Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Bug‘doy ekinini zararli organizmlardan himoya qilishda Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Agentlik xodimlari uchun Yunus Rajabiy uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

✍️ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy apparatining bir guruh xodimlari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Yunus Rajabiy uy-muzeyiga tashkil etilgan sayohat orqali ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yanada boyitdilar.

Bu yerdagi 7000 mingga yaqin eksponat, xususan, Yunus Rajabiyning shaxsiy buyumlari, hunarmandlik namunalari, shogirdlari va musiqa ixlosmandlarining ko‘plab sovg‘alari Agentlik xodimlariga katta taassurot qoldirdi.

💬 Ekskursiya davomida O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Hasan Rajabiy muzeyni tashkil etish jarayoni, otasi – Yunus Rajabiy bilan bog‘liq iliq xotiralarini xodimlarga so‘zlab berdi. Ayniqsa, ustoz hofiz tomonidan ijro etilgan diltortar navolar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G’o’za parvarishida muhim palla: biolaboratoriyalarda ko’paytirilgan entomofaglar dala maydonlariga chiqarilmoqda

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇷 Bugun O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasi mutaxassislari va Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda trening o’tkazildi

🤝 Mazkur trening Agentlik va xalqaro tashkilot o’rtasida imzolangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilib, “Karantin ostidagi mahsulotlarga fitosanitar ishlov berish usullarini xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish” mavzusiga qaratildi.

🚛 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarning eksport va importida muhim bosqichlardan hisoblangan fumigatsiya tizimi ham takomillashtirilmoqda. Karantin ostidagi mahsulotlarning sifatli fumigantlar bilan ishlov berilishi yangi turdagi hasharot, begona o’t urug’lari, kasallik qo’zg’atuvchi virus va bakteriyalarning kirib kelishini oldini oladi. Mutaxassislar samarali fumigantlarni, me’yor va talablarni muhokama etishdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda shaftoli mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic #export #shaftoli

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Piskent tumanida agrotexnik tadbirlar davom etmoqda: paxta maydonlariga feremon tutqichlar oʻrnatilib, zararkunandalarga qarshi biomahsulotlardan foydalanilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢

Ayni vaqtda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashevning Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrif davomida mamlakat Bosh bojxona maʼmuriyati bilan uchrashuvi boshlandi.

‼️ Ma'lumot uchun, Xitoyda fitosanitariya yo'nalishidagi vazifa va xizmatlarni davlatning Bosh bojxona ma'muriyati amalga oshiradi. Agentlik mutaxassislari O'zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning Xitoyga eksporti borasidagi muzokara va kelishuvlarni mazkur organ bilan hamkorlikda olib boradilar.

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi ko'magida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv doirasida oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish masalasi muhokama etilmoqda. Jumladan,

🫒quritilgan, dukkakli va boshqa mahsulotlar boʻyicha eksportchi korxonalarni Xitoy Reyestriga kiritilishini tezlashtirish;

🌱 bodom eksporti uchun fitosanitar ruxsat olish maqsadida xitoylik mutaxassislarning respublikamizdagi bodom yetishtiriladigan dalalar, bogʻlar va qadoqlash korxonalarida karantin tekshiruvlarini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etilishi kelishilmoqda.

#life #Xitoy #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐛 Kartoshka kuyasi (Rhthorimaea orerculella Zell)

🥔 Asosan kartoshka (ildiz, poya, tuganak) õsimligiga zarar yetkazadi, kartoshka barglarini va ba’zan butun õsimlikni quritib qõyadi. Urğochi kuya umrida 150-200 tagacha tuxum qo'yadi, bir yilda 5–6 avlod beradi.

✔️ Agrotexnik kurash choralari.
Zararkunandani dalada qishlab qolishiga yõl qõymaslik uchun yer maydonlarini chuqur haydash va yaxob suvi hamda shõr yuvush kabi tadbirlarni õtkazish kuyaning qishlovga ketgan ğumbaklarini 50-70 % gacha nobud qiladi.

🚻 Kimyoviy kurash choralari: Kartoshka kuyasiga qarshi ta’sir etuvchi moddasi Emamektin benzoat, Tiametoksam, Imidakloprid, Dimetoat, Sipermetrin bo'lgan kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish lozim. Kartoshka kuyasi tarqalgan maydonlarda tavsiya etilgan kimyoviy himoya vositalari bilan 2-3 marta 15–20 kun oralatib ishlovlar o'tkazish zarur.

👉 Urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani kuzda quyidagi insektitsidlar bilan dorilab saqlash maqsadga muvofiqdir. Selest top (0,05% lik), detsis (0,1% lik) va sipermetrin (0,03% lik) preparatlari suvdagi eritmasida kartoshkani “cho‘miltirib” olib, quritib, keyin saqlab qo‘yilsa, urug'lik kartoshkani 95% gacha saqlab qolish mumkin.

🥔 Omborxonalarda kartoshkani saqlash jarayonida past harorat (3-5°) da saqlash orqali kartoshka kuyasi rivojlanishdan to‘xtashi va nobud bo‘lishiga erishish mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 13:43:58
Back to Top
HTML Embed Code: