This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi. Ramazon oyida qilingan ibodatlarni Alloh taolo dargohida qabul aylasin. Xonadoningizni quvonch-u shodlik tark etmasin.
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi. Ramazon oyida qilingan ibodatlarni Alloh taolo dargohida qabul aylasin. Xonadoningizni quvonch-u shodlik tark etmasin.
Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz
Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjid eshigi oldida shaytonni ko‘rib qoldilar
va: "Ey iblis! Bu yerda nima qilyapsan?" dedilar. Shayton:
"Men masjidga kirib, namozxonning
namozini buzishni xohlayapman, lekin kirolmay turibman. Sababi masjidda uxlab yotgan kishidan qo‘rqyapman", dedi.
Shunda Muhammad sollallohu alayhi vasallam ajablanib so‘radilar: "Ey shayton! Ibodatdagi kishidan qo‘rqmasdan, g‘aflatdagi kishidan qo‘rqmoqdamisan?" Shayton aytdi: "Namozxon johil kishi, uning ishini buzish oson, lekin uyqudagi bu odam olimdir.
Men agar bu johilning namozini buzsam, u olimni tezda uyg‘otib, namozini qanday tuzatishni so‘rashidan qo‘rqmoqdaman". Mana shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Olim
kishining uyqusi johil odamning ibodatidan afzaldir", deganlar ("Minhajul mutaallimiyn").
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
Kim ilm egallashni xohlasa, unga besh xislat
kerak bo‘ladi:
1. Kechqurun hech bo‘lmasa, ikki rak’at nafl namoz o‘qishi.
2. Doim tahoratda yurishi.
3. Zohiri va botinida taqvo bo‘lishi.
4. Taomni ibodatga quvvat uchungina yeyishi.
5. Misvok ishlatishi.
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim olim oldida ikki soat o‘tirsa yoki birga taomlansa yoki birga gaplashsa va yo u bilan birga ikki qadam yursa, Alloh unga ikki jannat ato qiladi. Har bir jannatning kengligi bu dunyoga ikki barobar keladi" ("Mishkotul anvar").
Hazrati Ali (r.a.) Payg‘ambarimizdan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilganlar: "Men Jabroildan olimlar haqida so‘radim, u zot aytdilarki: "Ular dunyo va oxiratda ummatlaringizning chirog‘idurlar. Ularni hurmat-ehtirom qilmay, ularga bug‘zi adovat va g‘azabnok bo‘lganlarga vayl
bo‘lsin" ("Kavoshiy").
Payg‘ambarimizdan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilinadi: "Kim jamoat bilan namoz o‘qib, ilm halqasiga qo‘shilsa, Alloh kalomini tinglasa, so‘ngra unga amal qilsa, Alloh unga olti narsa ato etadi:
1. Halol rizq.
2. Qabr azobidan najot topish.
3. Namoi amolini o‘ng tomonidan olish.
4. Sirot ko‘prigidan chaqmoqday o‘tish.
5. Mahshar kuni payg‘ambarlar bilan birga bo‘lish.
6. Alloh taolo uning uchun jannatda qizil yoqutdan bo‘lgan qirq eshikli bino qurdiradi" ("Zubdah").
Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Ulamolarning darajasi mo‘minlarning darajasidan yetti yuz daraja balanddir. Har darajaning o‘rtasida besh yuz yillik masofa bor".
Aytilishicha, "Ilm amaldan besh jihatdan afzaldir.
1. Ilm amalsiz ham bo‘lishi mumkin. Amal esa,
ilmsiz bo‘lmaydi.
2. Ilm amalsiz ham foyda berishi mumkin. Lekin amal ilmsiz foyda bermaydi.
3. Amal lozim narsa, ilm esa, chiroqday nurli narsa.
4. Ilm payg‘ambarlarning maqomidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqda bunday deganlar: "Ummatimning olimlari Bani Isroil payg‘ambarlari kabidirlar".
5. Ilm – Allohning sifati, amal esa, bandalarning. Allohning sifati, albatta, bandalarning sifatidan ustundir" ("Tafsirut taysir").
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Sulaymon (a.s.)ga ilm va podsholikdan birini tanlash ixtiyori berildi. U zot ilmni ixtiyor qildilar. Shundan so‘ng u kishiga ilm ham, podsholik ham ato qilindi".
Ba’zi donolarning aytishicha, ilm uch harf bo‘lib, "ayn" – illiyyindan, "lom" – lutfdan, "mim" esa mulkdan olingan, deydilar. "Ayn" o‘z sohibini illiyyinga (eng baland maqomga) olib chiqadi. "Lom" uni latif-muloyim qiladi. "Mim" esa, uni insonlar orasida ulug‘, boy qiladi".
Ilmning ulug‘ligiga Alloh taolo Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga: "Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qil", deb ayting", degan xitobi ham dalolat qiladi. Haqiqatan, Alloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga barcha narsaning ilmini ato qildi, ilmdan boshqa narsalarda ziyodalik so‘rashni buyurmadi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Dunyo va oxiratning yaxshiligi-yu sharafi ilm bilan bo‘ladi. Bitta muttaqqiy olim Allohning nazdida mingta shahiddan afzaldir".
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Arsh ostida bir shahar yaratib, uning darvozasiga: "Kim ulamolarni ziyorat qilsa, u go‘yo payg‘ambarlarni ziyorat qilibdi", deb yozdirib qo‘ygan". Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Olimlar bilan ozgina vaqt o‘tirish Alloh nazdida ming yillik nafl ibodatdan mahbubroq", deganlar. Va yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlarki:
"Alloh taolo Arsh soyasida bu dunyoga o‘n barobar keladigan bir shahar yaratdi. U yerda marjon, yoqut, dur va zabarjatdan imoratlar bo‘lib, daraxtlari bordir. Qiyomat bo‘lganda uning barglari ochiladi. Va Alloh tarafidan bir jarchi nido qilib: "Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qib, ilm halqasida qatnashganlar bu daraxt soyasiga kelsinlar", deydi.
Shunda ular daraxt soyasiga kelib o‘tiradilar. Ularning oldlariga nurdan bo‘lgan dasturxon yoziladi. Bu dasturxonda ko‘zlar quvonadigan va nafs xohlaydigan narsalar muhayyodir. Daraxt ostidagilarga: "Hammalaring dasturxonga marhamat qilinglar!" deyiladi" ("Mukoshafatul asror").
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim bir olimning o‘lganidan xafa bo‘lsa, Alloh taolo unga mingta olim va mingta shahid savobini yozadi". Va yana aytdilar: "Olimning o‘limi olamning o‘limidir".
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yaqin zamonda mening ummatlarim olim va
faqihlardan uzoqlashadilar. So‘ngra Alloh ularni uch baloga giriftor qiladi:
1. Kasblaridan baraka ko‘tariladi.
2. Zolim sulton ularga podshoh bo‘ladi.
3. Ular dunyodan iymonsiz holda ketadilar" ("Mukoshafatul asror").
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida to‘rt nafar kishi hisobkitobni ko‘rmasdan jannat eshigi oldiga keltiriladi.
1. Ilmiga amal qilgan olim.
2. Befasod haj qilgan hoji.
3. Jang maydonida o‘ldirilgan shahid.
4. Halol mol topishni kasb qilib, Alloh yo‘lida riyosiz infoq-ehson qilgan saxiy.
Bular jannatga qaysi birlari avval kirishi haqida tortishib qoladi. Shunda Jabroil (a.s.) ularning o‘rtasida hukm chiqarish uchun yetib keladilar. Birinchi bo‘lib shahiddan dunyoda nima amal qilganini va nima uchun birinchi bo‘lib jannatga kirishni xohlayotgani haqida so‘raydilar. Shahid: "Men jang maydonida Alloh roziligi uchun o‘ldirildim", deydi. Jabroil (a.s.): "Shahidning savobini kimdan eshitgansan?" deb so‘raydilar.
Shahid: "Ulamolardan", deb javob beradi. Shunda Jabroil (a.s.): "U holda mualliming oldida odob saqla!" deb tanbeh beradilar. So‘ngra hoji bilan ham shunday savol-javob bo‘ladi. Va nihoyat saxiy bilan ham shunday savol-javob qiladilar. Shunda olim: "Ey Rabbim! Men bu ilmimga saxiyning saxovati va ehsoni bilan erishdim-ku?" deydi. Shunda Alloh taolo: "Ey jannat (qo‘riqchisi), eshigingni och! Bu olim to‘g‘ri gapirdi. Shuning uchun avval saxiy, so‘ngra qolgan uchovlon kirsinlar!" deb amr qiladi ("Mukoshatul-anvar").
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Olimning obiddan ulug‘ligi mening sizlarning eng kichiklaringizdan farqim kabidir". Zero, Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) vahiy qilib: "Men olimman, olim bandamni yaxshi ko‘raman", dedi.
Hasan (r.a.): "Ulamolarning siyohi bilan shahidlar qoni Qiyomat kunida o‘lchanadi. Shunda ulamolarning siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi", dedilar.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Bu dunyoda olim bo‘l yoki mutaalim (ilm o‘rganuvchi) bo‘l yoki ularni tinglovchi bo‘l! To‘rtinchi kishi (ya’ni, ilm olmaydigan, ularni eshitmaydigan) bo‘lma, halok bo‘lasan", deganlar.
Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amalning afzali qaysi?" deb so‘rashdi. Shunda ul zot: "Oxirat ilmi", dedilar. Chunki ozgina amalning, agar u ilm bilan qilinagan bo‘lsa, foydasi bor.
Johilning ko‘p amalidan esa foyda yo‘qdir. Ma’lum bo‘lmoqdaki, ilm ibodatdan sharafliroqdir. Lekin ibodat ham banda uchun zarur. Bordi-yu aksincha bo‘lsa, bandaning amalsiz ilmi oddiy sochilgan tuproq kabi bo‘ladi.
Yana aytganlarki: "Haqiqatdan ham, Alloh va maloikalari va yeru osmon ahli, hatto inidagi chumolilar, dengizdagi baliqlar ham insonlarning yaxshi muallimiga salovot aytadilar" ("Zubdatul voiziyn").
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh Odam bolasini sakkiz xislat bilan yaratdi. Ulardan to‘rttasi jannat ahli uchundir:
1. Muloyim, ochiq chehralik.
2. Rostgo‘ylik.
3. Qo‘rquvchi qalb.
4. Saxiylik.
To‘rtta xislat do‘zax ahli uchundir:
1. Qovoq soluvchi yuz.
2. Bema’ni, behayo gaplar so‘zlovchi til.
3. Qotgan qalb.
4. Baxillik, ziqnalik.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: UCh toifa insondan hazar qilinglar:
1. G‘ofil ulamolardan.
2. Mutakabbir faqirlardan.
3. Johil so‘filardan.
Va yana aytdilar: Dunyoning tik turishi to‘rt narsa bilandir:
1. Ulamolarning ilmi.
2. Podshohlarning odilligi.
3. Boylarning saxovati.
4. Faqirlarning duosi.
Agar ulamolarning ilmi bo‘lmasa, johillar halok bo‘ladi. Boylarning saxovati bo‘lmasa, faqirlar halok bo‘ladi. Faqirlarning duosi bo‘lmasa, boylar halok bo‘ladi. Amirlarning adolati bo‘lmasa, insonlar bir-birlarini hayvonlar kabi yeydi. Yana aytganlarki: "Kim tolibi ilmga bir dirham ehson qilsa, u go‘yo Uhud tog‘icha qizil tilloni Alloh yo‘lida sadaqa qilgan bo‘ladi".
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qisa, Alloh o‘sha bandani munofiqlikdan xalos qiladi". Yana aytdilarki: "Kim bomdodni o‘qiganidan so‘ng zikr uchun yana bir oz o‘tirsa, Alloh unga Firdavs jannatida tillo va kumushdan bo‘lgan yetmishta qasr ato qiladi". Yana aytdilar: "Namoz eshigingiz oldidan oqib o‘tuvchi anhorga o‘xshaydi. Sizlar anhorda besh marta yuvinsalaringiz, sizlarda kir qoladimi?" Sahobalar: "Albatta, yo‘q", deyishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Namoz ham suv kabi gunohlarni yuvadi", dedilar ("Daqoiqul
axbor").
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma
🫥 SHAVVOL OYIDA OLTI KUN RO‘ZA TUTISHNING FAZILATI HAQIDA
"Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biror yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas" (An’om surasi, 160-oyat).
Nabiydan sollallohu alayhi vasallam rivoyat: "Kimki menga juma kunida yuz marta salovot aytsa, qiyomat kunida u shunday nur bilan keladiki, agar o‘sha nur mahshargohdagi xaloyiq orasida taqsimlansa, ularning hammasiga yetadi". Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga bir marta salovot aytsa, amal daftarida
zarracha gunohi qolmas, o‘chirilur" ("Zubdatul vo’iziyn").
Imom Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim ramazon ro‘zasini tutib, ortidan shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgan savobini oladi". Bu gap Alloh taoloning: "Kim biron chiroyli ish qilsa, unga o‘n barobar qilib qaytariladi", degan so‘zining ma’nosidir.
Nabiyning sollallohu alayhi vasallam: "Kim ramazon ro‘zasini tutib, keyin shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, u yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘lur", deganlari shu ma’noda. Ba’zilar bu ro‘zani makruh, deyishgan, boisi farzga ziyoda qilish bordir, bu esa "ahli kitoblar"ga o‘xshashlikdir, deb aytishgan. Biroq bu gap xatodir. Chunki o‘rtada bayram kuni bor. Shu bois yuqoridagi o‘xshashlikka o‘rin yo‘q ("Durratul vo’iziyn").
Nabiydan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilindi: "Kim shavvolning olti kunida ro‘za tutsa, Alloh taolo unga o‘zi yaratgan har bir maxluq adadicha yaxshilik yozgay va uning gunohlarini o‘chirib, darajasini ko‘targay".
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Albatta, jasadning olti yuz a’zosi bor. A’zolaridan har birida mingta og‘iz bor. Faqat qalbdagina og‘iz yo‘q, chunki u ma’rifat o‘rnidir. Kimki bu olti kun ro‘zasini tutsa, chanqoq odam muzdek suvni ichgani kabi Alloh taolo unga o‘lim mashaqqatlarini oson qilib qo‘yadi" (Durratul vo’iziyn).
Demak, bu amallarning qabul qilinishi alomati banda ramazondan keyin ham toatu ibodatlarda bardavom bo‘lishdir ("Hayotul qulub").
➡️ "Durratun nosihiyn" kitobidan. Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.
@Mezanauz
"Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biror yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas" (An’om surasi, 160-oyat).
Nabiydan sollallohu alayhi vasallam rivoyat: "Kimki menga juma kunida yuz marta salovot aytsa, qiyomat kunida u shunday nur bilan keladiki, agar o‘sha nur mahshargohdagi xaloyiq orasida taqsimlansa, ularning hammasiga yetadi". Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim menga bir marta salovot aytsa, amal daftarida
zarracha gunohi qolmas, o‘chirilur" ("Zubdatul vo’iziyn").
Imom Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim ramazon ro‘zasini tutib, ortidan shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgan savobini oladi". Bu gap Alloh taoloning: "Kim biron chiroyli ish qilsa, unga o‘n barobar qilib qaytariladi", degan so‘zining ma’nosidir.
Nabiyning sollallohu alayhi vasallam: "Kim ramazon ro‘zasini tutib, keyin shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, u yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘lur", deganlari shu ma’noda. Ba’zilar bu ro‘zani makruh, deyishgan, boisi farzga ziyoda qilish bordir, bu esa "ahli kitoblar"ga o‘xshashlikdir, deb aytishgan. Biroq bu gap xatodir. Chunki o‘rtada bayram kuni bor. Shu bois yuqoridagi o‘xshashlikka o‘rin yo‘q ("Durratul vo’iziyn").
Nabiydan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilindi: "Kim shavvolning olti kunida ro‘za tutsa, Alloh taolo unga o‘zi yaratgan har bir maxluq adadicha yaxshilik yozgay va uning gunohlarini o‘chirib, darajasini ko‘targay".
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Albatta, jasadning olti yuz a’zosi bor. A’zolaridan har birida mingta og‘iz bor. Faqat qalbdagina og‘iz yo‘q, chunki u ma’rifat o‘rnidir. Kimki bu olti kun ro‘zasini tutsa, chanqoq odam muzdek suvni ichgani kabi Alloh taolo unga o‘lim mashaqqatlarini oson qilib qo‘yadi" (Durratul vo’iziyn).
Demak, bu amallarning qabul qilinishi alomati banda ramazondan keyin ham toatu ibodatlarda bardavom bo‘lishdir ("Hayotul qulub").
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadqiqot: Yaxshi fuqarolarni diniy maktablar tarbiyalaydi, davlat maktablari emas
Arkanzas va Bukingem universitetlari olimlari oʻtkazgan tadqiqotlarda xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekani aniqlandi. Olimlarning fikricha, jamiyatda diniy maktabning mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday maktablar oʻquvchilari siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning huquqlari va fikrlarini xurmat qilishga shayligi, siyosiy, ijtimoiy va xayriya ishlarida faolligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turishi maʻʻlum boʻldi.
Arkanzas universiteti va Bukingem universiteti tadqiqotchilari 16 aprelʻ kuni Taʻʻlim psixologiyasi sharhida “Xususiy taʻʻlimning jamoat maqsadlari: fuqarolik natijalarining (civic outcomes – jamiyatga naf keltiruvchi bilim, koʻnikma va qadriyatlarga ega fuqarolar) metatahlili” tadqiqoti natijalarini taqdim etishdi.
Unda xususiy diniy taʻʻlimning siyosiy bagʻrikenglik, vatanga sodiqlik, bilim va koʻnikmalar darajasi oʻrtasidagi bogʻliqligi ochib berilgan. Monitoring global miqyosda fuqarolik taʻʻlimining ahvoli bilan bogʻliq xavotirlar manzarasida oʻtkazildi.
Mualliflar oʻndan ortiq mamlakatlarda oʻtkazilgan 57 ta tadqiqot natijalarini birlashtirib, maktab taʻʻlimi va toʻrtta asosiy fuqarolik natijasi oʻrtasidagi oʻrtacha munosabatni hisoblab chiqishdi:
– siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning huquqlari va fikrlarini hurmat qilishga tayyorlik, tenglik, inson qadr-qimmati va boshqalarga munosabat;
– siyosiy hayotda ishtirok etish, oʻzini oʻzi boshqarish faoliyatida ishtirok etishga tayyorlikning xulq-atvor koʻrsatkichi;
– fuqarolik bilimi va koʻnikmalari, shu jumladan, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga oid maʻʻlumotlar boʻyicha testlardagi baholar, shuningdek, adolatli saylov natijalarini qabul qilishga tayyorligi;
– jamiyatga foyda keltiradigan faoliyatga jalb qilish koʻrsatkichlari, shu jumladan xayriya xayriyalari va bepul koʻngilli ishlarga qatnashish soatlari soni.
Tadqiqotda maktab iqlimi, irqiy uygʻunlik, maktab intizomi darajasi, maktabdagi zoʻravonlik darajasi va oʻqituvchilar tomonidan berilgan uy vazifalari miqdori koʻrib chiqildi. Natijalar diniy maktablar ushbu toifalarning har birida diniy boʻlmagan maktablardan ustun ekanini koʻrsatdi.
Ulardagi muhit oʻrganish va taʻʻlim olish uchun qulayroqdir: yuqori darajadagi oʻqish va davomat, irqiy uygʻunlik va maktab intizomi. Diniy maktablarda zoʻravonlik va oʻquvchilarning xavfli xatti-harakatlari ham koʻzga tashlanmaydi.
Tadqiqotchilar xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekanligini aniqlashdi. Bolalarning siyosiy bagʻrikengligini, fuqarolik bilim va koʻnikmalari umumtaʻʻlim maktablariga nisbatan 12 foizga yuqori ekani maʻʻlum boʻldi. Ular hech boʻlmaganda qonunga boʻysunadigan va ehtimol, undan yaxshiroq fuqarolarni shakllantiradi.
Arkanzas va Bukingem universitetlari tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, jamiyatda diniy maktabning mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Mualliflarning fikricha, maktab tanlash demokratiyaning qargʻishi emas, barakadir: “Oʻquvchilar Xudo va yurt oʻrtasida tanlov qilishlari shart emas. Ular Xudoga gʻayrat bilan ishonadilar va mamlakatni qoʻllab-quvvatlaydilar».
@Mezanauz
Arkanzas va Bukingem universitetlari olimlari oʻtkazgan tadqiqotlarda xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekani aniqlandi. Olimlarning fikricha, jamiyatda diniy maktabning mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday maktablar oʻquvchilari siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning huquqlari va fikrlarini xurmat qilishga shayligi, siyosiy, ijtimoiy va xayriya ishlarida faolligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turishi maʻʻlum boʻldi.
Arkanzas universiteti va Bukingem universiteti tadqiqotchilari 16 aprelʻ kuni Taʻʻlim psixologiyasi sharhida “Xususiy taʻʻlimning jamoat maqsadlari: fuqarolik natijalarining (civic outcomes – jamiyatga naf keltiruvchi bilim, koʻnikma va qadriyatlarga ega fuqarolar) metatahlili” tadqiqoti natijalarini taqdim etishdi.
Unda xususiy diniy taʻʻlimning siyosiy bagʻrikenglik, vatanga sodiqlik, bilim va koʻnikmalar darajasi oʻrtasidagi bogʻliqligi ochib berilgan. Monitoring global miqyosda fuqarolik taʻʻlimining ahvoli bilan bogʻliq xavotirlar manzarasida oʻtkazildi.
Mualliflar oʻndan ortiq mamlakatlarda oʻtkazilgan 57 ta tadqiqot natijalarini birlashtirib, maktab taʻʻlimi va toʻrtta asosiy fuqarolik natijasi oʻrtasidagi oʻrtacha munosabatni hisoblab chiqishdi:
– siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning huquqlari va fikrlarini hurmat qilishga tayyorlik, tenglik, inson qadr-qimmati va boshqalarga munosabat;
– siyosiy hayotda ishtirok etish, oʻzini oʻzi boshqarish faoliyatida ishtirok etishga tayyorlikning xulq-atvor koʻrsatkichi;
– fuqarolik bilimi va koʻnikmalari, shu jumladan, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga oid maʻʻlumotlar boʻyicha testlardagi baholar, shuningdek, adolatli saylov natijalarini qabul qilishga tayyorligi;
– jamiyatga foyda keltiradigan faoliyatga jalb qilish koʻrsatkichlari, shu jumladan xayriya xayriyalari va bepul koʻngilli ishlarga qatnashish soatlari soni.
Tadqiqotda maktab iqlimi, irqiy uygʻunlik, maktab intizomi darajasi, maktabdagi zoʻravonlik darajasi va oʻqituvchilar tomonidan berilgan uy vazifalari miqdori koʻrib chiqildi. Natijalar diniy maktablar ushbu toifalarning har birida diniy boʻlmagan maktablardan ustun ekanini koʻrsatdi.
Ulardagi muhit oʻrganish va taʻʻlim olish uchun qulayroqdir: yuqori darajadagi oʻqish va davomat, irqiy uygʻunlik va maktab intizomi. Diniy maktablarda zoʻravonlik va oʻquvchilarning xavfli xatti-harakatlari ham koʻzga tashlanmaydi.
Tadqiqotchilar xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekanligini aniqlashdi. Bolalarning siyosiy bagʻrikengligini, fuqarolik bilim va koʻnikmalari umumtaʻʻlim maktablariga nisbatan 12 foizga yuqori ekani maʻʻlum boʻldi. Ular hech boʻlmaganda qonunga boʻysunadigan va ehtimol, undan yaxshiroq fuqarolarni shakllantiradi.
Arkanzas va Bukingem universitetlari tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, jamiyatda diniy maktabning mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Mualliflarning fikricha, maktab tanlash demokratiyaning qargʻishi emas, barakadir: “Oʻquvchilar Xudo va yurt oʻrtasida tanlov qilishlari shart emas. Ular Xudoga gʻayrat bilan ishonadilar va mamlakatni qoʻllab-quvvatlaydilar».
@Mezanauz
"Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta Alloh o‘zlari baxillik qiladigan va o‘zgalarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu karamidan bergan ne’matlarni yashiradigan mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi"
(Niso surasi, 36–37-oyatlar).
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kim menga salovot aytsa, unga maloikalar menga aytgan salovotidek salovot aytadi, bas, xohlasa oz aytsin, xohlasa ko‘p" ("Shifoi sharif").
Aytishlaricha, otaning bolasi ustida o‘nta haqqi bordir. Farzand mana shu o‘nta haqni chiroyli ado qilmog‘i lozim:
1. Ota-onasiga taom berish.
2. Xizmatlarini qilish.
3. Chaqirganlarida "labbay" deb javob berish.
4. Gunoh bo‘lmagan bir ishga buyurganida, itoat etish.
5. Otasi bilan yumshoq ohista gaplashish.
6. Unga kiyim olib berish.
7. Yurganda orqasidan yurish.
8. O‘ziga ravo ko‘rgan narsalarni otasiga ham ravo ko‘rish.
9. O‘ziga ravo ko‘rmagan narsalarni otasiga ham ravo ko‘rmasligi.
10. Duo qilganda otasini ham qo‘shib Allohdan mag‘firat tilash.
Faqihlardan ota-onasi norozi bo‘lib o‘tgan farzand haqida, unda ota-onasini rozi qilish imkoni bormi, deb so‘rashdi "Faqat uch yo‘l bilan bo‘ladi, – dedilar.
1. Solih bo‘lishi darkor.
2. Otaonasining yaqin qarindoshlari bilan bordi-keldi qilishi zarur.
3. Ularning haqlariga har kun duoistig‘for aytishi lozim".
Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Bandaning qalbi to‘g‘ri, mustahkam bo‘lmaguncha, iymoni mustahkam bo‘lmagay, tili mustahkam bo‘lmaguncha, qalbi mustahkam bo‘lmagay. Shuning uchun mo‘min to qo‘shnisi uning ozoridan omonda bo‘lmaguncha jannatga kirmaydi", dedilar.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kim qo‘shnisini hurmat qilsa, unga jannatga kirish vojib bo‘ladi. Kimda-kim o‘zining qo‘shnisiga ozor bersa, uni Alloh va maloikalar va barcha insonlar la’natlaydi" ("Hayotul qulub").
Hikoya: Umar ibn Xattob uylariga mehmon kelsa, o‘rinlaridan turib, mehmonga xizmat qilardilar. U kishidan: "Siz nima uchun mehmon kelganda o‘zingiz xizmat qilasiz?" deb so‘rashdi.U kishi: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam): "Maloikalar mehmonlari bor manzilda tik turadilar, o‘tirmaydilar", degan gaplarini eshitganman. Maloikalar oyoqda tik turishganda men o‘tirishdan hayo qilaman", dedilar.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kishi birodarinikiga mehmon bo‘lib borganida o‘zi bilan ming baraka olib kiradi. Shu mehmon hurmatiga mezbon xonadonini Alloh taolo mag‘firat qiladi, agar uy egalarining gunohlari dengiz ko‘piklaridan, daraxt barglaridan ko‘p bo‘lsa ham" ("Kanzul axbor").
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo aytadi: «Sizlarga Men tarafimdan hidoyat kelganda, kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kuni ko‘r holda tiriltiramiz». U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding. Men ko‘rar edim-ku?!» der. Alloh ayturki: «Shunday. (Sen ko‘rar eding, lekin) senga Bizning oyat-mo‘‘jizalarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilursan». Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmaganlarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa shak-shubhasiz qattiqroq va uzunroqdir» (Toha surasi, 123–127-oyatlar).
Ali ibn Abu Tolibdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Qur’oni karimni o‘qisa va yod olsa, Qur’on halol deganni halol desa, harom deganni harom desa, Alloh uni jannatga kiritadi», deb aytdilar. Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim namozda turib, Qur’onni o‘qisa, har bir harfi uchun yuzta savob oladi. Namozdan tashqarida tahorat bilan o‘qisa, har bir harfiga yigirma beshta savob oladi. Tahoratsiz o‘qisa, o‘ntadan savob oladi», dedilar. Ammo ulamolar tahoratsiz holda Qur’on o‘qishga odatlansa, odobsizlik qilgan bo‘ladi, deganlar.
(Bu yerda Qur’onni yoddan o‘qish nazarda tutilmoqda. Mus'hafni tahoratsiz holda tutib o‘qish esa gunohdir. – Muharrir.)
Muoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edim. «Yo Rasululloh! Bizga bir hadis ayting, biz undan foydalanaylik», dedim. Aytdilar: «Agar saodatmandlarning hayotini, shahidlarning o‘limini, qiyomat kuni najot topishni, issiq kunda soyani, zalolatdan hidoyatga chiqishni xohlasanglar, Qur’onni qiroat qilishda davom etinglar, chunki u Rahmonning kalomidir, shaytondan saqlanadigan qo‘rg‘ondir, mezonda og‘irlikdir». Boshqa rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ummatimga ibodatlarning afzali Qur’onni qiroat qilish», deganlar.
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo aytadi: «Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) xitob qilgan vaqtlarida ham «Salomat bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimning huzurida men zikr qilinsamu, u menga salovot aytmasa, do‘zaxga kiradi». Payg‘ambarimizga har bir zikr qilinganlarida salovot aytish Imom Tahoviy nazdlarida vojibdir. Ba’zi ulamolar xuddi tilovat sajdasi kabi, bir majlisda bir marta aytsa, kifoya qiladi, deganlar. Fatvo ham shunga berilgan. Afzali har bir zikr qilinganlarida aytishdir.
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Har bir kimsaning boshi ustida ikkita zanjir bo‘ladi. Biri yettinchi qavat osmongacha, ikkinchisi yetti qavat yergacha yetadi. Agar inson tavozu’ qilsa, Alloh yettinchi qavat osmongacha bo‘lgan zanjir bilan uni ko‘taradi. Agar takabburlik qilsa, yetti qavat yergacha bo‘lgan zanjir bilan tubanga tushiradi».
Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo aytdi: «Ulug‘lik ridoimdir, buyuklik izorimdir, kim ikkalasida Men bilan talashsa, uni do‘zaxga uloqtiraman va unga e’tibor bermayman». Bu hadisda ulug‘lik ridoim, buyuklik izorim, deyishdan maqsad, bu ikkalasi Allohning ikkita sifatidir. Zaif bandaga takabburlanish to‘g‘ri kelmaydi.
Amr ibn Shuayb rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Qiyomat kuni mutakabbirlar mahsharga odam suratidagi chumolidek bo‘lib keladi. Ularni har tarafdan xorlik o‘rab oladi. Ular jahannamdagi zindonlarga tashlanadilar va do‘zaxning eng shiddatli olovi bilan azoblanadilar, ahli jahannamdan oqqan suyuqliklar bilan sug‘oriladilar».
Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Uch toifa borki, qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi, ularni poklamaydi, ularga nazar ham solmaydi, ular uchun alamli azob bo‘ladi: zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh, mutakabbir kambag‘al». Kambag‘aldan murod oilali bo‘lib, ularni boqishga qodir bo‘lmasa ham, kibrlanib, na zakot, na baytul moldan nafaqa oladi.
U oilasiga zarar yetkazayotgani uchun gunohkordir. Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim tavozu’ qilsa, Alloh uning darajasini ko‘taradi, kim takabburlik qilsa, Alloh uni xor etadi» deganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kimning qalbida zarracha kibri bo‘lsa, jannatga kirmaydi. Uning kibri o‘zi bilan jannat o‘rtasida parda bo‘ladi. Chunki kibri uni mo‘minlarning axloqidan to‘sgan edi. Bu axloqlar jannatning eshiklaridir»
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo shunday deydi: «Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalarni maxfiy va oshkora infoq-ehson qiladigan zotlar hargiz kasod bo‘lmaydigan oldi-sotdidan (ya’ni, ulardan yaxshi amal va infoq-ehson uchun Allohdan ajr-mukofot bo‘lishidan) umidvordirlar, zero (Alloh) ularning ajrini komil qilib berur va O’z fazli-karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta, U mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir (ya’ni, ozgina amal uchun ko‘p mukofot ato qilguvchidir)» (Fotir surasi, 29–30-oyatlar).
Qur’oni karimda Alloh: «Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambarga duo-salovot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar», degan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kim menga bir bor salovot aytsa, buning evaziga Alloh taolo unga o‘nta salovot yuboradi». Eng afzal salovot u zotning as'hoblariga o‘rgatib ketgan salovotlaridir: «Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka Hamiydum Majiyd. Va barik ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad kama barokta a’la Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka Hamiydum Majiyd».
Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohga yo‘liqishni umid qilsa, Allohning ahlini ikrom qilsin», dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam! Allohning ham ahli bo‘ladimi?» deb so‘rashdi. Rasululloh: «Ha», dedilar. «Yo Rasululloh, ular kimlar?» deb so‘rashganda, ul zot: «Ular Qur’on o‘quvchilardir. Ogoh bo‘linglarki, kim ularni ikrom qilsa, Alloh uni ikrom qiladi va jannatga kirgizadi. Kim ularni xorlasa, Alloh uni xorlaydi va do‘zaxga kiritadi. Ey Abu Hurayra! Allohning dargohida hofizi Qur’ondan hurmatliroq kimsa yo‘qdir. Allohning huzurida hofizul Qur’on Payg‘ambardan boshqa jamiki kimsalardan ikromliroqdir», dedilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Sizlarga qiyomat kunida ummatimning eng afzali kimligini bildiraymi?» «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi sahobalar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ular Qur’on o‘quvchilardir. Qiyomat kunida Alloh: «Ey Jabroil! Kim Qur’on o‘qigan bo‘lsa, tursin, deb nido qil», deydi. Jabroil alayhissalom uch marta nido qiladi. Shunda ular saf-saf bo‘lib, Alloh huzurida turadilar. Alloh ularga: «O’qinglar va ovozlaringni ko‘taringlar», deydi. Ulardan har biri Alloh Qur’ondan ilhomlantirganicha o‘qiydi. Kim o‘qisa, ovozi, ohangi, xushu’i, tadabburiga ko‘ra darajasi ko‘tariladi. So‘ngra Alloh: «Ey ahlim! Dunyoda kim sizlarga yaxshilik qilganini bilasizlarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. Shunda Alloh aytadi: «Mahsharga boringlar! Kim ularni tanisa, o‘zi bilan birga jannatga olib kirsin!», dedilar.
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar «Talabaning ilm olishdan maqsadi nima bo‘lishi kerak?» degan savolga men: «Talaba uchun ilm olishdan maqsad Alloh va Uning roziligi bo‘lmog‘i lozim», deyman. Shuningdek, ta’lim olish, dars qilish va ilmning barcha vositalarida, hatto o‘qishga borib-kelish, kitob sotib olish, ustozlarni tanlashda ham niyati xolis – Alloh uchun bo‘lmog‘i lozim. Boshqalardan ko‘ra ko‘proq holati va so‘zi orqali uni Allohga chorlaydigan ustozlar bilan hamsuhbat bo‘lsin. Ilm tolibi ilmiy majlislarda tashqi ko‘rinishi va kiyinishida ham niyatini to‘g‘ri va go‘zal qilsin.
Talaba ilmida, amalida, o‘rgangan barcha yaxshiliklarini tatbiq qilishda Allohning roziligini istashi lozim. U biror ilohiy yoki nabaviy buyruqni o‘rganar ekan, uni hayotiga tatbiq qilishga shoshilsin va qay bir ilohiy yoki nabaviy qaytariqni o‘rganar ekan, undan tiyilsin. Tolibi ilmning yurish-turishida, to‘g‘ri yo‘lni topishida kundan-kunga yaxshilanish ko‘zga tashlansin, oradan ko‘p o‘tmay, ilmiga amal quluvchi olimga aylansin.
Bugungi kunimizda tolibi ilm «dedi-dedi»dan, ortiqcha savol berish va gap-so‘zdan, tortishuv, shak-shubhaga berilishdan saqlanmog‘i lozim. Masalalar va yodlanadigan narsalarga butunlay sho‘ng‘ib ketishdan, ulamolarga notanish va ixtilof hamda bahs-munozaraga sabab bo‘lgan kitoblardan naql qilmasin.
Talaba ilmni bevosita ulamolardan, ular bilan hamsuhbat bo‘lish orqali olsin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kitobdan olishdan saqlansin. Shuningdek, avval o‘tgan ulug‘ yoshli ulamolar odobi va xulqlaridan yuz o‘girmasin. Ulamolar odobi bilan odoblangan kishilarni tahqirlashdan, odamlarni nafratlantiradigan tuban sifatlar bilan sifatlanishdan ehtiyot bo‘lsin.
Ba’zi kimsalar ilm faqatgina yodlanadigan ma’lumotlar yoki falon-falon masalada bahs yuritiladigan, majlislarda maqtanadigan, kitoblarning hoshiyalari, izoh va sharhlar (ta’liqotlar) bilan to‘lib-toshgan manbalarni o‘zlashtirish deb o‘ylashadi. Bularni yodlab olgan kishi alloma, zamonasining olimi, asrining muhaddisi sanaladi degan xayolda bo‘lishadi.
Atoqli alloma shayx Muhammad Avvoma hafizahullohning tolibi ilmlarga qilgan nasihatlaridan (Davomi bor)...
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biror kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu marhamati) bilan O’zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir» (Nur surasi, 21-oyat).
Xabarlarda kelishicha, namoz vaqti bo‘lganda iblis alayhi la’na o‘z lashkarlariga odamlarning oldiga borib, ularni namozdan chalg‘itishga buyurarkan. Shaytonlar namoz o‘qishni xohlab turgan odamlarning oldiga kelib, ularni vasvasa qiladi, hatto namoz vaqti o‘tib ketganini sezmay qolishadi. Agar bunga qodir bo‘lmasa, namozda ruku’, sajda, qiroat va tasbehlarni komil qilishga xalaqit beradi. Agar buni uddalay olmasa, ularning qalbini dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bularning barchasiga qodir bo‘lmagach, xastalanib, umidsizlangan holatda qaytib ketadi. Iblis esa bu shaytonning qo‘l-oyog‘ini bog‘latib, dengizga uloqtiradi. Bordi-yu yuqoridagilardan birortasini eplasa, uni izzat-ikrom qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Odam bolasi uchun shaytondan bir vakil, farishtadan bir vakil bo‘lib, shaytonning vakili yomonlik va yolg‘onga, farishtaning vakili esa yaxshilik va rostlikka chaqiradi. Kim buni sezsa, Alloh tarafidan ekanini bilsin va Unga hamd aytsin. Kim avvalgisini sezsa, toshbo‘ron qilingan shaytondan panoh tilasin». Farishta ham, shayton ham inson qalbini ilhomlantiradi. Faqat farishtaniki ilhom, shaytonniki vasvasa deyiladi.
Abu Lays Samarqandiy aytadilar: «Bilgilki, sening to‘rtta dushmaning bo‘lib, ularning har biri bilan kurashishga muhtojsan.
Birinchisi dunyodir. Zero, Alloh: «Dunyo hayoti sizlarni aldab qo‘ymasin», degan.
Ikkinchisi nafsing, u dushmanlarning eng yomonidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Dushmanlaringning eng yomoni o‘zingning nafsingdir», deganlar.
So‘ngra jinlardan bo‘lgan shaytondirki, Allohdan uning yomonligidan panoh berishini so‘ra. Zero, Qur’oni karimda: «Albatta, shayton sizlar uchun ochiq-oydin dushmandir», deyilgan.
To‘rtinchisi odamlardan bo‘lgan shaytonlardir, ulardan ehtiyot bo‘l. Chunki u jinlardan bo‘lgan shaytondan ham qo‘rqinchliroqdir. Jinlardan bo‘lgan shaytonlar faqat vasvasa bilan adashtirsa, odamlardan bo‘lgan shaytonlar yuzma-yuz turib adashtiradi».
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda odamlarni chalg‘itib qo‘ygan zamonaviy vositalar – kompyuter dasturlari bilan ishlash ilm deb hisoblanadigan bo‘lib qoldi. Ba’zilar ulardan foydalanish bilan o‘zlarini hofizul Qur’on, mujtahid olim deb o‘ylay boshlashadi. Natijada turli masala xususida shayx va ulamolarga murojaat qilinmay qo‘yildi. Bu holat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Odamlar johillarni boshliq qilib olishadi, ulardan savol so‘raladi. Ular ham odamlarga ilmsiz ravishda fatvo berib, o‘zlari adashadi va ularni ham adashtiradi» degan muborak so‘zlarini tasdiqlaydi.
Bundan ham achinarlisi esa biror kitob yoki qo‘lyozma haqida umumiy ma’lumotdan boshqa hech narsani bilmaydigan ba’zi kishilar ushbu ishlari bilan o‘zlarini ulamolar murojaat qiladigan mutaxassis darajasiga ko‘tarildim deb o‘ylashadi. Ilm esa oliy va umuman boshqa narsa. Ilm yodda saqlash, fahmlash, amal qilish, tatbiq etish, ilmi bilan xulqlanish, Allohga qullik, parhezkorlik, sobitqadamlik, nafsni hisob qilish, Allohga yaqin bo‘lish, anbiyolar sayyidining yo‘li bilan hidoyatlanish va u zotning ashoblari va yaxshilikda ularga ergashganlar siyratiga ergashishdir.
Binobarin, hech narsa talabani ilmiga amal qiluvchi ulamolar suhbatidan behojat qila olmaydi. Chunki ular so‘zlovchi kitobdir. Agar bironta odam: «Nima uchun ilmni yod olgan, o‘rgangan va sifatlangan kishilarni olim, hofiz va faqih deb ataysiz? U siz nomlagan va sifatlagan narsalar uzra emas-ku?» desa, men unga aytamanki: «Men unday kishilarni «Bahjatun-nufus»ning sohibi, parhezkor imom Abu Muhammad ibn Abu Jamra Andalusiy (vafoti hijriy 699 yil) nomlaganlari kabi nomlayman. U zotning shogirdi Ibn Hojj o‘zining mashhur «Madhal» nomli kitobida bunday hikoya qiladi:
«Sayyidim Abu Muhammad ibn Abu Jamraga o‘z davrining ulamolaridan, olim, hofiz yoki faqih nisbati berilgan bir kishi amali ozligi bilan zikr qilinsa, ilmning fazilati tufayli unga maqtov aytib, ilm mansabiga ahl bo‘lmagan kishiga ilm nisbatini berishdan va yolg‘on gapirishdan qo‘rqib, uni «rivoyat qiluvchi» der edi. Chunki rivoyat qiluvchi haqiqatdan ham olim sanalmaydi, balki u xodimlardan biridir».
Atoqli alloma shayx Muhammad Avvoma hafizahullohning tolibi ilmlarga qilgan nasihatlaridan (Davomi bor)...
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: «Isro kechasida Alloh menga aytdi: «Ey Muhammad! Ummatingizga buyuringki, uch toifa odamlarni ikrom qilishsin: ota-onalarini, olimlarni va hofizi Qur’onlarni. Ey Muhammad! Ummatingizni ogohlantiringki, kim ularni yomon ko‘rsa va xorlasa, unga Mening g‘azabim qattiq bo‘ladi. Ey Muhammad, ahli Qur’on mening ahlimdir. Dunyo ahlini ikrom qilganimdan ularni dunyoda sizning huzuringizga qo‘ydim. Agar Qur’on ularning qalblarida o‘rnashmaganida edi, dunyo ahlini halok qilgan bo‘lardim. Ey Muhammad! Hofizi Qur’onlar qiyomat kuni azoblanmaydilar va hisob-kitob qilinmaydilar. Ey Muhammad! Jannat uch toifaga muhtojdir: sizga va sizning sahobalaringiz Abu Bakr bilan Umarga hamda hofizi Qur’onga». Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir», deganlar.
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohning kitobidan bir harfni o‘qisa, uning uchun bir hasanot bo‘lib, u o‘n barobar ziyoda qilinadi. Men «Alif, lom, mim»ni bir harf demayman, balki «alif» bir harf, «lom» bir harf, «mim» bir harf deyman», dedilar.
Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: «Alloh Qur’oni karim bilan ba’zi qavmlarning martabasini ko‘taradi, ba’zi qavmlarni xor qiladi».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh taolo aytdi: «Kimni Qur’on o‘qish Meni zikr etish va duo qilishdan mashg‘ul etib qo‘ysa, Men unga Mendan iltijo qilib so‘rayotganlarga berayotganimdan ham afzalini beraman». Alloh kalomining boshqa kalomlardan afzalligi Allohning o‘z mahluqotidan afzalligi kabidir».
Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’on o‘qiydigan mo‘min apelsinga o‘xshaydi, hidi ham xushbo‘y, ta’mi ham shirin, Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi, ta’mi shirin, hidi yo‘q. Qur’on o‘qiydigan fojir rayhonga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi xushbo‘y. Qur’on o‘qimaydigan fojir achchiq tarvuzga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi yo‘q. Solih suhbatdosh mushk sotuvchiga o‘xshaydi, agar u bilan o‘tirsang, mushkidan bermasa ham, hidi senga urib qoladi. Yomon suhbatdosh bosqinchiga o‘xshaydi, agar uning yomonligi senga tegmasa ham, uning tutuni urib qoladi», dedilar.
Abu Umoma raziyallohu anhu aytadilarki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’onni o‘qinglar, chunki u qiyomat kuni o‘z egasini shafoat qiladi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: «Kim birodarining hojatini chiqarish yo‘lida bo‘lsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim dunyoda musulmon birodarining aybini yopsa, qiyomat kuni Alloh uning aybini yopadi».
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shar’iy ilm, Muhammad alayhissalom qoldirgan meros faqatgina xotirada saqlab qo‘yish, mav’iza va yig‘ilishlarda gapirish uchun emas, balki haqni haqqa, botilni botilga chiqarish uchun, unga amal qilish, uni tarqatish, kelgusi avlodga gard yuqmagan, havoi nafs istaklari va shaxsiy g‘oyalar bilan loyqalanmagan holda, sog‘lom va musaffo holatda meros qoldirish va yetkazib berish uchun ta’lif qilingan.
Ibn Abu Shayba rahimahulloh Zayd Ibn Arqam, Abu Hurayra, Ibn Mas’ud, Anas, Habib ibn Abu Sobit va Ibn Amr roziyallohu anhumdan mursal holda: «Manfaatsiz ilmdan Allohdan panoh so‘rang» degani rivoyat qilingan. Jobir roziyallohu anhudan ham: «Allohdan manfaatli ilmni so‘rang va manfaatsiz ilmdan panoh tilang», degani rivoyat qilingan.
Alloh taolodan manfaatli ilm so‘rash va manfaatsiz ilmdan panoh tilashdan – ilmning uchinchi turi ham bor ekani anglashiladi. O‘sha turi zararli ilmdir. Manfaatsiz ilm – manfaat ham, zarar ham bermaydigan ilmdir. U ilm aslida zararli. Befoyda ilmni o‘rgangan kishi o‘ziga ato qilingan narsalar – mol-mulk, vaqt, kuch-qudratni oxiratiga manfaat bermaydigan narsaga sarflagan bo‘ladi. Bunday yo‘l tutish haqiqatda zararli hisoblanadi. Banda manfaatsiz narsa xususida Allohdan panoh so‘rashidan ko‘ra, zarar keltirishi aniq bo‘lgan narsadan panoh so‘rashi a’loroqdir.
Manfaatli ilm sizni amal qilishga, solih amallar bilan Alloh taologa yanada yaqin bo‘lishga chorlaydi, qalbingizni nurga to‘ldiradi, nafsingizni tarbiyalaydi. Natijada har qanday kattayu kichik ish qarshisida Nabiy sollallohu alayhi vasallam va u zotning sodiq izdoshlari kabi yo‘l tutadi. Allohim, bizlarni ham mana shu ne’mat ila aziz va mukarram qilgin!
Atoqli alloma shayx Muhammad Avvoma hafizahullohning tolibi ilmlarga qilgan nasihatlaridan
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. Hadis ilmi Qur’oni Karimdan keyingi eng afzal ilm
Qur’oni Karimdan keyin mavzusi, maqsadi va g‘oyasi e’tiboridan eng sharafli va afzal ilm hadis ilmidir. Hatto jumhur muhaddis va mutakallim ulamolar nazdida, tafsir ilmidan ham hadis ilmi afzal ekan. Chunki tafsir ilmining mavzusi harf va tovushdan iborat, hodis bo‘lgan lafziy kalomdir. Hadis ilmining mavzusi yuqorida aytilganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zotlaridir. Barcha ulamolarning ittifoqiga ko‘ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zotlari barcha maxluqotlardan, hatto Arsh, Kursiy va Baytulloxdan ham afzaldir. Aynan mavzusining afzalligi e’tiboridan tafsir ilmidan hadis ilmini ustun ko‘rishgan. Chunki ilmning sharofati uning mavzusiga qarab belgilanadi.
2. Payg‘ambar alayhissalom hadis o‘rganib, uni boshqalarga yetkazgan kishilarni duo qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan hadis o‘quvchilarga, uni o‘qitganlar va yetkazganlarga nihoyatda ko‘p duolar kelgan. Bu esa ulug‘ saodatdir. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Mendan bir narsa eshitib, uni eshitganidek yetkazgan kishini Alloh ne’matlantirsin. Gohida yetkazilgan kishi eshituvchidan ko‘ra saqlaguvchiroq bo‘ladi» (Termiziy rivoyat qilgan va «bu hadis hasan, sahih», deb aytgan).
Bu degani ba’zilar muhaddis bo‘lsada, faqih bo‘lmasligi mumkin. Faqihlar o‘sha muhaddisdan hadisni olib, undan ahkomlar chiqarishlari mumkin. Bu o‘rindagi bizga e’tiborli jihat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan hadisni eshitgan, uni yetkazgan kishilarga duo qilinmokda. Bu ham mazkur ilmning fazilati hisoblanadi.
Valiyuddin Xatib at-Tabriziyning "Mishkot al-Masobix sharhi"kitobidan (Davomi bor)...
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3. Hadis ilmi bilan mashg‘ul bo‘lganlar payg‘ambarimiz alayhissalomga o‘rinbosar bo‘ladilar.
Bu haqida hadis sharifda shunday deyilgan:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey Alloh, mening o‘rin-bosarlarimga rahm qilgin», dedilar. Biz: «Ey Allohning Rasuli, o‘rinbosarlaringiz kimlar?» dedik. U zot: «Hadislarimni rivoyat qilib, uni insonlarga ta’lim beradigan kishilardir», dedilar (Tabaroniy «Mu’jamul Avsat»da rivoyat hilgan).
Bundan ma’lum bo‘ladiki, hadisni o‘rganish, uni tarqatish, odamlarga yetkazish va ta’lim berish Payg‘ambar alayhissalomga o‘rinbosarlik nishonasi ekan. Chunki u zotning asosiy vazifalari Islomni yetkazish edi. Hadisni yetkazish bilan esa, Islomni yetkazishning eng muhim qismlaridan biri amalga oshadi.
4. Hadis ilmi bilan shug‘ullangan kishi, Nabiy alayhissalomga ko‘p salavot aytgani uchun u zotga qiyomat kuni eng yaqin kishilardan bo‘ladi.
Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqinrog‘i, menga eng ko‘p salavot aytganidir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Hadis o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p-roq salavot aytadi. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘proq salavot aytsa qiyomat kuni U zotga ko‘proq yaqin bo‘lar ekan.
5. Hadis va sunnatning fazilati borasida ulamolarning aytgan fikrlari.
Abu Hanifa rahimahulloh: «Agar sunnat bo‘lmaganda hech birimiz Qur’onni tushunmas edik», deganlar.
Imom Shofe’iy rahimahulloh: «Imomlar aytgan so‘zning hammasi sunnatning sharhi. Sunnat aytgan so‘zning hammasi Qur’onning sharhidir», deganlar.
Dovud Zohiriy: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini bilmagan, uning sahihidan saqimini (ya’ni sahih bo‘lmaganini) ajrata olmagan kishi olim emas», deganlar.
Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh: «Isnod dindandir. Agar isnod bo‘lmasa xohlagan kishi xohlagan gapini aytardi», deganlar.
Islomning fazilatlaridan biri bu - sanad (ya’ni rivoyat qil-guvchi shaxslar silsilasini to‘liq bayon qilish)dir. Agar shu sanadni to‘liq bayon qilish bo‘lmaganida, istagan kishi istagan so‘zini aytardi. Shuning uchun ham biror kishi bir gapni gapirsa, undan «Qani, bu gapni qayerdan olding? Uning sanadi qanday?» deb so‘raladi. Agar aytilgan so‘zning sanadi ishonchli bo‘lsa qabul qilinadi, aks holda qabul qilinmaydi.
Valiyuddin Xatib at-Tabriziyning "Mishkot al-Masobix sharhi"kitobidan
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zulqa’da oyi muborak bo‘lsin!
Zulqa’da nima degani? Lug‘atda “makonga qaytadigan”, “joylanib olinadigan” degan ma’noni anglatadi.
Zulqa’da – shahrul harom.
Zulqa’da oyi to‘rt harom oylardan biri bo‘lib, bu oyda jang va urushlar harom qilingan. (To‘rt harom oylar zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab). Johiliyat davrida ham bu oyda urush boshlamasdilar. Hatto farzand o‘z otasining qotilini ko‘rganda ham bu oyning hurmatidan unga biror so‘z aytmasdi.
Zulqa’da – hijriy taqvimning o‘n birinchi oyi. Bu oy shavvoldan keyin va zulhijjadan oldin keladi.
Bu yilgi Zulqa’da oyi qachondan boshlanadi?
Bu yil (2024) Zulqa’da oyining birinchi kuni 9 may kunidan boshlanishi kutilmoqda, inshaAlloh.
Qur’oni karimda Zulqa’da oyi...
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to‘g‘ri dindir. U(oy)larda o‘zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo‘lib, ular sizga qarshi jam bo‘lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir” (Tavba surasi, 36-oyat).
➡️ Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.
@Mezanauz
Zulqa’da nima degani? Lug‘atda “makonga qaytadigan”, “joylanib olinadigan” degan ma’noni anglatadi.
Zulqa’da – shahrul harom.
Zulqa’da oyi to‘rt harom oylardan biri bo‘lib, bu oyda jang va urushlar harom qilingan. (To‘rt harom oylar zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab). Johiliyat davrida ham bu oyda urush boshlamasdilar. Hatto farzand o‘z otasining qotilini ko‘rganda ham bu oyning hurmatidan unga biror so‘z aytmasdi.
Zulqa’da – hijriy taqvimning o‘n birinchi oyi. Bu oy shavvoldan keyin va zulhijjadan oldin keladi.
Bu yilgi Zulqa’da oyi qachondan boshlanadi?
Bu yil (2024) Zulqa’da oyining birinchi kuni 9 may kunidan boshlanishi kutilmoqda, inshaAlloh.
Qur’oni karimda Zulqa’da oyi...
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to‘g‘ri dindir. U(oy)larda o‘zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo‘lib, ular sizga qarshi jam bo‘lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir” (Tavba surasi, 36-oyat).
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM