Telegram Web Link
🇺🇿🇲🇾 O‘zbekiston va Malayziya biznes doira vakillari o‘rtasida B2B uchrashuv

🔰 Bugun Agentlikda O'zbekiston va Malayziya biznes doiralari uchun uchrashuv o'tkazildi.

🤝 Malayziyaning 10ga yaqin tadbirkorlari tomonidan O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish bildirilmoqda.

Asosiy mahsulot turlari:
✍️ dukkakli mahsulotlar;
✍️ ziravorlar;
✍️ mevalar;
✍️ ichimliklar.

👫 Mamlakatimizda mazkur turdagi mahsulotlarni yetishtirish va ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan 10 nafarga yaqin tadbirkor B2B uchrashuvida mahsulot namunalari va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

✔️ Malayziya delegatsiyasi tarkibida mamlakatning yirik savdo tarmoqlari, logistika markazi, ishlab chiqarish quvvatlari rahbar va vakillari tashrif buyurishgan.

🤝 B2B uchrashuv davomida O‘zbekistondan Malayziyaga eksport qilish shart-sharoitlari, logistika, uzoq muddatli savdo hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

🏪 Shuningdek, Malayziyada tashkil etilishi rejalashtirilayotgan savdo uyiga mahsulotlarni yetkazish masalasi ko'rildi. Eslatib o'tamiz, hamkor davlatda o‘zbek mahsulotlari uchun 50-100 kv m² bepul ajratilishi ko'zda tutilgan.

🤵 Buning uchun O‘zbekistonlik tadbirkorlar quruq, qayta ishlangan va quritilgan meva-sabzavotlar bilan ushbu savdo uyini to‘ldirishi, assortiment taqdim etishi va faoliyatini doimiy olib borish uchun  tanlov asosida vakil tayinlab, Malayziyaga yuborishi zarur.

📣 Malayziyada savdo uyi tashkil etish bo‘yicha:

👉 RO‘YXATDAN o'tish uchun havola 👈

☎️ Qoʻshimcha savol va takliflar uchun:
+99871 202 00 00
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1518)

🔰 Masʼul xodim: Muhammadali Baxtiyorov

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 Bugun soat 14:00da da AOKAda brifing bo'lib o'tadi.

💬 Unda zararli chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot beriladi.

🗣 Brifingni AOKAning Facebook sahifasida onlayn kuzatib borishingiz mumkin!

#brifing #AOKA #zararli_chigirtka

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥Birgina xonadonda 200 tupdan ortiq eksportbop anor parvarish qilinadi 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😄Zararli chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan brifing

#brifing #hisobot

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar o’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida "Toshkent shahar Eksportchilar kengashi" tuzilishi bo’yicha tadbir tashkil etildi.

📌 Kengashning asosiy maqsadi — oziq-ovqat hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini jadallashtirishga qaratilgan. Unda oziq-ovqat, qandolat, sut va sut mahsulotlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar ishtirok etdilar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eksport_dayjest

✔️ Agentlik direktori Yevropa va Oʻrta yer dengizi Konvensiyasi Kengashining 74-sessiyasida ishtirok etish maqsadida Ozarbayjon Respublikasida boʻldi va tashrif mamlakatdagi yirik ulgurji bozorlar konyukturasini oʻrgandi.

✔️ Markaziy eksport shtabi mutaxassislarining bank operatsiyalari borasida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tijorat banklari mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazildi.

✔️ Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida 2-chi investitsiya forumi boʻlib oʻtadi.

✔️ Turkiyaning Mersin port-shahrida savdo uyini ochish choralari koʻrilmoqda.

✔️ Oʻzbekistonda yetishtirilgan quritilgan mahsulotlar va yer yongʻoqqa “Mars” kompaniyasi qiziqish bildirmoqda.

✔️ Malayziya ishbilarmon doira vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda manfaatli shartnomalar imzolandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍑 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda nektarin mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #nektarin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇱🇻 Ayni kunlarda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bir guruh xodimlari “Oʻzbekiston mahsulotlari eksportini koʻpaytirish uchun fitosanitariya tizimini takomilashtirish” loyihasi doirasida Latviya davlati tajribasi bilan tanishqmoqda.

✔️ Mutaxassislar oʻsimliklar karantini va himoyasi bilan shugʻullanuvchi departament faoliyati, departament vakolat va vazifalari bilan tanishdilar. Shuningdek, laboratoriyada oʻtkaziladigan tahlillarni oʻrgandilar. Namunalarni ekin maydoni, bogʻ va issiqxonalar hududidan olib kelishda amal qiladigan talablarni oʻrgandilar.

🌍 Tashrif davomida eksportbop mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashgan dalalarga ham tashrif buyurildi. Yuqori hosil olish uchun koʻriladigan chora-tadbirlar, “dala pasporti” amaliyoti bilan tanishdilar. Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, Oʻzbekistonda ham mazkur amaliyot joriy etilmoqda. Unda dalada ekilgan mahsulot turlari, qoʻllanilgan kimyoviy vositalarning sarfi, davriyligi, miqdori koʻrsatilishi nazarda tutilgan boʻlib, eksport jarayonlarida baʼzi mamlakatlar uchun reyestr shakllantirishda ushbu maʼlumotlar bazasi asqotadi.

#xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇬Qirgʻiziston Respublikasining Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish, oʻsimliklar karantini va himoyasi departamenti vakillari chigirtkaga qarshi kurash tizimini oʻrganish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurishdi.

🦗 Qirgʻizistonlik mutaxassislar “Chigirtkaga qarshi kurashish choralarining takomillashtirilishi dasturi” loyihasi doirasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan uchrashdilar. Mehmonlarga zararli chigirtkalarga qarshi qoʻllanilayotgan preparatlar, ularning samarasi va ekologik xavfsiz analoglarga taqdim etildi.

🗺 Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, mamlakatimizning Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlari Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh boʻlib, mazkur hududlarda har yili anʼanaviy tarzda hamkorlikda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari olib boriladi.

🖋 Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlarini hamkorlikda oʻtkazilishini yanada kuchaytirish maqsadida Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston davlatlar bilan 2025-2030-yillar uchun moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

#chigirtka     #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.

Avvalo, alohida oʻrnak koʻrsatgan taʼlim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezident mamlakatimizning barcha taʼlim-tarbiya xodimlarini Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Samarqandda Butunjahon hayvonlar sogʻligini himoya qilish tashkilotining (WOAH) 31-mintaqaviy sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

🟢 Tadbirda hayvonlar salomatligini himoya qilish siyosatiga oid mamlakatlarning milliy tizimi koʻrib chiqiladi. Joriy yilda 100-yilligini nishonlayotgan tashkiloti sessiyasi doirasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev soʻzga chiqdi. Agentlik rahbari hayvonlarning sogʻligini himoya qilishda oʻsimliklar xavfsizligini taʼminlashning ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.

💬 Iqlim oʻzgarishi, transchegaraviy zararkunandalar tahdidi va pandemiya kabi global muammolar oldida “Yagona salomatlik” konsepsiyasi doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash odamlar, hayvonlar va atrof-muhit salomatligini taʻminlashning asosiy vositasiga aylanayotganini taʼkidladi.

🇺🇿 Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini zararli organizmlardan himoya qilishda meʻyorlar talablariga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Atrof-muhitga minimal taʼsir koʻrsatadigan vositalardan foydalanish targʻib qilinib, hududiy inspektorlar bu borada tomorqa va yer egalari, bogʻ va tokzorlar, dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillariga bu borada tavsiya va tushunchalar berib kelmoqda.

🖊  Ayniqsa, soʻnggi yillarda zararkunandalarga qarshi oʻsimliklarni uygʻunlashgan himoya tizimi (IPM) takomillashtirilib, 40 ga yaqin asosiy ekin turlari uchun alohida dasturlar ishlab chiqildi. Shuningdek, iqtisodiy zarar mezonidan kelib chiqan holda biologik va kimyoviy vositalardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
2024/10/01 02:21:09
Back to Top
HTML Embed Code: