Telegram Web Link
📆 Bugun "Avtomobilsiz kun"

Agentlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari ham mazkur ijtimoiy aksiyada faol ishtirok etishdi va jamoat transportida foydalangan holda bugun ishga shaxsiy avtomobilsiz kelishdi.

✍️ Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.

🔄 Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌲"Dolzarb 30 kunlik" tadbirlari Toshkent tumanida

Archa unsimon qurtiga qarshi ilk kengqamrovli kurash tadbirlari Toshkent tumanida start oldi.

P.S. Videolavha Toshkent tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan.

#dolzarb_30_kunlik #archa #unsimon_qurt #chora_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏🍎 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda olma mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #olma

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 O'simliklarning zanglashi nimadan darak beradi?

🟠 Zang kasalligi asosan boshoqli don ekinlarida va shu turdagi ekinlar parvarishlanayotgan hududdagi begona o'tlarda kuzatiladi.

🌿Kasallik qo'zg'atuvchilari Puccinia striiformis (Westendorp) va Puccinia triticina (Eriksson) zamburugʻlar bo'lib, ular havo harorati +2º C yuqori bo'lganda rivojlana boshlaydi. Harorat 15-23°C, nisbiy namlik 65-70%  boʻlsa, kasallik rivojlanishi uchun eng qulay hisoblanadi. Zamburug' bugʻdoyning barglarini, baʼzan barg qinini zararlaydi.

⚠️Kasallik belgilari yovvoyi suli, bugʻdoyiq, raygras kabi begona oʻtlar va gʻalla ekinlari barglarida dumaloq, sargʻish-qoʻngʻir, changli yostiqchalar hosil qilib paydo boʻladi. Shu yostiqchalar ichida rivojlangan sporalar boshqa barglar va oʻsimliklarga shamol, texnika va boshqalar yordamida oʻtadi va ob-havo qulay boʻlsa tez tarqaladi.

🔵 Agrotexnik tavsiya:

🫥 Zang kasalligini qo'zg'atuvchi zaburug'larning rivojlanib ketishini oldini olish maqsadida almashlab ekish usulidan foydalanish,  urugʻlarni tozalash, urugʻlikni oftobga yoyish, yerni 30-32 sm chuqurlikda shudgorlash, tuproq harorati 9-12 °C gradusga yetganda urugʻni ekish maqsadga muvofiq.

💧 Kimyoviy kurash usullari:

🗣 Taʼsir etuvchi moddasi
-  Propikonazol  +  Tebukonazol  
-  Dikonazol
-  Propikonazol + Siprokonazol bo'lgan vositalardan foydalanish zarur.

😀Kimyoviy vositalarni qo'llashning tartib va me'yorlari bor. Ularga amal qilish muhim.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦 Tadbirkor va eksportyorlar uchun maxsus!

Yevropa va Arab davlatlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportga qanday tayyorlanadi?

🇨🇱 Videoda Chili tajribasi bilan tanishishingiz mumkin!

#xalqaro_tajriba  #export #Chili 

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Eksport imkoniyatlari kengaymoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda no'xot mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #no'xot

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

✔️ Agar davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

🔺 BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;

🔺360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

🔺3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida eksportyorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

🔴 Bugun O'zbekiston qishloq xo'jaligida mavjud eksport salohiyatini ishga solishga e'tibor qaratmoqda. Bu yo'nalishda mahsulotni dalada yetishtirishdan tortib jahon bozorigacha yetkazishgacha bo'lgan barcha bosqichlarda xalqaro fitosanitariya talablariga amal qilish eksport hajmini oshirishda muhim.

📍 Toshkent viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutasaddilari va viloyatda faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalar vakillari, tadbirkorlar, fermer xo'jaliklari hamda mahalla faollari ishtirokida o'tkazilgan ochiq muloqotda aynan shu masalalar muhokamalar markazida bo'ldi.

📈 Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o'rganishga alohida e'tibor qaratildi.

💬 Eksportyor korxonalarga amaliy yordam berish va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan muloqotda fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish, mahsulotlarni karantin ko'rigidan o'tkazish kabi yo'nalishlarda mavjud muammolar ham muhokama etildi.

📌 Ma'lumot o'rnida qayd etish lozim, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 41 001,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 % ga oshgan.

✍️ Kelgusida qishloq xo'jaligi yo'nalishida mazkur ko'rsatgichlarni oshirish maqsadida ochiq muloqotlarni Toshkent viloyatining har bir tumanida tashkil etish ko'zda tutilgan.

#ochiq_muloqot #muammo_yechim #export #chora_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chigit ekish muddatlarini bilasizmi?

🌲 Mamlakatimizning turli hududlarida iqlim turlicha ekanligini inobatga olgan holda tuproq haroratini inobatga olish muhim.

Chigit ekishga tuproqning 0-10 sm chuqurlikdagi oʻrtacha haroratini inobatga olib
✍️ tukli chigitlarni ekishda oʻrtacha harorat 12-14°S
✍️ tuksizlantirilgan chigit ekishda oʻrtacha harorat 14-16°S daraja boʻlgani maqsadga muvofiq.

🗓 Koʻp yillik maʼlumotlarga asoslangan holda chigit ekish mavsumi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
janubiy tumanlarida 10-25-aprel, shimoliy tumanlarda 15-30-aprel

Xorazm viloyatida 10-25-aprel

Toshkent va Fargʻona viloyatlarida 5-15-aprel

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 1-15-aprel

Namangan va Andijon viloyatlarida 1-15-aprel (plyonka ostiga 20-mart-1-aprel)

Samarqand viloyatida 5-20-aprel

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 1-15-aprel

Qashqadaryo viloyatining janubiy tumanlarida 25-martdan-15-aprelgacha, shimoliy tumanlarida 1-15-aprel

Surxondaryo viloyati janubiy tumanlarida 25-mart-10-aprel, shimoliy tumanlarida 1-15-aprel kunlariga toʻgʻri keladi.

🌱 Chigit ekishni birinchi navbatda tez yetilib qiziydigan yengil, oʻrtacha qumoq maydonlarda, keyin esa ogʻir tuproqlarda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Tuproq harorati past boʻlganda ekilgan chigitning bir qismi chirib ketadi va nihollar siyrak oʻsib chiqadi, buni ham inobatga olish zarur.

✔️ Chigit mexanik tarkibi ogʻir, sekin qiziydigan tuproqlarda 3-4 sm, boshqa barcha tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.

👍 Chigit ekishda uning meʼyoriga alohida ahamiyat berish darkor. Tukli chigit gektariga 45-55 kg ekilsa, tuksiz chigitlar 25-30 kg miqdorda ekiladi. Chigit qoʻshqator usulida ekilganda yakka qatorlarga nisbatan 20-25 kg koʻproq urugʻlik sarflanadi. Shu meʼyorlarda ekilgan chigitlar dalada maqbul koʻchat qalinligi hosil qilishni taʼminlaydi.

👉 Paxta va gʻalla haqida koʻproq maʼlumotlarni ferer xoʻjaliklari vakillari uchun Agentlikning maxsus tashkil etilgan “Paxta va gʻalla tavsiya” telegram guruhidan bilib olishingiz, o'zingizni qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javob olishingiz mumkin!

#tavsiya #chigit #ekish_mavsumi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 19:22:21
Back to Top
HTML Embed Code: