Telegram Web Link
📖 Samarqand viloyatidagi maktab jamoalari uchun tashkil etilgan seminar doirasida Milliy markaz tomonidan nashr etilgan Axborotnomaning 4-soni tanishtirildi.

Mazkur Axborotnoma 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholash va rivojlantirishga mo'ljallangan. Unda matematika va tabiiy fanlardan o'quvchilarning bilish va savodxonligini baholash doiralari, asosiy tushunchalar, TIMSS xalqaro dasturi haqida ma'lumot, shuningdek, bilish, qo'llash va mulohaza yuritish kognitiv sohalariga oid topshiriqlar o'rin olgan.

📚
Axborotnoma Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi va tayanch maktablariga yetkazib berildi.

📦 Avvalroq Sirdaryo va Jizzax jamoalariga yetkazib berilgan edi.

📌 Eslatib o'tamiz, ushbu qo'llanma 500 nusxada chop etilib, Respublikadagi maqsadli ta'lim muassasalariga beg'araz va manzilli yetkazib berilmoqda.

📍Milliy markazning rasmiy sahifasiga ulanish
http://www.tg-me.com/milliymar
🖥 Ayni paytda Samarqand viloyatida REDS xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi mavzularida seminar davom etmoqda.

Seminarda COVID-19 pandemiyasi davrida dunyo bo'ylab o'qitish va ta'lim olish jarayonlarining o'zgarib ketganligi, uning o'qituvchilar va o'quvchilarga ko'rsatgan ta'siri haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar yetkazib berildi.

Shuningdek, pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishning dolzarb masalalari, unda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlarining vazifalari haqida batafsil taqdimotlar o'tkazildi.

Seminar shunisi bilan ahamiyatliki, ikki kun davomida 3 bosqichda o'tkazilgan seminarda Samarqand viloyatidagi barcha maktablar direktorlarining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosarlari ishtirok etdi.

🤝 Ushbu seminar Ta'lim inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy bo'limi hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Navoiyda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Ayni kunlarda Respublikamiz hududlarida “COVID-19» pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu kabi seminarlar joriy yilning 20-iyun kuni Navoiy viloyatida ham boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4883

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Buxoroda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Ayni kunlarda Respublikamiz hududlarida “COVID-19» pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu kabi seminarlar joriy yilning 21-iyun kuni Buxoro viloyatida ham boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4334

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ Айни пайтда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясида жорий йилнинг 28-30 июнь кунлари ЮНEСКОнинг Париж шаҳридаги бош офисида таълим вазирлари иштирокида тайёргарлик учрашув олдидан барча манфаатдор томонлар иштирокида миллий маслаҳатлашув бўлиб ўтмоқда.

Тадбир давомида қуйидаги масалалар бўйича амалга оширилган ишлар ва истиқболдаги вазифалар муҳокама қилинади:

🔹 Инклюзив, адолатли, хавфсиз ва соғлом таълим ташкилотлари;
🔹 Ўқитувчилар, ўқитувчи мақеи ва ўқитувчилик касби;
🔹 Ҳаётий, иш ва барқарор ривожланиш учун зарур билим ва кўникмалар;
🔹 Таълимда рақамли трансформация;
🔹 Таълимни молиялаштириш
.

📹 Жараёнларни ушбу ҳавола орқали реал вақт режимида тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин: https://unesco-org.zoom.us/j/86403035238

Meeting ID: 864 0303 5238
Passcode: 777888

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://www.tg-me.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
💬 "COVID-19 туфайли Ўзбекистонда 7 миллиондан ортиқ ўқувчи-талабалар таълимда узилишларга дуч келди. Масофавий таълим олиш учун имкониятларнинг чекланганлиги ва ундаги камчиликлар таълим инқирозини янада чуқурлаштирди.

Албатта, таълимдаги ислоҳотлар натижаси камида 5-10 йилдан сўнг маълум бўлади. Шунга қарамай, ҳозирданоқ ислоҳотлар натижаси кўзга кўринмоқда.

Таълим сифатини ошириш йўлидаги муаммоларга самарали ечимлар топишда барчани яқиндан ҳамкорликка чорлаб қоламан ва бу борада Сизларнинг доимий қўллаб-қувватлашингиз, кўрсатаётган кўп томонлама ёрдамларингизни юксак қадрлаймиз!
" – Таълим инспекцияси бошлиғи Улуғбек Ташкенбаев.

Тадбирни реал вақт режимида тўғридан-тўғри кузатиб бориш учун ҳавола: https://www.tg-me.com/uztdi?livestream

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://www.tg-me.com/uztdi
2024/09/30 00:42:07
Back to Top
HTML Embed Code: