Telegram Web Link
🍒 Bahorgi gilos eksportga tayyor

🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Fargʻona viloyatida bogʻ va dalalarda eksportbop mahsulotlarning yetishtirilishi, fitosanitar talablarga amal qilinishi va dehqon hamda fermerlarga koʻmaklashish maqsadida viloyatdagi vaziyat bilan tanishmoqda.

🖊 Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan qishloq hoʻjaligi va oziq-ovqat eksporti hajmini oshirish borasida Agentlikka topshiriq berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda Agentlik rahbari boshchiligidagi ishchi guruh oʻrganishlarni davom etmoqda.

🗺 Farg’ona viloyatining Quva va Toshloq tumanlarida ertapishar gilos tayyor. Bahor gilos nomi bilan bogʻbonlarga tanish bu navdagi mevaning ilk hosili Rossiya Federatsiyasiga joʻnatishga moʻljallangan.

‼️ Shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya bozorlarining talabi oʻrganilib, fitosanitar choralarga rioya qilgan holda 10-maydan eksportni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

◽️ Asosiy eʼtibor mahsulotlarni qadoqlash masalasiga ham qaratilib, bunda xalqaro bozor tendensiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.

#export #gilos

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Majlisda fitosanitariya talablari yengillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilindi. Mazkur qonun loyihasi bilan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga fitosanitariya mahsulotlarini import qiluvchilarga yengillik berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirishga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan berilgan karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi.

➡️ Ushbu hujjat taqdim etilmagan taqdirda, mahsulotlar davlat chegarasida turib qolishi, ortiqcha xarajatlarning ko‘payishi importyor-tadbirkorlarimizga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu kabi holatlar fitosanitariya mahsulotlarini olib kirish talablarini yanada soddalashtirish hamda milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda.

➡️ Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur qonunning 29-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda. Ya’ni, o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha davlat organlariga ega bo‘lmagan yoki xorijiy mamlakatlarda fitosanitariya sertifikati (guvohnomasi) talab etilmaydigan, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ularning har bir turkumiga alohida-alohida beriladigan karantin ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

🖊 Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi fitosanitariya talablarini yengillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

✔️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#forum

2024-yilning 13-14-may kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi o‘tkaziladi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 23:13:21
Back to Top
HTML Embed Code: