Telegram Web Link
#Adliya_xabari
Yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi

🔰 To'raqo'rg'on tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan Bog'ishamol MFYda navbatdagi sayyor qabul o'tkazilib aholini qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib hal qilish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

🗓Sayyor qabul yakunida PF 80 ijrosi yuzasidan 35 ta xonadonda uyma uy yurgan holda 8 ta fuqaroga og'zaki tushuntirish berildi va 6 ta murojaat qayd qilindi.

💡Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatilib muqobil energya va tejamkor qurilmalardan foydalanishga targ'ib qilindi.
#Adliya_xabari

🔰 Коsonsoy tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Bahoriston” MFYda navbatdagi sayyor qabul o'tkazilib aholini qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib hal qilish uchun ish yurituvga qabul qilindi.


🗓Sayyor qabul yakunida PF 80 ijrosi yuzasidan 20 dan ortiq xonadonda uyma uy yurgan holda fuqaroga og'zaki tushuntirish berildi va 8 ta murojaat mahalla.adliya.uz elktron platformasi orqali bo’lim ish yurituviga olindi.
#Adliya_xabari

✍️ Yoshlar uchun sayyor qabul: Namangan shahri


Ayni vaqtda yoshlarga oid davlat siyosatining joylardagi ijrosiga alohida amamiyat qaratilmoqda. Aynan Adliya boʻlimlari tomonidan tashkil etiladigan haftalik qabullarning navbatdagisi yoshlar uchun boʻldi.

Namangan shahar adliya boʻlimi tomonidan Namangan shahar "Taraqqiyot" MFY binosida hamda 24-sonli umumtaʻlim maktabida otaliqqa olingan yoshlar uchun sayyor qabul va uchrashuv oʻtkazildi. Sayyor qabulda yoshlarning turli masalalardagi muammolari tinglandi va huquqiy tushuntirishlar berildi. 1 nafar yoshning murojaati boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 24-sonli umumtaʻlim maktabida otaliqqa olingan yoshlar bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va siyosiy jarayonlar haqida suhbat tashkil etilib, yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Bugun 25-sentyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Namangan viloyati vakilligi tashabbusi bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi bilan xamkorlikda viloyatda faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarning xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda taʼsis xujjatlari va mehnat qonunchiligi yuzasidan sohada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 16:29:07
Back to Top
HTML Embed Code: