Telegram Web Link
#tashrif #CYBERPARK

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan “Bilkent CYBERPARK” bosh direktori Faruk Inaltekin tashrif buyurdi.

💬 Mazkur uchrashuvda “Bilkent CYBERPARK” va TATU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, universitetda “Bilkent CYBERPARK” namunasi asosida akademik hamda start-up  spin-off kompaniya tashkil etish, suni’iy intellektga asoslangan Mia tillarni o‘qitish platformasi ( Mia language acquisition platform)ni joriy etish kabi masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvdan so'ng, universitetda tashkil etilgan ilmiy laboratoriyalar hamda inkubatsion markazga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek,  joriy yilning 24–26-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Uzbekistan-Türkiye Business Forum” doirasida Turkiya OTMlar hamda IT kompaniyalari bilan Universitetga tashrif buyurishi va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
🎓 Vazir TATU Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishdi hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi

Strategiya markazida bo‘lib, ilmiy ishlanmalar, xalqaro hamkorlik hamda filial talabalarining xalqaro va respublika miqyosidagi turli tanlov va musobaqalarda qo‘lga kiritgan yuqori natijalari bilan tanishdi. Vazir u yerda talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Filialning “Axborot xavfsizligi” kafedrasi qoshida ochilgan “Murakkab jarayonlarni modellashtirish” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati hamda laboratoriyadagi sharoitlar, shuningdek, filialda tashkil etilgan “Student ofis” faoliyati hamda ofisda talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi hamda Vazir ushbu laboratoriya hamda “Student ofis” faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/16182/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #uchrashuv

Joriy yilning 11-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning yetkchi Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha bosh direktori Lin Yang (Jeremi) boshchiligidagi delegatsiya  tashrif buyurdi.

💬 Mazkur uchrashuv kompaniya faoliyati va joriy loyihalari bilan tanishish, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasi faoliyati bo'yicha taqdimot qilinib, xalqaro bozorda 25 yildan ortiq faoliyat yurituvchi yetakchi global tarmoq yechimlari provayderi ekani, kompaniya - ta’lim, sog‘liqni saqlash,  davlat idoralari va korporativ korxonalar kabi turli sohalarda muhim loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur uchrashuvda ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar muhokama qilinib, universitet va kompaniya o'rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan, universitetda ICT tarmoq akademiyasini tashkil etish, tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha takliflar bildirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli abituriyentlar!

📌Ertaga 14-iyul kuni oliy va professional ta'lim muassasalariga test sinovlari boshlanadi, abituriyentlarga  quyidagilarni eslatib o‘tamiz.

🔔Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

📌Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

👥Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

🆔O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

🎙 Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!

🔗Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 20:30:34
Back to Top
HTML Embed Code: