Telegram Web Link
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
XALQARO BAHOLASH PISA PIRLS, TIMSS DASTURLARI VA STEAM STANDARTLARINI O'RGANISH XONASI OCHILDI

🔰Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti va Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro baholash PISA, PIRLS, TIMSS dasturlari va STEAM standartlarini oʻrganish xonasi” tashkil etildi.

♻️Amaliyot xonasini tashkil etilishi oldidan fakultet dekani D.Samatov hamda kafedra mudiri U.Usmonovalar Toshkent shahridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazda boʻlib, bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, pedagog kadrlarni tayyorlashda xalqaro baholash dasturlari standartlaridan foydalanib, dars jarayonlarini tashkil etish boʻyicha tajriba almashishdilar.

Batafsil: www.anddupi.uz

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro tadqiqotlar
#PhD
Ayni paytda Germaniyalik vatandoshimiz Matkarimov Akramjon Muxtorovich “PISA xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusida 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida bo'lib o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, A.Matkarimov so'nggi yillarda Milliy markaz bilan yaqindan hamkorlik qilib, tayanch maktablar jamoalari uchun o'quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha seminarlarda ma'ruza va taqdimotlar bilan qatnashgan.

Vatandoshimizga ilmiy va ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Qoraqalpogʻistonda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh muassasalarda taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda pedagoglar, taʼlim tizimi mutasaddilari bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida joriy yilning 27-iyun kuni Qoraqalpoq davlat universitetida “COVID-19» pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4338

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Xorazmda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Respublikamiz hududlarida “COVID-19” pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu kabi seminarlar joriy yilning 28-iyun kuni Xorazm viloyatida ham boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4340

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Xalqaro_tadqiqotlar

Xorazmda “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va pandemiyaning taʼlimga taʼsiri” mavzusida seminar tashkil etildi

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh muassasalarda taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda pedagoglar, taʼlim tizimi mutasaddilari bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Xorazm viloyatida boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida bugun, 29-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida Urganch shahridagi 30-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va pandemiyaning taʼlimga taʼsiri” mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4342

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
🔹Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti boshqaruv kengashining 11-uchrashuvida ishtirok etadi.

🤝 Ayni kunlarda Ta’lim inspeksiyasi delegatsiyasi Fransiyaning Parij shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi.

📜 Safar davomida, TALIS boshqaruv kengashi uchrashuvida ishtirok etish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Fransiya Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotni baholash oliy kengashi (Hceres), Ta’lim inspeksiyasi faoliyati bilan tanishish nazarda tutilgan.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2024/09/30 02:34:11
Back to Top
HTML Embed Code: