🌱 G'o'za: mo'l hosil olish uchun fitosanitariya choralariga bugun amal qilish kerak
📍 Farg'ona viloyati Quva tumanida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi mas'ul mutaxassislari hamda olim-agronomlar ishtirokida "Qosim Karvon" fermer xo'jaligi dala maydonida
g'o'za parvarishiga bag'ishlan seminar tashkil etildi.
✅ Quva tumanida
5500 gektar maydonda g'alla,
5750 gektarda g'o'za parvarish qilinmoqda. Asosan Xitoyning "Xin Lua Zao", "8290", "Andijon 35" kabi chigit ekilgan.
🐛G'oza uchun birinchi xavf bu
ildiz qurti. Dastlabki bosqichda zarakunanda xavfi darajasini aniqlash uchun sifatli feromonitoring olib borish zarur. Bunda SADSH suyuqligi va feromon tutqichlardan foydalanish kerak.
🪳 Ikkinchi xavf esa
shira. Unga qarshi kurashda g‘o‘za maydonlarida tabiiy kurash chorasi —
biomahsulotlari chiqarish zarurligi qayd etildi. Bu borada Farg‘ona viloyatida biolaboratoriya yetarlicha. Seminarda kimyoviy usuldan ko‘ra biologik usulda kurashning afzalliklari haqida ma'lumotlar berildi.
➡️ Bugun
davlatimiz rahbari dehqonlar bilim va ilm bilan mehnat qilsagina u faoliyatda unumdorlik, moddiy manfaat bo'ladi degan fikrlari har bir dehqon fermerning o‘z ustida ishlashga undaydi.
🤳 Yer egalariga qulaylik yaratish maqsadida mutaxassislar tomonidan
"Agroko‘makchi" mobil ilovasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida zarur tavsiya va choralar umumlashtirilgani qayd etildi.
💦 Suv tanqisligi ortib borayotgan sharoitda tomchilatib sug‘orishga o‘tish va bu orqali kam suv sarf qilib, yuqori hosil olish yuzasidan agronom-mutaxassislarning tavsiyalari berildi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter