Telegram Web Link
#KOOKMIN #grant #TATU_talabalari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Innovatsion biznes IT taʼlim ekotizimini tashkil etish" loyihasi doirasida 5 nafar TATU va uning hududiy filiallari bitiruvchilari Janubiy Koreyaning KOOKMIN universitetida KOICA tashkilotining to'liq grant asosida magistratura bosqichida ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ushbu grant o'z ichiga talabalarning barcha o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplaydi.

O'tkazilgan tanlov g'oliblariga Grant mukofoti sertifikatini shaxsan TATU rektori B.Maxkamov topshirdi va  egallagan bilimlari asosida kelajakda  yurtimiz rivojiga hissa qo'shishlariga ishonch bildirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#LIVE #Qabul_2024
#Abituriyent_2024

Respublikamizning barcha hududlarida test sinovlarining ilk kuni yuqori saviyada bo'lib o'tmoqda.

💻  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga OTMlarga kirish imtihonlari jarayonlarida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari tashkil qilish maqsadida UzEkspo markazi hududidan joy biriktirilgan.

Ayni kunga kelib ushbu manzil test sinovlari uchun to‘liq tayyor holga keltirilgan. Unga ko‘ra:

🟢Qariyb 800 nafar ota-onalar vakillari uchun kutish joylari tashkil qilingan;

🟢Havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan;

🟢Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan;

🟢Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:34:21
Back to Top
HTML Embed Code: