Telegram Web Link
🟥🟥🟥🟥

🔵 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusidagi jonli efir boshlanadi

🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida bugun, 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi.

Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi.

👨‍💻 Jonli efirni quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:

™️ Facebook: https://www.facebook.com/share/UELQ5qtznyw4uywo/?mibextid=9VsGKo

📹 YouTube: https://www.youtube.com/live/E567xMhddWA?si=sSMqXt-lZx7AgTvs

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #tashrif

Akademik bilan uchrashuvdan videolavha

💬 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Akademik olimlar bilan uchrashuv” tadbirining navbatdagi mehmoni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Reymov Axmed Mambetkarimovich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_anjuman

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi mudiri, prof. Zaynidinov Hakimjon Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida o‘tkazilgan “Ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo anjumani”da ishtirok etib, “Xitoy va O‘zbekistonda oliy ta’limni xalqarolashtirish tendensiyalari, istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Shuningdek, Xitoyning Karamay shahridagi Pekin neft universitetida “Ipak yo‘li 2024” bo‘yicha sanoat, ta’lim, tadqiqot va qo‘llash kooperatsiyasi va integratsiyasi” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida “Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

    Anjuman doirasida tashkil etilgan ta’lim ko‘rgazmasida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Xitoyning yetakchi OTMning hamda soha korxona vakillari ishtirok etdilar.  Mazkur ko‘rgazma doirasida OTM rahbarlari va soha korxona vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, ta’lim, ilmiy-tadqiqot bo‘yicha hamkorlik qilish, qo‘shma markazlar va laboratoriyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni #sport_musobaqalari

30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan ertaga Universitetimiz (TATU) da tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok eting!

💪Armrestling musobaqasi A bino, faollar zalida soat 10:00 da. Koordinator Erkinboyev Kamron, tel: @erkinboyeev 97 138 0797

⚽️Futbol musobaqasi, Sport majmuasida soat 11:00 da bo'lib o'tadi. Koordinator Korabayev Eldor, tel.: 99 000 84 99

🏓Stol tennisi musobaqasi, Sport majmuasida soat 14:00 da bo'lib o'tadi. Koordinator Korabayev Eldor tel.: 99 000 84 99

Shaxmat-shashka, soat 14:00 da A binoda bo'lib o'tadi. Koordinator Ubaydullayev Zuxriddin, tel.: 97 434 84 86

🎬Film namoyishi A bino, faollar zali 19:00 da bo'lib o'tadi. Koordinator Ubaydullayev Zuxriddin, tel.: 97 434 84 86.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

Yangi O‘zbekiston yoshlari 30-iyun "Yoshlar kuni" muborak bo‘lsin!

Barcha O'zbekiston yoshlarini, jumladan, TATU talabalarini ushbu yorqin sana munosabat bilan chin dildan tabriklaymiz.

Jonajon Vatanimizga mehr va sadoqat bilan yashayotgan, ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallab voyaga yetayotgan yoshlarimiz har qanday baland marrani egallashga qodir.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni #sport_musobaqalari

▶️Ayni damda "30-iyun Yoshlar kuni" munosabati bilan Universitetimizda tashkil etilgan sport musobaqalari doirasidagi Armrestling bo'yicha bellashuvlardan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ТАТU_minifutbol #yoshlar_kuni
#live

⚽️ Ayni damda “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida, 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talaba-yoshlari o‘rtasida sportning “mini-futbol” bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 02:16:06
Back to Top
HTML Embed Code: