Telegram Web Link
Xitoylik olimlar ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi

O‘zaro hamkorlik doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoyning Sinjian O‘simliklarni himoya qilish institutining bir guruh olimlari tashrif buyurdi.

Mutaxassislar institut laboratoriyalari faoliyati, so'ngi tadqiqotlar, olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari bilan tanishdilar.

Ma’lumot o'rnida ta’kidlash lozim, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida o'simliklarning zararli organizmlari, kasalliklari, virus va bakteriyalariga samarali kurash olib borish maqsadida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Shuningdek, biologik kurash choralari ham sinovdan o'tkazib kelinmoqda.

Tashrif davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va Xitoyning O‘simliklarni himoya qilish ilg‘or tajribasini mamlakatimizda tajriba tariqasida sinovdan o'tkazish masalalari muhokama etildi.

Xitoylik olimlar bilan O'zbekiston uchun muhim bo'lgan bir qator yo'nalishlar yuzasidan ilmiy izlanish olib borilishiga kelishildi

Ikki tomonning qiziqishiga sabab bo'lgan mavzulardan biri — g'alla kasalliklari masalasi bo'ldi. Sinjian O‘simliklarni himoya qilish instituti hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti o'rtasida hamkorlikda g‘allani kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha loyiha shartnomasi tuzildi. Ushbu loyiha doirasida Xitoy tajribasini o'rganish, samarali kurash choralarini joriy etish, kasalliklarni erta aniqlash va biologik/kimyoviy kurash chorasini to'g'ri belgilash va shu orqali yuqori xosildorlikni oshirish rejalashtirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK —  Chigirtkalarga qarshi kurashish mavsumi boshlandi👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍈 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovun mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #qovun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Qishloq xo‘jaligida yuqori va sifatli hosil olishda agrotexnik tadbirlarning o‘rni kattadir. Bugungi kunda bir tekis unib chiqqan  nihollarni  dastlabki 20–25 kunlik davrida to‘g‘ri parvarishlash paxta hosilining 80 foiz qismi yaratilishiga zamin bo‘ladi. Shu maqsadda joriy yilning 23-aprel kuni To‘rtko‘l tumanidagi "Namunali Timur" fermer xo‘jaligida g‘o‘za qator oralariga birinchi ishlov berish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

✍️ Ushbu seminarda To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi  O‘simliklar karantini ilmiy tadqiqot instituti direktori D.Ubbiniyazov, sektor rahbarlari, fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok qildilar

💬 So‘zga chiqqan mas’ullar dala madaniyatiga e’tibor qaratish, agrotexnik tadbirlar asosida ishlov berish ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng turda tushuntirdilar.

Ko‘rgazmali seminarda suv tejovchi texnologiyalar qishloq xo‘jaligida zarur bo‘lgan biolaboratoriya usulida yetishtirilayotgan entomofag hasharotlar, kimyoviy o‘g‘itlar hamda ko‘chatlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

#Karantin_yangilik #seminar #muammo_yechim


🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 15:43:51
Back to Top
HTML Embed Code: