Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Mingbuloq tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Sobirov fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
📃 YANGI QONUN BO‘YICHA SEMINAR

🌏 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini  Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi tomonidan Uchqo’rg’on, Norin va Uychi tumani tizimdagi mas’ul tashkilotlar xodimlarga tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.
🖥 Unda Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi tomonidan O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bo'yicha tegishli ma‘lumotlar asosida taqdimot o'tkazdi.
  Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga O‘RQ-937-sonli Qonun yuzasidan aniq javoblar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Namangan shahar davlat xizmatlari markazi direktori N.Isomiddinov fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Brend o‘zi nima?

Batafsil javob 📎 videoda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kriptovalyuta intellektual mulk obyektimi?

Batafsil 👉 videorolikda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi hamkorligida “Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik Kengashlari faoliyatini tashkil etishni jamiyat rivojlanishiga taʼsiri” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatini oʻtkazishdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun mohiyatini yetkazish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrni, ularning davlat idoralari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish, Farmon talabidan kelib chiqib davlat organlari, ayniqsa ijro organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini yoʻl qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Davra suhbatida Adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” harakati, viloyatda faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar, davlat idoralari vakillari, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini taʼminlashda jamoatchilik nazoratining oʻrni, nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat idoralari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarining ahamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining rivojlanib borish tendensiyalari va hamkorlik sohasida mavjud jarayonlar haqida fikr bildirdilar.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan, ochiq-oshkora va shaffoflikka asoslangan islohotlar, demokratik jarayonlar natijasida fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va maqomi kuchayib bormoqda.

Shu bilan bir qatorda, davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustida jamoatchilik nazoratining taʼsir doirasi sezilarli ortdi.
Davra suhbatida soha mutaxassislari va ekspertlar demokratik jarayonlarda nodavlat notijorat tashkilotlarning oʻrni, bu boradagi muammolar va ilgʻor tajribalar, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda NNTning oʻrni va jamoatchilik eshituvlarining ahamiyati masalalariga alohida toʻxtaldi.

Maʼruzalarda viloyatdagi 32 ta davlat idoralarida Jamoatchilik Kengashlar tuzilgani, ushbu tashkilotlarning aholi muammolarini bartaraf etish, olib borilayotgan ishlarda holislik va shaffoflikni taʼminlashda ushbu tuzilmalarning oʻrni ijobiy boʻlayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat idoralari oʻrtasida hamkorlikning kuchaytirish, ayniqsa, jamiyatda va aholi oʻrtasida mavjud muammolar yuzasidan Jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishdagi mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish, bunda qonun ustuvorligini taʼminlash masalalari boʻyicha atroflicha fikr-mulohaza almashildi.

Tadbir yakunida Farmon talabidan kelib chiqib davlat organlari huzuridagi jamoatchilik Kengashlari faoliyatini tashkil etish orqali taʼsirchan jamoatchilik nazoratini olib borish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Davra suhbati qizgʻin muhokamalar va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi, unda jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
https://www.tg-me.com/namanganadliya
"INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY KAFOLATLARI"

Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, asoslarida oʻz ifodasini topgan.
Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”.

K.Xomidov Chust tumanlararo fuqarolik sudining sudyasi.
#Adliyadan_javob

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish asoslari qanday?

— Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) quyidagi asoslarga koʻra muayyan muddatga toʻxtatib turiladi:
▪️vakolatli organning tashabbusiga binoan;
▪️xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi ish sudda koʻrib chiqilganda, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonuni 41-moddasi.
__


Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish asoslari qanday?

— Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari):
▪️xabardor qiluvchi tomonidan oʻz faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisida vakolatli organga yuborgan xabarnomaga;
▪️ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga asosan tugatiladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonuni 44-moddasi.


Sardor Ibragimov, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
#Adliya_xabari

Ustozlarga ehtirom ko'rsatildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan notaruslar tomonidan adliya tizimida faoliyat olib borib, hozirda qarilik gashtini surayotgan Xakimjon Holiqov, Zuhraxon Inayatova hamda Dilbar Tojiddinovlar holidan xabar olinib, ularni bayram bilan muborakbod etildi.

Bunday tadbirlar tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 00:02:09
Back to Top
HTML Embed Code: