Telegram Web Link
💿 Imom Abu Hanifa o‘z ustozini to vafot etguniga qadar lozim tutdi. O‘zi alohida dars halqasi tashkil qilmadi, fatvo berishni boshlab yubormadi.

IMOMI A’ZAM RAHMATULLOHI ALAYHNING HAYOTLARI, IJODLARI VA ULAMOLAR NAZDIDAGI MARTABALARI


Hanafiy mazhabi asoschisi, ilm-u taqvoda ummat peshvosi, islom dunyosida Imomi A’zam nomi ila mashhur bo‘lgan Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobit al-Kufiy rahmatullohi alayh 80/699-yil Kufa shahrida (hozirgi Iroq davlati hududida joylashgan) tavallud topib, 150/767-yil vafot etganlar ("Tarixi Bag‘dod” kitobi). Olimning o‘sha vaqtlar ilm-u ma’rifat gullab yashnagan ushbu shaharlarda dunyoga kelishi ham uning Imomi A’zam bo‘lib yetishishiga katta ta’sir o‘tkazdi.

Abu Hanifa obro‘li, boy, solih parhezkor oilada o‘sdi. U ota-onasining yolg‘iz farzandi edi. Otasi gazlamachi bo‘lib, Kufadagi do‘konida kiyim sotardi. Abu Hanifa ham ota kasbini davom ettirdi. U zot Qur’oni Karimni yoshligida yod olgan solih va ziyoli zot edi. Abu Hanifa o‘sha davrning allomasi Sha’biyga yo‘liqqunga qadar do‘konda otasi bilan birga savdo qildi. Sha’biy bilan ko‘rishish imom Abu Hanifaning hayotida juda katta yaxshilik debochasi bo‘ldi.

Voqeani Abu Hanifaning o‘zi hikoya qilib shunday deydi: “Bir kuni Sha’biyning oldidan o‘tib qoldim. Shunda u menga: “Kimlar bilan yurasan?" dedi. Men: “Bozorda ishlayman" dedim. U: “Bozorni aytmayapman, balki, ulamolarning suhbatini nazarda tutayapman" dedi. Men: “Ularning halqalariga kam aralashaman", deb javob berganimda: “Undoq qilma! Ilmga nazar sol! Ulamolar majlisiga bor! Men senda sergaklik va harakatni ko‘ryapman", dedi. Sha’biyning aytganlari menga ta’sir qildi. Shundan so‘ng bozorga borishni tark kilib, ilm olishni boshladim. Uning so‘zi ila Alloh taolo meni manfaatlantirdi" ("Al-aimmatu-l-arba’a” kitobi).

Shu tariqa, buyuk imom dastlab kalom ilmi tahsili bilan mashg‘ul bo‘lib, uni yaxshi o‘zlashtirdi, hatto, barmoq bilan ko‘rsatiladigan darajaga yetdilar. Hijriy 102-yildan ya’ni yigirma ikki yoshidan e’tiborini to‘laligicha fiqhni o‘rganishga qaratdi. O‘sha kezlar Kufa faqihi sanalgan Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushdi. Uning dars halqasini to ustozi vafot etgunga qadar tark etmadi. Shuningdek, Abu Hanifa zamonasining juda ko‘plab ulamolaridan ilm olgan bo‘lib, ularning adadi to‘rt ming bo‘lgan, deyiladi. Ustozlaridan eng mashhurlari: Hammod ibn Abu Sulaymon, Ato ibn Abu Raboh, Nofe’ va Ikrima rahmatullohi alay-himlar.

Hijriy 120-yilda Hammod ibn Abu Sulaymon vafot etgach, uning dars halqasini Abu Hanifa rahmatullohi alayh olib bordilar. Bu vaqtda imomning yoshi qirqda edi. Aql-u zakovati shu qadar yuqori, chuqur ilm sohibi bo‘lishiga qaramasdan Imom Abu Hanifa o‘z ustozini to vafot etguniga qadar lozim tutdi. O‘zi alohida dars halqasi tashkil qilmadi, fatvo berishni boshlab yubormadi. Bizning hozirgi alg‘ov-dalg‘ov zamonamiz-da, har bir soha vakili, xususan, tolibi ilmlar buyuk imomning mana shu xislati ila sifatlanishga juda muhtojdir.

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💿 Ilmni bahslashish uchun o‘rganilishining xatarlari

Ka’b ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ilmni ulamolar bilan raqobatlashish yoki esipastlar bilan bahslashish yoki insonlar nigohini o‘ziga qaratish uchun talab qilsa, Alloh uni do‘zaxga kiritadi», dedilar» (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Sharh: Hadisning xulosasi shuki, kim din ilmini dunyoviy biror maqsad uchun o‘rgangan bo‘lsa, abadiy bo‘lmasa-da do‘zaxga ravona bo‘ladi. Bunday insonlarning maqsadlari ulamolar bilan tortishish, johil kimsalar bilan janjal qilish yoki insonlar e’tiborin qozonish bo‘ladi. Bu toifadagi insonlarni Alloh taolo jahannamga doxil qiladi.

Valiyuddin Xatib at-Tabriziyning "Mishkot al-Masobix sharhi"kitobidan (Davomi bor)...

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozni xorijda mazmunli o'tkazishni istaganlarni Istanbuldagi "Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi"ning yozgi kurslariga taklif qilamiz!

Ko'plab talablarga binoan farzandlarimiz uchun har bir musulmon bilishi zarur bo'lgan islom ilmlarini o'rgatish maqsadida "Dinimizni o'rganamiz" yozgi kurslari tashkil qilindi! Ushbu kursda farzandlarimizga islom dinidan dastlabki tushuncha va saboqlar berilishi maqsad qilingan.

✍️ Mazkur "Dinimizni o'rganamiz" kursi 12 yoshdan katta bo’lgan o'g‘il bolalarga mo’ljallangan.
Malakali va tajribali ustozlar quyidagi fanlardan ta'lim berishadi:

1. Qur'oni karim va tajvid (Harflarni to'g'ri talaffuz qilish va yodlash)
2. Siyrat;
(Payg'ambarimizning o'rnak hayotlari. "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" kitobi asosida)
3. Aqida;
(Boshlang'ich va zaruriy e'tiqod saboqlari)
4. Fiqh;
(Ibodatga oid boshlang'ich va zaruriy ilmlar)
5. Odob-axloq
(Islom odoblari).

Darslar ishonchli manbalar asosida, amaliy va nazariy tarzda o’rgatiladi.

💫 Bundan tashqari, tinglovchilarimiz uchun:

Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya masjidi,
Ulug' sahobiy Abu Ayyub Ansoriy maqbaralari,
Istanbul fotihi Sulton Muhammadxon masjidi va maqbarasiga ziyorat,
Qalin o'rmonzorlarda pikniklar va Qora dengiz bo'yiga sayohat ham rejalashtirilgan.

💯 Farzandlaringiz kurs davomida 24 soat ustoz va murabbiylar nazoratida bo'ladi. Nonushta va ikki mahal ovqat bilan ta'minlanadi.

📆 Mashg'ulotlar 10-iyundan boshlanadi.

💸 Kurslar pulli.

📑 Kerakli hujjatlar: Tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport, ota-onalarning rozilik xati, bog'lanish uchun telegram raqam.

Batafsil ma'lumot uchun:
✈️ Telegram orqali: @mezanamanager
📞 Telefon orqali: +905065443779

Manzilimiz: @Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlaringiz yozgi ta’tilni Istanbulda samarali ta’lim bilan oʻtkazishiga nima deysiz?

😊 Aksariyat ota-onalar bolalarining yozgi ta’tilda bekor qolishidan xavotir oladilar. Ularni foydali mashgʻulot bilan, xususan, diniy ilm bilan band boʻlishlarini istaydilar.

Biz esa shu maqsadda 2,5 oyga moʻljallangan “Dinimizni oʻrganamiz” dasturini tashkil etdik.

Dastur doirasida malakali ustozlar tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda dars beriladi:

Qur'oni karim va tajvid — harflarni to'g'ri talaffuz qilish va yodlash;
Siyrat — Payg'ambarimizning o'rnak hayotlari. "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" kitobi asosida;
Aqida — Boshlang'ich va zaruriy e'tiqod saboqlari;
Fiqh — Ibodatga oid boshlang'ich va zaruriy ilmlar;
Odob-axloq — Islom odoblari.

🌍 Bundan tashqari, mashgʻulotlar davomida quyidagi manzillarga sayohatlar tashkil etiladi:

• Ayo Sofiya masjidi,
• Ulug' sahobiy Abu Ayyub Ansoriy maqbaralari,
• Istanbul fotihi Sulton Muhammadxon masjidi va maqbarasiga ziyorat, 
• Qora dengiz bo'yiga sayohat va qalin o'rmonzorlarda pikniklar

Dasturga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar kerak boʻladi 📝

— tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport;
— ota-onalarning rozilik xati;
— bog'lanish uchun telegram raqam. 

❗️Qabul 5-iyunga qadar davom etadi.

Darslar 10-iyundan 25- avgustga qadar davom etadi.
Oʻquvchilar 24 soat davomida nazorat qilinadi. Nonushta va 2 mahal ovqat bilan ta’minlanadi.

Siz ham farzandingiz yozgi ta’tilda foydali mashgʻulot bilan band boʻlishini istasangiz, albatta, murojaat qiling:

@mezanamanager | +905065443779
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон!

Имомлар ва диний мутахассислар учун махсус курс!

Мезана халқаро илмлар академиясида 2 ойлик малака ошириш курси ташкил қилинди.

Энди сизда ушбу курсда ўқиб, билимингизни янада кенгайтириш имкони мавжуд.

Дарслар ишончли дастур асосида тузилган бўлиб, катта устозлар томонидан олиб борилади.

Курс давомида фиқҳ, усулул фиқҳ, тасаввуф, ҳадис, ислом молияси каби илмлар чуқур ўргатилади.

Дарслар 20-июндан 20-августгача онлайн тарзда бўлиб ўтади.

Илм талаб қилиш афзал ибодатлардан эканлигини ёдга олган ҳолда сизларни малака ошириш курсига таклиф этамиз.

Мурожаат учун:
Телефон: +90-506-239-73-21
Телеграм:
@Mezanacourses
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Қурбонлик қилмоқчи бўлганларга мусофир олим ва талабаларни далолат қиламиз.

Маблағингиз эвазига номингиздан қурбонлик сўйилади ҳамда мусофирчиликдаги муҳтож илм эгалари ва талабаларга тарқатилади.

☎️ Мурожаат учун:
+998944446688 телефон
+905062397321 телеграм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tashriq takbiri va tashriq kunlari

Arafa kuni bomdod namozi o‘qilgandan boshlab, to tashriq kunlarining oxirgi kuni quyosh botgunga qadar har farz namozi ortidan jahriy tarzda takbiri tashriq aytiladi. Va buning hukmi vojibdir. Ayollar maxfiy ravishda ya’ni ovozni baland qilmasdan aytadilar. 

Uning ko‘rinishi quyidagicha: “Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar, va lillaahil-hamd”.

Tashriq kunlari hayit kunidan keyingi uch kun hisoblanadi.

Bu kunlarning tashriq kunlari deyilishiga sabab shuki, «tashriq» so‘zi arab tilida biron narsani oftobga yoyib, qoqi qilish degan ma’noni anglatadi. Odamlar mazkur kunlarda kelgusiga g‘amlab qo‘yishga mo‘ljallangan qurbonlik go‘shtlarini buzilib qolishidan saqlash uchun bo‘laklarga bo‘lib oftob nuriga yoyib, quritar edilar. Shuning uchun, bu kunlar tashriq kunlari deb ataldi. Shu bois, bu kunlarda aytiladigan takbir ham «tashriq takbiri» deb yuritildi.

Alloh taolo marhamat qiladiki: “Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!” (Baqara surasi, 203-oyat). Mufassirlar bu «sanoqli kunlarni» tashriq kunlari deydilar.

Demak, takbiri tashriq arafa kuni bomdod namozining farzidan so‘ng aytish boshlanadi va hayitning to‘rtinchi kuni asr namozidan so‘ng oxirgi takbiri tashriq aytiladi. Shunda besh kun davomida umumiy 23 ta namozdan so‘ng takbiri tashriq aytilgan bo‘ladi.

Alloh taolo marhamat qiladiki: “Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!” (Baqara surasi, 203-oyat). Mufassirlar bu «sanoqli kunlarni» tashriq kunlari deydilar.

Iyd kuni namozga chiqib ketilayotganda ham ushbu takbirlarni aytish mustahab hisoblanadi.

Ammo, uni jahriy ya’ni o‘zgalarga eshitiladigan tarzda oshkora aytish vojib ba’zi qavllarda esa sunnatdir.

Iydul-Azhoning birinchi kuni doxil tashriq kunlarida ro‘za tutish man etiladi. Chunki bu kunlar yeb-ichib, chinakam bayram qilinadigan kunlardir.

Nubaysha al-Huzaliy raziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib dedilar: “Tashriq kunlari yeyish-ichish va Allohni zikr qilish kunlaridir!” (“Sahihi Muslim”).

Bayram va tashriq kunlarida ro‘za tutish hanafiy mazhabiga ko‘ra tahrimiy makruh sanaladi. Ya’ni, bu kunlarda ro‘za tutgan inson gunohkor bo‘ladi ammo, ro‘zasi durust bo‘ladi, vallohu a’lam.

@Mezanauz
#Мезана_устозлари

Fazilatli Shayx Ayman JAMOL

1972-yil tug‘ilgan. Iroq va Shomning mashhur ulamolari Shayx Abdul Fattoh Abu Gʻudda, Shayx Hishom
al-Burhaniy va Shayx Abdurrohman ash-Shog‘uriy va otasi Shayx Ahmad Jamol kabi olimlardan dars olgan.

U Albayda shahridagi Umar al-Muxtor universitetida shariat kafedrasi mudiri, Makkai mukarrama institutida shariat siyosati professori, Rushd universitetida islom madaniyati professor-o‘qituvchisi va bir qator universitetlarda professor-o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Islomiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Bag‘dod Universitetida doktorlik darajasini olgan.

"Mezana"da fiqh usuli va mantiqdan dars beradi.

@Mezanauz
#Мезана_устозлари

Фазилатли шайх Аҳмад ал-АҲМАД

1954-йил туғилган. Дамашқдаги "Ал-Фатҳ" ислом ва араб фанлари институти, имом ан-Нававий номидаги шариат фанлари институтини тамомлаган. Мисрнинг Ал-Азҳар университетида араб тили бўйича бакалавр босқичини ўқиб, кейинчалик Дамашқ университетида араб тили мутаххасиси ва Байрут Ислом университети Фатво бўлимида илоҳиёт магистри даражаларига эга бўлган.
Шайх Муҳаммад Адиб Каллос ва Шайх Абдураззоқ Ҳалабий каби замонасининг улуғ олимларидан дарс олган. Узоқ йиллардан бери илм толибларига шариат илмларидан сабоқ бериб келади.

Ҳозирда устоз Аҳмад Mezana халқаро илмлар академиясида наҳв, сарф ва балоғат фанларидан дарс бермоқда.

@Mezanauz
#Мезана_устозлари

Фазилатли шайх доктор Муҳаммад Самир Ал-Ҳалабий. 1965 йил Дамашқда туғилган.

1987 йилда Шайх Абул Ҳасан Ал-Курдийдан Қуръони Каримнинг Имом Ҳафс ривояти бўйича ижоза олган.

1989 йилда Дамашқ университетида иқтисод бўйича бакалавр даражасини,
2000 йилда Азҳар университетида Шариат ва ҳуқуқ бўйича ҳам бакалавр даражасини қўлга киритган. Қиёсий ҳуқуқшунослик (Ал-Фиқҳул муқорин) бўйича магистр даражасига эга.

Ливанда шариат илмлари, грамматика (Сарф ва наҳв), тафсир ва фиқҳ фанларидан дарс берган. Қуръони каримни ёд олиш ва ижоза бериш қўмитаси раҳбари бўлиб ишлаган.

Ҳозирда Мезана халқаро илмлар академиясида талабаларга тажвид фанидан сабоқ бериб келмоқда.

@Mezanauz
#Мезана_устозлари

Фазилатли шайх Муҳаммад Фоиз Аваз

1965 йил Дамашқда туғилган. Илк таълимни отаси, Дамашқнинг машҳур олимларидан марҳум шайх Муҳаммад Муҳиддин Аваздан олган. Мадина Ислом университетининг Шаръий илмлар факультетини 1983 йил аъло баҳолар билан битирган.

1985 йили Покистоннинг Баҳавалпур Ислом университетини магистр ва 1994 йил ушбу университетда усули фиқҳ бўйича докторлик диссертациясини ёқлаган.

Шайх Муҳаммад Карим Рожиҳ, Усома Абдулкарим ар-Рифоъий, Айман Сувайд каби уламолардан дарс олган. Бир қанча институт ва университетларда фиқҳ, усули фиқҳ ва фароиз дарсларидан таълим берган.

Жумладан, "Ал-Фурқон" шариат билимлари институти, Дамашқдаги "Ал-Фатҳ" ислом академияларида 15 йил дарс бериб, 2016 йилдан бери Туркиядаги Султон Муҳаммад Фотиҳ университетининг Исломий билимлар факультетида таълим бериш билан машғул.

Устоз “Сурия Ислом кенгаши Бош Ассамблеяси”, “Шом олимлари кенгаши”, "Зайд ибн Собит" миллий жамғармаси, “Сурия олимлари ассоциацияси”нинг фаол аъзосидир.

Ҳозирда устоз Фоиз Аваз Mezana халқаро илмлар академиясида фароиз, сийрат, Қуръони карим аҳком оятларидан дарс бермоқда.

@Mezanauz
#Мезана_устозлари

Доктор Муҳаммад Акрам Абу Ғуш
Фаластинда туғилиб, Иорданияда вояга етган. Иорданиялик ёш уламолардан.

Шайх Саид Абдуллатиф Фуда ҳафизаҳуллоҳ ва бошқа улуғ шайхлардан таълим олган.
Зарқо шаҳридаги Ҳошимий университетида мехатроника муҳандислиги бўйича бакалавр даражасини, Истанбулдаги Султон Муҳаммад Фотиҳ университетида Калом ма мантиқ ихтисослиги бўйича Магистрлик даражасини олган. Мазкур университетда Калом илми бўйича докторлик диссертациясини ёқлаган.

Истанбулдаги кўплаб ўқув юртларида калом ва мантиқ фанларидан дарс берган.
“Нофиъ” шаръий ва ақлий (ментал) билимлар платформаси ижрочи директори.

Атеист бошқа ғайридин тоифалар билан илмий баҳс-мунозаралар қилишга жуда қизиқади.

Ҳозирда Истанбулдаги “Мезана” халқаро илмлар академиясида мантиқ ва калом фанларидан дарс беради.

@MubashshirAhmad
#Мезана_устозлари

Доктор Омир Муҳаммад Халифа
1976 йил Бағдодда туғилган.

1998 йил Ироқ университетида бакалавр, 2001 йил магистрлик даражасини олган. 2007 йилда фиқҳ усули фанидан докторлик илмий ишини ёқлаган. Усули фиқҳ ва ҳанафий фиқҳи бўйича етук мутахассис.

Замонaмизнинг Барбар Ал-Ҳанафий, Шайх Муҳаммад Маҳрус, Шайх Абдулмалик бин Абдураҳмон Ас-Саъдий, Шайх Муҳаммад Фозил Али Ас-Сомурроий, Шайх Саъдуллоҳ Аҳмад Ориф Барзанжий каби етук олимларидан фиқҳ усули, наҳв, балоғат, ҳанафий фиқҳи каби фанлардан дарс олган.

Меҳнат фаолияти давомида Боғдод университетида фиқҳ, ҳадис фанларидан, Седав мадрасасида ҳанафий фиқҳи фанидан, Аш-Шариф академиясида фиқҳий қоидалар фанидан, Имом Абу Ҳанифа номидаги шаръий фанлар институтида фиқҳ усули фанидан дарс берган.

Ҳозирда Мезана халқаро илмлар академиясида талабаларга балоғат ва усули фиқҳ фанларидан сабоқ бериб келмоқда.

@Mezanauz
#Эълон

Қабуллар яқин кунларда @mezanauz телеграм каналида эълон қилинади. Барча саволларингизга батафсил жавоб олишингиз мумкин бўлади.

Бизни кузатишда давом этинг!

@mezanauz
2024/11/16 09:37:36
Back to Top
HTML Embed Code: