Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Uychida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo’yicha targ`ibot tadbiri o’tkazildi.

Uychi tumani tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari direktorlari va kadrlar menenjirlari ishtirokida shtatlar qisqartirish masalasidagi va mehnat qonunchiligi bo’yicha davra suxbati o’tkazildi.

Targ`ibot davomida mehnat qonunchiligi yuzasidan, xususan mehnat shartnomasi, uni bekor qilish asosalari, mehnat ta'tilini berish tartibi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Norinda otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazilganligi yuzasidan tayyorlangan lavha O'zbekiston-24 telekanali orqali efirga uzatildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Muhim

📣📣 OAV vakillari uchun onlayn trening

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan OAV vakillari uchun manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus o‘quv treninglar o‘tkaziladi.

🗓 Sanasi va vaqti: 20-sentabr, 15:00 da

ZOOM orqali ulanish 👉 https://us06web.zoom.us/j/4575572417?pwd=Wdyq49VMZTg0kY4Pr5wOPLNb7XeGrD.1
Konferensiya ID: 457 557 2417
Kirish kodi: 1111

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namangan tumani XBI binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 avgustdagi “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-sonli qarorining 3-ilova 13.1-bandi ijrosi doirasida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on, Namangan hamda Chortoq tumanlarida viloyatda faoliyat yurituvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘z brendini yaratish borasida tushuncha va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-seminar va taqdimotlar o‘tkazildi.

🔰 Seminarda, Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, XBI menejeri U.Boltabaev, loyixaning o‘quv masalalari bo‘yicha mutaxassisi D.Otaboev, viloyat adliya boshqarmasi vakili J.Qo‘chqarov, “Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ Namangan viloyati vakili A.Axundjanov, Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Rafiqov, loyixa yetakchi biznes treneri M.Otoboevlar ishtirok etdilar.

🔰 Tadbirkorlik sub’ektlariga, ushbu qarorni mazmun-mohiyati, Maxalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘z brendlarini yaratish tartiblari va afzalliklari, brendni patentlash, intelektual mulk xuquqlari, Elektron-onlany auksion va tanlovlarni o‘tkazish, “e-auksion.uz va auksionshop.uz” savdo platformasidan foydalanish tartiblari, korxonalarni rivojlantirishda yangi loyixalarni ishlab chiqish, maxsulot va xizmatlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha biznes loyixalarini ishlab chiqish xamda investorlarga taqdim etish tartiblari to‘g‘risida mas’ullar tomonidan ma’lumot va tushunchalar berib o‘tildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Intellektual mulk departamenti nima ish qiladi?| Lokatsiya 1-son

San'atkorlarni chaqirmasa ham tekinga keladigan manzil. Xo‘sh ular nega keladi? Departament muammolarni hal qila olyaptimi? Kontrafakt mahsulotlarning yechimi qaerda? Yopiq eshiklar ortida nimalar bor? Sirlar to‘liq ochildi!

Batafsil 👉 https://youtu.be/r7XLJ_VN2sE

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasi huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, ma'qullandi.

Mazkur qonunda:
▫️bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari qonun darajasida mustahkamlanmoqda;

▫️aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari hamda standartlari belgilanmoqda;

▫️psixologik yordam ko‘rsatish standartlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ko‘zda tutilmoqda;

▫️psixologiya yo‘nalishida oliy ma'lumotga ega shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishlari, shuningdek, psixologiya yo‘nalishidan boshqa oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tishi kerakligi belgilanmoqda;

▫️psixologlarning jamoat birlashmalari faoliyatining huquqiy asoslari yaratilmoqda;

▫️psixologlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda;

▫️psixolog o‘ziga murojaat qilgan shaxsni huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etishga, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etishga da'vat etmasligi kabi bir qator kasbiy cheklovlar nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, mazkur qonun bilan psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma'muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur qonunning qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini yaratilishi, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, xususiy tarzda amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini qonuniy amalga oshirilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasizda

Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 18:33:07
Back to Top
HTML Embed Code: