Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Namangan viloyatidagi 14 hududga infokiosklar joylashtirildi.


Namangan viloyatining tuman va shahar maʼmuriy markazlaridan olisda hududlarda interaktiv kioskalar o‘rnatildi. Ayni kunlarda aholi ushbu interaktiv kioskalar yordamida 37 turdagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Shunday interaktiv kiosklardan mahalla fuqarolari foydalanishi uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganda juda quvongandik, bizni mahalla tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgani bois, oyda bir Chortoq tumani davlat xizmatlari markazining xodimlari mahallamizga kelib “Sayyor xizmat” ko’rsatishar edi. Bunday imkoniyatdan mahalladoshlari kabi men ham ko’p foydalanganman. Bizni yana bir quvontirgan jihat shunda bo’ldiki, Alixon qishlog’imizda o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish infokioskasi o’rnatildi. Bundan mahallamiz ahli juda quvondi. Markaz xodimlarini aytishicha hozircha 37 ta xizmatdan foydalansak bo’larkan. Yil yakunigacha bu xizmatlar 70 taga yetkazilarkan deydi, alixonlik Tojixon aya Bahodirova.

Endilikda fuqarolar, markazga bormasdan,
Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma olish, Ta’lim olayotganligi to‘g‘risida, Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazish, Yuridik shaxs tashkil yetmagan oilaviy tadbirkorlik ro‘yxatdan o‘tkazish, Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida ma’lumotnoma olish, Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olish, Nafaqa tayinlash uchun ariza berish kabi 37 turdagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

Albatta mazkur qulaylik, aholi va tadbirkorlarni ortiqcha vaqtini va naqdini tejash bilan birga ularning uzog’ini yaqin qilishga ko’maklashadi.

🏢Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Namangan shahrida investorlar soni yana bittaga koʻpaydi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni ijrosi yuzasidan Namangan shahrida xam toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida xorijiy investorlar ishtirokidagi xorijiy korxonalar soni ortib bormoqda.

Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan Navbatsiz xizmat maskanida Rossiya Federatsiyasida roʻyxatdan oʻtgan "Arsenal" kompaniyasi hamda Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Yerofev Mixail Valerievich tasischiligida IT sohasini rivojlantirish yoʻnalishida ustav fondi 1 milliardni tashkil etuvchi "Synergy Hub Academy" xorijiy korxonasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu korxona tomonidan 40 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot ikki qismdan iborat shaklda o‘tkazildi. Birinchi qismda vazirlik rahbariyatining nutqlari tinglandi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37-sonli Farmonida belgilangan vazifalar, ko‘rsatmalar haqida tushuntirish berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida tizimda ishlovchi yosh xodimlar Farmon yuzasidan o‘zlarining fikrlari va takliflarini bildirdilar. Shu bilan birga soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Adliya vazirligi rahbariyatidan batafsil javob oldilar.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Maqola #tibbiyot #ustama

⚖️Ma'lumki, Tibbiyot xodimlariga qonunchilikda bir qator ustamalar berish, ularni mehnatini rag'batlantirish mazarda tutilgan

⁉️Ushbu qonun hujjatlari qaysilar? Ustamalar miqdori qancha? Ushbu ustamalar qay tartibda beriladi?

📝Shu mavzuda Davlatobod tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Yo'lchiboyevning maqolasi chop etildi.

🇺🇿 Salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi. Bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda.....🖇Batafsil

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliyakazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" informatsion dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Norin tumani Davlat xizmatlari markazi direktori B.Xamidov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Mingbuloq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 13 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 7 ta fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqish va hal etish uchun tuman adliya bo’limi ish yurituvga olindi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Bir_murojaat_izidan


Adliya aralashuvi bilan 78 nafar pedagog xodimni 41 million so’mga yaqin yo’l haqqi undirib berildi.


Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi
60-son umumiy oʻrta taʻlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Tadjibayevaning uyda yakka tartibda taʻlim olayotgan oʻquvchi bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan shikoyati oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 16:26:59
Back to Top
HTML Embed Code: