Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Ijro intizomi boʻyicha seminar tashkil etildi

Adliya boshqarmasi majlislar zalida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ijro intizomiga masʻul xodimlari uchun oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Semanar Adliya vazirligi hamda Hisob palatasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilib, semanardaijro.gov.uz” ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, semanar ishtirokchilarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish borasidagi savollariga masʼullar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Adliya vazirligi taqdimnomalari asosida 4 ming nafarga yaqin shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi

Qonuniylikni ta’minlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish va huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish yo‘nalishlarida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/599046
#Adliya_hudud

Uchqo'rg'onda mehnat yarmarkasi o'tkazildi.


Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-sektor hududidagi Yoshlik mahallasida joylashgan 1-son kasb hunar maktabida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda Oila va xotin qizlar bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlarining navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasi davomida bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida hamda ishtirokchilarning qiziqqan kasblar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati, ish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 14:24:37
Back to Top
HTML Embed Code: