Telegram Web Link
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси делегацияси амалий ташриф билан Франциянинг Париж шаҳрида бўлиб турибди.

🤝Таълим инспекцияси делегацияси ва Олий таълим ва илмий тадқиқотни баҳолаш олий кенгаши (High council for evaluation of Research and Higher education – Hceres) ўртасида 2022 йил 5 июль куни учрашув ташкил этилди.

💻Учрашувда Таълим инспекциясидан Халқаро алоқалар бўлими бошлиғи, Инспекция ҳузуридаги Миллий марказ директори, Ўзбекистоннинг Франциядаги Элчиҳонаси атташеси, Агентлик томонидан Европа ва Халқаро алоқалар департаменти лойиҳалар раҳбари иштирок этди.

Учрашув давомида Таълим инспекцияси ва Агентлик фаолиятига доир масалалар юзасидан маълумотлар ва фикрлар алмашилди.

Агентлик ENQA тармоғининг тўлиқ аъзоси бўлиб, ташкилотнинг фаолияти EQAR томонидан аккредитацияланган.

Унинг фаолият олиб бориш усули баҳоланаётган таълим муассасаси билан ҳамкорлик қилиш ва ушбу муассасанинг ривожланиб боришига ёрдам беришга асосланади.

👉 https://www.tg-me.com/milliymarkaz
Assalomu alaykum!

Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, unda munosib ishtirok etishda hissa qoʻshgan, qoʻllab-quvvatlagan barcha ta’lim tizimi xodimlari, ustozlar hamda ushbu kanal obunachilarini hayit bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

Hurmat bilan,
Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi jamoasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 ISHGA TAKLIF ETILADI!

🖥 Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadiqoqtlarni amalga oshirish milliy markazi quyidagi vakant lavozimlari uchun munosib nomzodlarni ishga taklif etadi.

📌 Mavjud vakant lavozimlar:

1. Nazorat-sinov materiallarini tayyorlash bo'limi (tabiiy fanlar bo'yicha) bosh mutaxassisi
2. Ilg'or xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo'limi bosh mutaxassisi

✒️ Quyida berilgan havolalar orqali o'zingizni munosib deb bilgan lavozimning malaka tavsiflari bilan tanishib, so'rovnomani to'ldirgan holda "yuborish" tugmasini bosing.👇

👉 Nazorat-sinov materiallarini tayyorlash bo'limi (tabiiy fanlar bo'yicha) bosh mutaxassisi

👉 Ilg'or xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo'limi bosh mutaxassisi

🗂 Nomzodingizni ko'rsatish uchun 2022-yil 13-avgustgacha so'rovnomani to'ldirishingiz so'raladi.

Nomzodlar tegishli bilimi, mantiqiy fikrlashi, chet tilini bilishini sinashga oid test hamda suhbat asosida saralab olinishi mumkin.

http://www.tg-me.com/milliymarkaz
Google hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor"
© Andreas Shlyaher.

"Avvallari biz ta’limni qancha o‘quvchi o‘qiyotgani, qancha pul sarflayotganimizga qarab solishtirardik. Ammo, o‘quvchilar nimani biladilar va ular bilganlari bilan nima qilishlari mumkinligi muhimroqdir.

Ta'limni yaxshilashga buyurtma berish biz o‘ylaganchalik oson emas. Rivojlanish sinfda sodir bo'ladi. Bu haqiqatan ham hammani jarayonga jalb qilish lozimligini anglatadi. Bu esa - ta'limni butun jamiyat loyihasiga aylantirish demakdir. Jonkuyar o'qituvchilar, salohiyatli liderlar va birgalikda ishlashga tayyor ota-onalarni talab etadi.

Bugungi kunda yoshlar bilimlarni Google yoki boshqa platformalardan qidirmoqda
va hech kim ularga nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini aytmaydi.

Bugungi kunda savodxonlik endi faqat bilim olishdan iborat emas. Tabiiy fanlarni misol keltiradigan bo'lsak, avvallari tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya haqidagi bilimlar edi. Bugungi dolzarb masala - siz olim kabi fikrlay olasizmi? Tajribani loyihalashtira olasizmi? Ilmiy tadqiqot o‘tkazish mumkin bo'lgan savollarni bir-biridan, unchalik farq qilmaydigan savollardan ajrata olasizmi?

Zamonaviy dunyo endi sizni faqat bilimingiz uchun mukofotlamaydi. Google hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor"
© Andreas Shlyaher.

Bu haqida PISA xalqaro dasturi asoschisi Andreas Shlyaherning "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Mazkur nutq pedagoglar jamoasi uchun foydali bo'ladi degan niyatda Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazda o'zbek tiliga o'girildi (1-qism).

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
1-том.pdf
6.8 MB
📢 Хабарингиз бор, жорий йилнинг 11-12 апрель кунлари Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан тегишли вазирлик ва идоралар, халқаро ва хорижий ташкилотлар билан ҳамкорликда “Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг Янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференция ташкил этилган эди.

Ушбу конференцияга халқаро ва хорижий ташкилотлар экспертлари, маҳаллий вазирлик, идора ва ташкилотлар ходимлари, олий таълим муассасалари профессор ўқитувчилари, умумтаълим мактаблари педагоглари, ёш олимлар, таянч докторантлар ҳамда мустақил изланувчилар, таълим тизими бошқарув органлари вакиллари томонидан юборилган мақолалар тўпламининг 1-томи эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2-том.pdf
5 MB
📢 “Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг Янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги конференцияга юборилган мақолалар тўпламининг 2-томи эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
"Ta'limdagi mushkul vazifalardan biri - iqtidorli o‘qituvchilarni eng muammoli sinflarga va eng yaxshi rahbarlarini eng nochor maktablarga jalb qilishdir."
© Andreas Shlyaher.

Dunyodagi eng ilg'or ta'lim tizimlariga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, ular aynan shunday o'zgarishlarni amalga oshirgan.
Agarda O‘zbekiston ta'limga ko‘proq investitsiya kiritsa yaxshi natijaga erishishi mumkin.

Bu haqida PISA xalqaro dasturi asoschisi Andreas Shlyaherning "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Mazkur nutq pedagoglar jamoasi uchun foydali bo'ladi degan niyatda Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazda o'zbek tiliga o'girildi (2-qism).

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Nodavlat_tashkilotlar

⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Bugun 27-avgust kuni soat 16:00 dan 17:00 ga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari boʻyicha Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌
Muloqot davomida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridagi qabul jarayonlari hamda bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

❗️Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yuborishingiz yoki inspeksiya matbuot kotibi kanalida ushbu e’longa izoh sifatida yozib qoldirishingiz mumkin.

Savollarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.

📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://www.tg-me.com/uztdi
♻️TALIS 2024 tadqiqoti doirasidagi xalqaro uchrashuv va treningda O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

Besh kunlik trening davomida xalqaro tadqiqot doirasida amalga oshirilgan ishlar, ishtirok etuvchi mamlakatlarda maktablar va o‘qituvchilarni tanlab olish, tegishli ma’lumotlarni shakllantirish, tadqiqot materiallarini tarjima qilish va moslashtirish, tadqiqotni milliy darajada muvaffaqiyatli tashkil etish, jarayonlar sifatini kuzatish va monitoring qilib borish kabi masalalar bo‘yicha taqdimotlar qilinishi rejalashtirilgan.👇

❇️ Batafsil: https://markaz.tdi.uz/post/75

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
"YANGI O'ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ"

Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi jamoasi aziz bayram – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Fursatdan foydalanib, qadrdon ustozlar, ta’lim tizimi rivojida xizmat qilayotgan yurtdoshlarga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz!

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
⚡️ Ayni paytda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Finlyandiyadan tashrif buyurgan ta’lim sohasi ekspertlari ishtirokida seminar oʻtkazilmoqda.

Unda Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mutasaddilari, amaliyotchi o‘qituvchilar, ekspertlar hamda Finlyandiyada tashrif buyurgan 10 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida pedagoglar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, taʼlim sifatini baholash, taʼlimni boshqarish, oliy taʼlim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilinadi.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Узбекистан – Финляндия: взаимодействие в сфере образования
#6sept #uzbekiston24

5-9 сентября текущего года в Узбекистане пребывает с визитом финская делегация в составе представителей сферы образования и ряда руководителей компаний.

В рамках данного визита 5 сентября в Государственной инспекции по надзору за качеством образования состоялась встреча с членами делегации во главе с директором Национального агентства образования Финляндии Саму Сейтсало.

📹Смотреть в Youtube (HD): https://youtu.be/wIUuSQgiIi4

Подписаться на канал Инспекции по образованию👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ўзбекистон-Финляндия: таълим соҳасидаги ҳамкорлик
#6sept #uzbekiston24

Жорий йилнинг 5-9 сентябрь кунлари Финляндиянинг таълим соҳаси вакиллари ва бир қатор компания раҳбарларидан иборат делегацияси Ўзбекистонда бўлиб турибди.

Мазкур ташриф доирасида жорий йилнинг 5 сентябрь куни Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясида Финляндия Миллий таълим агентлиги директори Саму Сейтсало бошчилигидаги делегацияси аъзолари билан учрашув бўлиб ўтди.

📹Youtube(HD)да кўриш: https://youtu.be/5yB5wXXJUKM

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://www.tg-me.com/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24I Члены финской делегации ознакомились с деятельностью школы

📹Смотреть в Youtube (HD): https://youtu.be/upryQVQHL2E

Подписаться на канал Инспекции по образованию👇
https://www.tg-me.com/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 I Финляндия делегацияси аъзолари мактаб фаолияти билан танишди

📹Youtube(HD)да кўриш:
https://youtu.be/oNo9RCMvEu8

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://www.tg-me.com/uztdi
🖥 Onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, tajribali mutaxassis Germaniyaning Bremen Universiteti, Texnika va ta'lim instituti kasb-hunar va mehnat bozori loyihalari koordinatori, Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Matkarimov Akramjon Muxtorovich ishtirokidagi onlayn vebinarga taklif etamiz.

👉Taqdimot mavzusi:👇

“O‘quvchilarda tadqiqotchilik va kompleks tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish”

🗓
O'tkazish kuni:
2022-yil, 9-sentabr

Boshlanish vaqti: 14:30

Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoringi bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3RqiCro

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2024/09/30 04:22:24
Back to Top
HTML Embed Code: