Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Namangan mamlakatimizning eng barakali, sersuv va serhosil hududlaridan biri, mehnatkash va saxovatpesha, g‘ururi baland, tadbirkorlikda eng ilg‘or insonlar yurti ekanini ta’kidladi.

Ularning mehnati va fidoyiligi bilan Namanganda hayot o‘zgarmoqda. O‘tgan 7 yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetdi. 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ish o‘rni yaratildi.

Shu bilan birga, Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi.

Viloyat eksportini 86 foizi to‘qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Mingbuloq va Kosonsoyda bir gektardan olinadigan daromad viloyat ko‘rsatkichidan 2 barobar kam. Aholiga berilgan 16 ming gektardan 3,5 ming gektari bo‘sh yotibdi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo‘rg‘onda sanoatlashish darajasi past.

Mas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Sayxunobod misolida Uychi tumanidagi 56 ta mahallada ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, tomorqadan 60-70 million so‘m daromad olish bo‘yicha namuna yaratish topshirildi.

Viloyat sanoat mahsuloti va meva-sabzavoti asosan Toshkent va Andijon orqali eksport bo‘layotgani tannarxning o‘sishiga olib kelayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga Namangan xalqaro aeroportidagi bo‘sh maydonda yuk terminalini ishga tushirish, Namanganni Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish, Nanay qishlog‘i hududidagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirildi.

Qirg‘iz tomoni bilan kelishilgan holda “Uchqo‘rg‘on” bojxona postini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Chegara posti yaqinida Xitoylik hamkorlar bilan “Uchqo‘rg‘on-Kensay” logistika markazini barpo etish rejalashtirilgan.

Prezident qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga alohida to‘xtaldi.

Namanganda suv manbalari serob bo‘lgani bilan, suv tejovchi texnologiyalarni birinchi navbatda shu hududda joriy qilish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Joriy yilda 60 ming gektarda suv tejovchi texnologiyani joriy qilish va 40 ming gektarni lazerli tekislash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, viloyatdagi kanallarni betonlash, “Chorkesar”, “Zarkent” va “Isparon” suv omborlarini qurish, “Chust” va “M-2” kanalini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Namangan qulay iqlim sharoitiga ega, bu yerda azaldan meva-sabzavotchilik rivojlangan.

Lekin, meva-sabzavot eksporti mavjud imkoniyatga mos emas. Agar ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, eksportni 3-5 barobar oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan meva-sabzavot eksportini ko‘paytirib, eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Dehqonlarga berilgan 18 ming gektarga karantin inspektorlari bog‘lanib, eksportbop mahsulotlar yetishtirish tashkil etiladi, 54 ming gektarning agrokimyoviy xaritasi ishlab chiqilib, 18 ming gektari “GSP+” talablariga moslashtiriladi.

Viloyatda meva-sabzavotning atigi 8 foizi, go‘shtning 28 foizi va sutning 9,5 foizi qayta ishlanadi.

Kosonsoy va Chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lsa-da, birorta qayta ishlash korxonasi mavjud emas. Mingbuloq, Norin, Chortoq va Popda meva-sabzavot va sut, Namangan va Chortoqda go‘shtni qayta ishlash quvvati yetishmaydi.

Yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Bugun AOKAda "O'simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan MATBUOT ANJUMANI bo'lib o'tdi.

Quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:👇

📺 https://www.youtube.com/watch?v=1DxvIUdLxhk

#matbuot_anjumani #hisobot #AOKA

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌳 O’simliklar karantini va himoyasi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O’rmon xo’jaligi agentligi hamda “Zamin” fondi bilan hamkorlikda ”Yashil zamin” va “Yashil bog’lar” loyihalari doirasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

#Karantin_yangilik #yashil_zamin #seminar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥MTRK — O’simliklar karantini: qonun buzilishi holatlari aniqlandi 👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍈 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qovun mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #qulupnay

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

💬 Muloqotning asosiy mavzusi davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va manfaatlari bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jumladan:

‼️ “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun;

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror;

🛡 korrupsion holatlar va xatarlar, ularni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

#ochiq_muloqot #davlat_fuqarolik_xizmati

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — 2 oyda meva-sabzavotlar eksportida yangi rekord👆

#export #meva_sabzavot #statistika

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

🔹 BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔹3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

🔻 Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Qishloq xo'jaligi sohasida mavsumiy tadbirlar 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 Xalqaro nashriyotlar biz haqimizda!

Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro Konvensiya (IPPC) rasmiy manbalarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'simliklar karantini va himoyasi agentligiga tashrifi haqida maqola e’lon qilindi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'simliklarni himoya qilishda eng oddiy qoidalar nimalardan iborat?

#tavsiya #agrotexnik_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Archa zararkunandalariga qarshi “Dolzarb oʻttiz kunlik” eʼlon qilindi

2024-yil 27-martdan 26-aprelgacha igna bargli manzarali daraxt va butalarga zarar yetkazayotgan “Archa unsimon qurti” hamda boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi uygʻunlashgan kurash tadbirlarini olib borish maqsadida “Dolzarb oʻttiz kunlik” joriy etildi.

🅱️ Kengqamrovli chora-tadbirlar respublika boʻylab uyushqoqlik bilan oʻtkazilib, yoʻl boʻylari, oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa yashil maydonlarda olib boriladi.

🗺 Hududlarda shahar va tuman hokimliklari, qishloq xoʻjaligi hamda obodonlashtirish boshqarmalari bilan birgalikda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, zararli organizmlarga qarshi samarali kurash joriy etiladi.

🌲 Har bir tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlari nazorat olib boradigan hududlaridagi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar, istirohat bogʻlari, madaniy yodgorliklar, katta yoʻl boʻylari hamda boshqa yashil maydonlarda parvarish qilinayotgan igna bargli, manzarali daraxt va butalar toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, fitosanitar nazorat oʻrnatiladi.

🌲 Zararli deb topilgan hududlardan koʻchatlarni boshqa bir hududga yuborilishini qatʼiy taqiqlanadi.
Zararkunandalar aniqlanganda, zudlik bilan oʻsimliklar karantini talabiga asosan choralar belgilanadi va tezkor kurash choralari koʻriladi.

🤳 Monitoring va fitosanitar dala nazorati natijalari, dalolatnomalar “efito.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib boriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:35:35
Back to Top
HTML Embed Code: