Telegram Web Link
#tashrif #muhandislik_maktabi

Bugun, 8-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li hamda "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida universitetda "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda "Muhandislik maktabi"ni tashkil etish bo'yicha muhokama o'tkazildi.

🗒 Xususan, universitet hududida "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining o'quv laboratoriya xonalarini tashkil etilishi jarayonlari ko'zdan kechirildi, ishlab chiqarish bilan o'qish tizimini integratsiyalashni yangi bosqichga olib chiqish, ikki fakultet talabalarini rejalashtirilgan muhandislik maktabida tayyorlash masalalari muhokama etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Bugun Xalqaro Hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig'i Yusupov
Ibrohimbekni
tug'ilgan kunlari.

🎁 Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi, 2-bosqich PhD tayanch doktarantura talabasi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o'g'li hozirda Yevropa ittifoqi, Slovakiya respublikasining Košice shahrida, Pavol Jozef Šafárik universitetida (PJSU) o'zining 6 oylik ilmiy stajirovka amaliyotini davom ettirmoqda.

🗒 Ma'lumot uchun: Pavol Jozef Šafárik universiteti QS World Rankings 2024 tizimida 851-900 o'rinlarni egallab turibdi.

🎉 Ushbu doktorantimizning kelgusi ishlariga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Bugun Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshlig'i Arifdjanov Maxmud Maripdjanovichning tug'ilgan kunlari.

🎁 Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
Test o’tkaziladigan binoni ko’rib kelsangiz bo’ladi

Bugun 11-iyul
kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Buning foyda tomoni, test kuni binoga qaysi yo’l bilan borish kerak, qaysi darvoza yoki eshikdan kirish kerak kabi savollarga javob olish mumkin. Test kuni shoshib, adashib, kechikib qolinmaydi.

Eslatib o’tamiz, Toshkent shahrida joriy yilda test sinovlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi, O'zbekiston Milliy universiteti, "Yoshlik" sport majmuasi binolarida o'tkaziladi

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar

🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini transformatsiya qilish, muhandislik maktablarini joriy qilish orqali amaliyotga yo‘naltirilgan hamda dual ta’limni joriy etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash maqsadida xorij tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚙️ Shu maqsadda, soʻnggi 30 yil ichida dunyoning 105 ga yaqin mamlakatlari hukumatlari va universitetlarida transformatsiya jarayonlari uchun maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan oliy taʼlim boʻyicha global ekspert – Dr.Jamil Salmi bilan muhokama o‘tkazildi.

Unda oliy taʼlimda moliyaviy barqarorlik, sifatni taʼminlash, TOP universtetlarni yaratish va strategik rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, TOP universitetlarda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:24:53
Back to Top
HTML Embed Code: