-Mahmud Sultonov Xalqaro tashkilotning vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan.

E’tibor qaratishga loyiq videorolik! Farzandlaringizga ham ko'rsating, ular ham flora olamining ahamiyatidan xabardor bo'lsin!

P.S. Video o'zbek tilida subtitr bilan tayyorlangan

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🖊 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-936-son, 17.07.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Yer kodeksiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, endilikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin boʻladi.

📝 Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

🔍Bundan tashqari Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha kiritildi.

🖊 Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

📁 Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlar berildi.

📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda olxo'ri mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy izlanishlar va olib borilayotgan tadqiqotlar, kutilayotgan natijalar yuzasidan davha suhbati o'tkazildi

🗓 Maʼlumot uchun, 2024-yilning 1-choragida ilmiy-tadqiqotlar va ularning natijalari yoʻnalishida 6 ta ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar uchun mablagʻ ajratilib, shundan:

🥔 kartoshka zararkunandasi hisoblangan Kolorado qoʻngʻizidan 4 turdagi shtammlar ajratib olindi;

🦋 qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararli toʻgʻriqanotli xashoratlardan ximoya qilishning yangi agrotexnologiyasini ishlab chiqish loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 60 ga yaqin turdagi toʻgʻriqanotlilar tarqalganligi aniqlandi;

🍎 mevali bogʻlar va poliz ekinlaridan “Organic” hamda “Global GAP” xalqaro standartlari boʻyicha eksportbop maxsulotlar yetishtirish agrotexnologiyasini yaratish loyihasi doirasida zararkunandalar roʻyxati tuzilib, iqtisodiy zarar mezoni yuqori boʻlgan hasharotlar va ikkilamchilar ajratildi;

🌳Manzarali daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilishning yangi agrotexnologiyasini yaratish loyihasi doirasida samarali kurash choralari ishlab chiqildi.

🤝 Ilmiy izlanishlar natijalarini fermer va dehqon xoʻjaliklariga yetkazish maqsadida koʻrgazmali amaliy-oʻquv seminarlar tashkil etildi.

🚻 Zararli organizmlarga qarshi 168 ta yangi turdagi kimyoviy vositalarning sinov-tadqiqotlari oʻtkazilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan va ekiladigan koʻchat va daraxtlarni qanday qilib saqlab qolish mumkin?

“Dunyo boʻylab” telekanalining “Ekopatrul” koʻrsatuvi ijodkorlari
bu galgi dasturda muhim ekologik muammoning yechimi borasida jurnalistik oʻrganish olib bordilar. Xususan, Toshkent shahrida yashil hududlarning saqlab qolinishi yoʻlida amalga oshirilgan ishlar, kamchiliklar va taklif etilayotgan yechim choralari haqida fikr yuritiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_tadqiqot

📢 O’zbekistonda nematodalarning Steinernema kraussei va Steinernema riobrave turlari qayd etildi!

🔰 O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Rixsiniso Karimova Farg’ona viloyatining tuproq namunalarida Steinernema kraussei va Steinernema riobrave turlarini aniqladi.

🐛 Mazkur turdagi nematodalarning biologik xususiyatlari shundaki:

1) Steinernema kraussei
: sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi va sovuq iqlim sharoitlarida ham faol bo'ladi;

2) Steinernema riobrave tropik va subtropik sharoitlarda keng tarqalgan bo’lib, bizni mintaqamizda ham mavjudligi nematodalarning fiziologik va ekologik xususiyatlarini yanada chuqurroq tadqiq qilish lozimligini bildiradi, mazkur tur dunyo bo’ylab ko'plab zararkunandalarga qarshi kurashda qo'llaniladi. Bundan tashqari, S. riobrave yuqori haroratli sharoitlarga chidamli bo'lib, ko'plab ekin maydonlarida samarali himoya chorasi hisoblanadi.

🔍Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, Farg’ona viloyatidagi tuproq namunalari orasida ham bu turlar keng tarqalgani o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda katta imkoniyatlarga ega ekanini tasdiqladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚠️ Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

“Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-266-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan:

➡️ rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;

➡️ har yili “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʻlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga yoʻnaltiriladi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT, EʼLON!

🍉 Meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya va boshqa davlatlarning Savdo tarmoqlari (setlariga) eksport qiluvchilarni Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga taklif etamiz!

🗓 2024-yil 22-iyul kuni (dushanba) soat 16:00 da Rossiya va boshqa davlatlarning Savdo tarmoqlariga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchi tadbirkorlar bilan Agentlik direktori Ibrohim Ergashev ishtirokida davra suhbati rejalashtirilgan.

Muloqotda meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya va boshqa davlatlarning savdo tarmoqlariga (setlarga)

✔️ mahsulot yetkazib berishdagi muammolar muhokamasi,

✔️ eksport hajmini oshirish buyicha takliflar,

✔️ mahalliy eksport qiluvchi kompaniyalar hamda xorijiy ulgurji va chakana savdo tarmoqlari oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati, ular faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalar va ularni bartaraf etishga eʼtibor qaratiladi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Bobur 1-berk koʻchasi, 17-uy

🗺 Lokatsiya

☎️ Murojaat uchun:
Masʼul xodim:
+998909646765

Markaziy eksport shtabi:
+998712021000

Elektron pochta:
[email protected]

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Ekoligik vaziyat barqaroroligini ta'minlash maqsadida O'simliklar karantini va himoyasi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 09:28:00
Back to Top
HTML Embed Code: