Telegram Web Link
тмсст
#Adliya_xabari
Yangi Oʻzbekiston qizlari

Ayni kunlarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrganish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish va huquqiy madaniyatini oshirish borasida barcha idoralar qatori adliya idoralariga ham birdek masʼuliyat yuklangani bor gap.
Ana shu maʼnoda oʻtkazilayotgan barcha maʼrifiy-madaniy tadbirlar, huquqiy sayillar yoshlar hayotida oʻchmas iz qoldirishi va ular bilan bogʻliq masalalar hech bir davlat xizmatchisini eʼtiboridan chetda qolmasligini yaxshi anglashlari lozim.
Bugun Namangan davlat universitetida Adliya boshqarmasi masʼullari tomonidan “Yangi Oʻzbekiston qizlari” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbati davomida turli-xil sohalarda yutuqlarga erishgan xotin-qizlarning hayot yoʻllari, ularning oila borasidagi tajribalari, xotin-qizlar huquqini himoya qilish borasidagi muhim hujjatlar va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kirgan soʻngi oʻzgarishlardan xabardor etildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish👇https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari
Kelgusidagi vazifalar kelishib olindi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26 avgustdagi PF-124-son Farmoniga asosan Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi tarkibi, raisi va Nizomi qayta tasdiqlanib, boshqa tashkiliy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Maʼlumki, Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi ilk tuzilgan kengashlardan biri hisoblanib, kengash tomonidan oʻtgan davr mobaynida
10 dan ortiq eshituvlar tashkil etildi.

Yig’ilishda jamoatchilik nazorati, uning shakllaridan biri jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish muhimligi, hukumat qarorlarini amalga oshirishdagi kamchiliklarni aniqlash, mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish, xalqaro va jamoat tashkilotlari ekspertlarining fikrlarini oʻrganish va umumiy maqsadlarga erishish uchun qoʻshma faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishga eʼtibor qaratish lozimligi boʻyicha takliflar bildirildi.

Qolaversa, Jamoatchilik eshituvlari davomida uning ishtirokchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va manfaatdor fuqarolarga oʻz fiklarini bildirish va ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mutasaddi idoralar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish uchun takliflar bildirish imkoniyatini yaratib berish kerakligi taʼkidlandi va kelgusidagi vazifalar kelishib olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇https://www.tg-me.com/namanganadliya
📣📣📣 ADLIYA - YOSHLAR ORASIDA

AZIZ YOSHLAR SIZNI FLESHMOB-AKSIYASIDA KUTAMIZ🔥

Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Notarial xizmat ko'rsatishda fuqarolarga yengilliklar yaratilmoqda.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

🔰 Mingbuloq tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan To'psada MFYda navbatdagi sayyor qabul o'tkazilib aholini qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib hal qilish uchun ish yurituvga qabul qilindi.


🗓Sayyor qabul yakunida PF 80 ijrosi yuzasidan 42 ta xonadonda uyma uy yurgan holda 13 ta fuqaroga og'zaki tushuntirish berildi va 7 ta murojaat qayd qilindi.

💡Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatilib muqobil energya va tejamkor qurilmalardan foydalanishga targ'ib qilindi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 18:53:43
Back to Top
HTML Embed Code: