Telegram Web Link
Tomorqa yer egalarining ekin maydonlari agrokimyoviy tahlildan o‘tkazilmoqda

✍️ Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 148 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tumanda qishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari issiqxonalarda yetishtirilsa, boshqa fasllarda ekin yerlaridan unumli foydalaniladi.

🍎🍓Mahsulotlar asosan ichki bozorga yo‘naltrilib, sifati va parametrlari bo‘yicha eksportbop hisoblanadi.

💬 Eksportni rivojlantirishga ma’sul tashkilotlar, jumladan Respublika agrokimyoviy tahlil markazi mutaxassislari ishtirokidagi seminarda yer egalari ana shunday imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

🔄 50 dan ortiq xonadon ishtirokida tashkil etilgan seminarda eksportbop mahsulot yetishtirishda tuproq agrokimyoviy tahlilining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etish lozim, madaniy ekin turiga qarab tuproqqa solinishi lozim bo‘lgan moddalar belgilanadi. Misol uchun, boshoqli ekinlarga azot muhim, makkajo‘xori esa fosforga to‘yingan tuproqda yaxshi rivojlanadi, kartoshka va lavlagi uchun kaliy miqdori normada bo‘lishi zarur. Moddalarning hajmi esa tuproq agrokimyoviy tahlili natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

🌲Tuproq agrokimyoviy tahlili tartibini tushuntirish maqsadida aholi tomorqalaridan namunalar olinib, laborantlar tomonidan laboratoriyada tekshiruvlar o‘tkazildi. Mazkur tahlillar natijasida tavsiyanoma tayyorlab beraladi. Unda har bir ekin turini yetishtirishda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’urlari bo‘yicha tavsiyalar aks ettiriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Turkiyaning “Irgeler Tarim Urunleri Uretim Ticaret Limited Sirketi” koʻchatxonasidan ekish materiallarini olib kirishga vaqtinchalik
taqiq oʻrnatildi.


✍️ Turkiyaning “Irgeler Tarim Urunleri Uretim Ticaret Limited Sirketi” korxonasiga tegishli koʻchatxonalardan mamlakatimizga nektarin koʻchatlari import qilingan. Toshkent viloyatining “Ark buloq” OʻKCHM orqali kirib kelgan yuk tegishli tartibga asosan tekshirilganda dastlabki nazorat karantin inspektorlarida shubha uygʻotgan.

🔬 5 ta avtotransport vositasida olib kelingan nihollardan namunalar olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga ekspertiza uchun joʻnatildi. Tahlil natijasiga koʻra, import boʻlgan ekish materiallarida Oʻzbekiston uchun karantin obyekti hisoblangan Olxoʻrining choʻtir kasalligi (Plum pox virus (PPV) aniqlangan.

🛡 Zararli organizmning Oʻzbekiston hududida tarqalib ketishini oldini olish maqsadida “Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablariga asosan 89 500 dan ortiq nihollarni yoʻq qilishga kelishildi.

⚠️ Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan “Irgeler Tarim Urunleri Uretim Ticaret Limited Sirketi” koʻchatxonasidan esa ekish materiallarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq oʻrnatildi va mazkur koʻchatxonalar hududida yetishtirilgan va olib kelinishi rejalashtirilayotgan nektarin koʻchatlariga karantin ruxsatnomasini berish vaqtinchalik toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.

🖥 Holat yuzasidan Turkiya fitosanitariya xizmatiga eʼtiroznoma (notifikatsiya) joʻnatilib, nektarin nihollarida virus aniqlanganligi yuzasidan davlat tashkiloti xabardor etildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Xamrayev Bobir Zoxir o‘g‘li Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ulug‘bek Mamadjanovich Yunusov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK —  Meva-sabzavot eksportini oshirish chora-tadbirlari👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 "ePhyto solutions" tizimida "Elektron fitosanitariya sertifikatlarini joriy etish va amalga oshirish uchun raqamli yechimlar" mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlarining fitosanitar tashkilotlari vakillarining ishchi guruh uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 09:16:25
Back to Top
HTML Embed Code: