Telegram Web Link
#FAOL_FUQAROLIK_POZITSIYASI

Qonunchilik va siyosiy tizimlar tirik organizm singari doimiy doimiy tarzda rivojlanib boradi. Jumladan mamlakatimiz saylov tizimi hamda qonunchiligi ham muntazam ravishda takomillashib bormoqda. Qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra endilikda Oliy majlis qonunchilik palatasiga saylovlar “aralash saylov tizmi” boʻyicha oʻtkaziladi.
Bugun tumandagi 6-sonli tergovga qadar hibsga olish xonasida shaxsiy tarkib va mahkumlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Inson qadriga yuksak eʼtibor” mavzusida maʼrifat soati tashkil etildi.

Unda Namangan viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Fayzullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi A.Nasriddinovlar tomonidan Jahonda oʻzi qanday saylov tizimlari mavjud va aralash saylov tizimi deganda nimani tushuniladi?. “Majoritar” va “Proporsional” saylov tizimi haqida hamda yurtimizdagi boʻlib oʻtadigan saylovlarni tashkil etish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi.
#Adliya_xabari
Maʻmuriy ishlarning taftish tartibida qayta koʻrilishining muhim jihatlari

Kuni kecha Namangan viloyat adliya boshqarmasida Namangan viloyat maʻmuriy sudi sudyalari ishtirokida Oʻʻzbekiston Respublikasining Maʻmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʻminlash maqsadida, “Sudlar tomonidan maʻmuriy ishlarni taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 25-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22-sonli Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminarda sudyalar U.Nishonov, A.Dadadbayev, D.Madaminov, R.Ergashev boshqarma xodimlariga yuqoridagi oʻzgartish va qoʻshichalar haqida tushuntirib oʻtdilar. Endilikda Sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning qonuniy vakili (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va hokazo.) tomonidan keltirilgan taftish tartibidagi shikoyatga uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim ekanligi belgilandi.

Qolversa, MSIYutK 250-moddasining mazmuniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʻmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʻmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan tumanlararo maʻmuriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyasiya yoki kassasiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyasiya yoki kassasiya instansiyalari sudlarining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar)ni taftish tartibida koʻrib chiqadi.

Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning 25-sentabr kuni “Adliya kuni” tadbirlarini o’tkaziladigan manzillar.

🔷 Namangan shahar, Taraqqiyot MFY;
🔷 Namangan tumani, Navqiron MFY;  
🔷 To‘raqo‘rg‘on tumani, Bog‘ishamol MFY;
🔷 Kosonsoy tumani, Bahoriston MFY;
🔷 Pop tumani, Istiqlol MFY;
🔷 Chust tumani, Laylakuya MFY;  
🔷 Uchqo‘rg‘on tumani, Farovon MFY;  
🔷 Uychi tumani Toshloq MFY;  
🔷 Norin tumani, Do‘mar MFY;  
🔷 Chortoq tumani, Bag‘rikenglik MFY;  
🔷 Yangiqo‘rg‘on tumani, Bunyodkor MFY;  
🔷 Mingbuloq tumani, To‘psada MFY;  
🔷 Davlatobod tumani, Yangi Tong MFY;  
🔷 Yangi Namangan tumani, Sohil MFY.  
 
Mazkur tadbirlarda fuqarolarning bir necha turdagi huquqi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib tegishli tartibda ko’rib chiqiladi va ularga huquqiy tushuntirishlari beriladi. 

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi 
 
📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

🔰 “Namangan haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Chust tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘lim mudiri K.Talapovaning "Bepul birlamchi yuridik yordam olish" nomli maqolasi hamda Namangan shahar davlat xizmatlari markazi    bosh mutaxassisi "Davlat xizmatlarilarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish"  nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Bilasizmi

Mayda bezorilik oʻzi nima? Ushbu huquqbuzarlik uchun qanday jazo koʻzda tutilgan?

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik ekanligi belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

🔰 Inson va qonun" gazetasining navbatdagi sonida Chust tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘lim mudiri K.Talapovaning "Huquqiy masala uchun Madad yordamga keladi "  nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya: Xalq manfaatlari yo'lida


🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi

Manba: Vazirlar Mahkamasining 553-son qarori (2024-yil 9-sentabr)

@adliyangiliklari
#Адлия_хабари

Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Chust tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar murojaatlarining har biri batafsil tinglanib, tegishli choralar ko‘rdi.

Xususan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi D.Axmedov tomonidan fuqarolarning meros ishini rasmiylashtirish, nikohni qayd etish, uy-joy uchun subsidiya olish, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq hamda kadastr kabi masalalar yuzasidan 10 ta murojaati tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 8 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 2 ta fuqaroning murojaati koʻrib chiqish va hal etish uchun adliya boʻlimi ish yurituvga olindi.


🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 16:39:39
Back to Top
HTML Embed Code: