Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sunnatdagi ko‘rsatmalar va zamonaviy ilm tavsiyalari!
⏰ Erta turish: Nabiy alayhissalomning erta turish odatlari bo‘lgan, tonggi azon vaqtida uyg‘onganlar. Albatta, erta turish kun bo‘yi insonga tetiklik hamda ishchanlik qobiliyatini beradi va aqliy faoliyatni yaxshilaydi. Ba’zilar uchun erta turish qiyin tuyulishi yoki iloji yo‘qdek ko‘rinishi mumkin, lekin bu odatni kichik qadamlar, asta-sekinlik bilan shakllantirish mumkin. Bu esa hayotni sezilarli darajada yaxshilashi isbotlangan.
🥗 Me’yorida ovqatlanish: Me’yorida ovqatlanish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. Yillar davomida bir emas, bir necha tekshiruvlarning natijasi – me’yorida ovqatlanishga odatlanish ko‘plab xastaliklarning oldini olishini tasdiqlagan. Inson to‘yib emas, balki 80% to‘yguniga qadar ovqatlanishi maqsadga muvofiq.
💧Suv iste’mol qilish: Hadisi sharifda suvni katta emas, kichik xo‘plamlar bilan ichishga chorlanadi, aks holda katta xo‘plab ichishdan jigar shikastlanishi mumkin, deyiladi. Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suv ichishdagi sunnatlaridandir. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar ham shuni ta’kidlaydiki, qisqa vaqt ichida, birdaniga ko‘p miqdorda suv ichish jigarni zararlashga olib keladi.
☘️ Ro‘za: Ilmiy tajribalar shuni ko‘rsatdiki, faqatgina yeguliklarning o‘zi emas, balki uni tanavvul qilish vaqti ham inson organizmiga ta’sir qilar ekan. Ro‘za tutish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning doimiy odatlari bo‘lgan, bu ishni faqatgina Ramazon oyida qilmaganlar. Inson qanchalik kam ovqat yesa, uning organizmi hazm qilishga shunchalik kam kuch sarflaydi.
🍀 Doimiy harakatda bo‘lish (faollik): Islomning 5 arkonlarining 3 tasi jismoniy faollikni talab etadi. Namoz – birinchi navbatdagi jismoniy harakat ko‘rinishidir, hajga borish hamda ro‘za tutish shular jumlasidandir. Payg‘ambarimiz doimiy harakatda bo‘lganlar hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida suzish, chavandozlik, merganlik bilan shug‘ullanganlar.
Albatta, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari salomatlik borasidagi muhim tavsiyalardir.
@Mezanauz

#bilasizmi
Ahmad ibn Hanbal qanday qilib Ahmad ibn Hanbal bo‘ldilar, bilasizmi?
Keling, o‘zlaridan eshitaylik:
"Onam menga o‘n yoshimda Qur’oni karimni yodlatdilar. Har kuni bomdod namozidan oldin uyg‘otar, tahorat qilishim uchun suv isitar edilar. Uyimiz masjidga uzoq bo‘lgani uchun har kuni bomdod namoziga o‘zlari olib borar edilar".
Allohu Akbar! Hozir ham ana shunday onalar bormi? Farzandingiz buyuk bo‘lishi uchun siz ham juda ko‘p fidokorlik qilishingiz kerak. Ana shunda, insoniyatga, ummatga foyda keltirgan bo‘lasiz. Alloh taolo onalar ichidan ana shunday Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhudek buyuk imomlarni tarbiyalaydigan onalarni chiqarsin.

Qur’oni Karimda 8 xil shamol zikr qilinadi. Bulardan to‘rttasi rahmat, to‘rttasi azob shamolidir.
Rahmat shamollari: an-Noshirot, al-Mubashshirot, al-Mursalot, az-Zoriyot.
Azob shamollari: al-Aqiym, as-Sarsar (bu ikkisi yerdagi shamollardir), al-Osif va al-Qosif (bu ikkisi dengizdagi shamollar).
Ibn Kasir, "Tafsirul Qur’anil Aziym", 6-jild, (Rum surasining 48-51 oyatlari tafsiri).
Rahmat shamollarining ko‘plikda, azob shamollarining esa birlikda zikr qilinishining hikmati: Alloh taoloning rahmatining g‘azabidan o‘zib ketganidir.
Oyat:
ورحمتي وسعت كل شَيء
"Rahmatim — mehribonligim esa hamma narsadan kengdir". (A’rof surasi, 156-oyat)
Qudsiy hadis:
إن رحمتي سبقت غضبي
"Rahmatim g‘azabimdan ustun keldi". (Buxoriy, 7453)
Internet sarhadlaridan.

Одобни 30 йил ўргандим, Илмни 20 йил
Абдуллоҳ ибн Муборак
Савдогарлар устози китобидан.
@MubashshirAhmad
Абдуллоҳ ибн Муборак
Савдогарлар устози китобидан.
@MubashshirAhmad
Ramazon muborak bo'lsin dindoshim
Bizni yana Ramazonga yetkizgan Robbimizga O'zining ulug'ligicha hamd bo'lsin!
Bu oyning har kun, har soatidan unumli foydalanib, Jannatni o'zimizga vojib qilib olish barchamizga nasib etsin.
@mezanauz

"Qayiq ro'zasi" yohud irodani tarbiyalash (1-qism)
Bola tarbiyasi unga zo'raki muomala o'rgatish emas, uning irodasini chiniqtirish bo'lib, boshqacharoq aytsak, bolaga ichki intizomni o'rgatishdir.
Hozirgi kunda aksariyat ota-onalarning farzandidan qilayotgan shikoyati zamirida bolaning ichki intizomga ega bo'lolmagani yotadi.
"Bu bola nega yarim soatgina jim o'tirib darsini qilmaskin-a?..."
Chunki uning irodasi bo'sh, ichki intizomi yo'q, qandoq qilib yarim soat dars qilsin! Bunga uning kuchi yetmaydi.
"Nega bu bola xuddi suyak topib olgan laycha kabi qizlarning ketidan qolmaydi?.."
Chunki o'ziga kuchi yetmaydi. Irodasi kamlik qiladi. Hissiyotlarini nazorat qilolmaydi. Ichida paydo bo'layotgan tuyg'uning asiriga aylanaveradi, shuning uchun.
"Bu bola nega namoz o'qiy olmayotgan ekan?..." O'qiy olmaydi-da. Ruhining kuchi badaniga yetmaydi-da, shunga.
Misollarni yana qatorlashtirishingiz mumkin.
"Nega bu bola o'z xonasini yig'ishtirmaydi?"
"Nega bu bola o'z vaqtida uxlamaydi?"
"Nega bu bola jahlini bosa olmaydi?"
Chunki irodasi zaif, shuning uchun...
Iroda nima o'zi?
Pedagogikada "Iroda" deb bolaning qiyinchiliklarga qarshi o'zida kuch topa olishiga aytiladi. Iroda insonning o'ziga kuchi yetishidir. Iroda o'zini qo'lga ola bilmoqdir.
Bolada kuchli iroda qanday paydo qilinadi?
2-qismga o'tish 👈🏻
3-qismga o‘tish 👈🏻

Рамазон – ўзгариш ва ўзгартириш имконияти 1-qism
Муборак Рамазон ойи ҳам келди. Рамазон келмасидан аввал уни интизорлик билан кутувчилар бор ва шунинг учун муборак ой учун режалар олдиндан тузилиши керак. Кўпчилик кўп умид ва режаларни Рамазон ойи билан боғлашади.
Ой эндигина кирганида дилдаги ниятларимиз, дуоларимизни айтиш, амалга ошириш учун ҳали вақт борга ўхшайди. Аммо, аслида, бунинг акси бўлиб чиқади: ой тез ўтиб кетади ва баъзида режалаштирган ишларимизнинг ярмини ҳам бажаришга вақт етмай қолади. Шунинг учун, бу муборак ойни тўғри режалаштириш ва фойда билан ўтказиш имконини берадиган бир нечта маслаҳатлар билан ўртоқлашмоқчимиз.
Келинг, бироз мулойим бўлайлик!
Жарир ибн Абдуллоҳ розияллоҳу анҳу ривоят қиладилар:
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким мулойимликдан маҳрум бўлса, барча яхшиликдан маҳрум бўлибди» , дедилар». (Имом Абу Довуд ривояти).
Мулойимлик, меҳрибонлик энг ёмон хислатнинг давосидир ва инсоннинг гуноҳлари кечирилишига сабабдир. Дарҳақиқат, Аллоҳ бандаларига нисбатан меҳрибон ва раҳмли бўлиб, одамлардаги бу хусусиятни жуда яхши кўради.
Афсуски, ҳамма ҳам бундай фазилатга эга эмас, демак, биз уни эгаллаш устида ишлашимиз керак. Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам Оиша розияллоҳу анҳуга юзланиб дедилар: “Эй Оиша, мулойим бўл. Шубҳасиз, мулойимлик ҳар нарсада бўлса, уни зийнатлайди ва у нимадан суғуриб олинса, айбли қилади”, дедилар, (Абу Довуд, Имом Муслим).
Ҳар биримиздан кимдир ўрнак олади. Бу бизнинг фарзандларимиз, қариндош ёки дўстларимиз бўлиши мумкин.
Энди ўзингиз ўйлаб кўринг, ўз устимизда ишламасак, уларга қандай намуна кўрсатамиз? Нуқсонлардан пок бўлиш учун Рамазон ойидан кўра ҳам яхшироқ вақт борми? Шунинг учун ҳам муборак Рамазон ойида маънавий камчиликларимизни бартараф этиш учун бор куч-ғайратимизни ишга солишимиз ва албатта муваффақиятга эришишга ишонишимиз керак!

Рамазон – ўзгариш ва ўзгартириш имконияти 2-qism
Кўпроқ табассум қилинг!
Рамазон ойида сиз одамларга муносабатингизни тубдан ўзгартиришингиз ва, албатта, уларга тез-тез табассум қилишингиз керак. Абу Зарр розияллоҳу анҳу ривоят қиладилар: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:
«Биродарингнинг юзига табассум билан боқишинг ҳам садақадир», (Термизий).
Ўйлаб кўринг, азизлар, биз ўз савоб ишларимизни қанчалик осонлик билан қўлга киритишимиз мумкин, ҳатто яқин ва азизларимизга табассум билан ҳам. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам худди шундай қилганлар, бунга кўплаб ҳадислар гувоҳлик беради.
Жарир розияллоҳу анҳу Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳузурларига тўсиқсиз кира олар, у зотнинг ишончларини қозонган эди. Уни ҳар кўрганларида Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам табассум қилардилар.
Айтганча, табассум бизнинг кайфиятимизни яхшилаши билан ҳам фойдалидир. Биз табассум қилсак, мушакларимиз бўшашади, қон оқими яхшиланади ва танани кислород билан тўлдиради. Табассум қилганда, диафрагма мушакларини ривожлантирамиз ва ўпкадаги ҳаво вентиляциясини кучаяди.
Юқорида айтилганлардан келиб чиқиб, яна бир бор эслатиб ўтаман: яқинларингизга имкон қадар тез-тез табассум қилинг, шунда сиз нафақат уларни, балки ўзингизни ҳам хурсанд қиласиз!
Арзимас нарсалар ҳақида қайғуришни бас қилинг
Рамазон ойида асосий нарсаларга эътибор қаратиш жуда муҳимдир. Асосийси, рўзани Аллоҳ таолонинг розилиги ва мағфиратига сазовор бўладиган тарзда ўтказишдир.
Ислом дини ҳар бир диндор учун ҳаёт тарзидир. Қудратли Яратувчига банданинг ибодати эса ...
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинди, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:
“Одам боласининг ҳар бир яхши амалига ортиғи билан мукофот берилади. Бир яхшиликка ўн баробардан то етти юз баробаргача савоб берилиши мумкин. Аллоҳ айтадики: илло, рўза бундан мустаснодир. Чунки рўза Мен учун ва унга Ўзим ажр бераман. Рўзадор Мени деб шаҳвати ва таомидан воз кечади. Рўзадорга икки марта шодлик бор. Бири ифторлик чоғида, иккинчиси Роббисига йўлиққан чоғда. Шубҳасизки, рўзадорнинг оғзидан чиққан ҳид Аллоҳнинг наздида мушки анбарнинг хушбўйидан ҳам яхшироқдир. Рўза қўрғондир. Қайси бирингиз рўза тутган бўлса, бировни ҳақоратламасин ва овозини кўтариб бақирмасин. Уни биров сўкса ё урушса, унга: “мен рўзадорман”, десин”. (Бухорий ва Муслим).
Маълумки, рўзанинг бошқа хайр-эҳсонлардан фарқи шундаки, намоз, садақа ёки ҳаж каби бошқа ибодат турларидан фарқли равишда рўзада ёлғон ва риё камроқ бўлади. Охир-оқибат, биз рўза тутяпмизми ёки йўқми, буни ўзимиз айтмагунимизча, ҳеч ким била олмайди.
Кўриб турганимиздек, Рамазон ойи бутун дунё мусулмонлари учун ҳақиқий хазинадир. Шундай экан, келинг, ботиний дунёмизни ўзгартириш ва бошқаларни ижобий руҳият улашиш имкониятини қўлдан бой бермайлик.

Рамазонда бўлмаса қачон?
Кеча кечқурун ёзганларимни тартибга солаётиб, уларнинг орасида бир ҳадис ёзилган қоғозга кўзим тушди. Анас ибн Моликдан ривоят қилинган мазкур ҳадисда шундай дейиларди:
"Мана яна Рамазон келди. Бу ойда жаннат эшиклари очилади, дўзах эшиклари эса, ёпилади ва шайтонлар занжирбанд қилинади. Мана шундай Рамазон ойига етишиб туриб ҳам гуноҳларидан покланиб ололмаганнинг ҳолига вой бўлсин! Рамазон ойида гуноҳларидан покланиб олмаса, қачон покланади ахир?!" (Табароний ривояти)
Ушбу ҳадиси шарифни ўқиб, аввалига севиндим. Кейин эса, ундаги бир жумла устида ўйланиб қолдим. Ана шу биргина жумладан туйган ҳиссиётларимни Сиз билан ўртоқлашмоқчиман.
"Рамазон ойида гуноҳларидан покланиб олмаса, қачон покланади ахир?!" Бу хитоб айниқса, умрининг хазонрезги мавсумида яшаётган, ҳаёт йўлининг сўнгги бекатлари кўриниб қолганлар учун таъсирчан эслатма, огоҳлантиришдир. Сизни билмадиму, аммо мен ҳадисдаги "бўлмаса қачон ахир?" саволичалик ўйга толдирадиган, кўнгилга хавотир ва изтироб соладиган бошқа саволни билмайман.
Гуноҳлар тўзонида ғубор босиб, қорайган умр дафтарини тозалаш имкони туғиладиган мавсумга – Рамазон ойига ишора қилиб, ачинарли хотима эҳтимолидан огоҳ этадиган сўроқ бу...
Нима қилиб бўлса-да, мана шу ойда гуноҳлардан покланиб олиш лозимлигини уқтирадиган, "бунинг учун ушбу ойдан қулай фурсат йўқ", деган маънони ўз замирига яширган савол бу...
Бу савол мени туртиб, жаҳолат мастлигидан ҳушёр, ғафлат уйқусидан бедор қилди.
Сиз-чи, азиз дўстим, Сиз таъсирланмадингизми ҳадисдаги бу хитобдан? Сиз ҳам хавотирга тушмадингизми? Ўзингизга ўзингиз "Шошма", дея бир дам тафаккурга чўммадингизми? Ёки бу йўлга ўзингизни тайёр деб ҳисоблайсизми? Ҳар бир амал ниятга боғлиқ дейилганидек, мағфират ёмғирида бошдан-оёқ покланишга ҳозирмисиз? Хотимангиздан хотиржамдирсиз балки? Агар шундай бўлса, Сизнинг бу хотиржамлигингиз ҳавасга, ҳатто, ҳасадга лойиқ!
Бироқ мен ҳамон "бўлмаса қачон ахир?" деган хитобдан ва у эсга соладиган абадий бадбахтлик эҳтимолидан, гуноҳлардан поклана олмай қолишдан, раҳмат мавсумида қақроқ лаб билан сувсиз қолиб кетишимдан қўрқяпман. Умидим шамчироғи хавотирим хуфтонини ҳеч ёрита олмаётир. Хуллас, қўрқяпман, дўстим, қўрқяпман.
"Бўлмаса қачон ахир?" Қанийди бу саволга: "Шу Рамазонда, ҳа-ҳа, албатта мана шу Рамазон ойида!" – деб жавоб бера олсайдим ва уни амалга оширишга шаҳд билан шайлансайдим, бундан ўзимни жуда бахтиёр ҳис қилардим.
Нима дейсиз, дўстим, Сиз бу йўлда мени эзгу ниятларингиз, дуоларингиз билан қўллаб турасизми? Мен эса ана шу "бўлмаса қачон ахир?" сўроғи ҳеч қачон Сизга тегишли бўлиб қолмасин, деб дуо қиламан. Илоҳим, ушбу Рамазон мағфиратингиз шони, покланишингиз нишони бўлсин, дейман. Сўзимнинг ниҳоясида яна бир марта ўзимдан сўрайман:
"Покланиш Рамазонда бўлмаса, қачон ахир?"
Содиқ Носир

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida
1. Hijratdan avvalgi 15 yil, ramazon oyi (mil. 608 yil avgust-sentyabr):
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qamariy 38 yarim yoshlarida xalqdan uzilib, Hiro g‘orida “tahannus” va “muroqaba” ibodatlarini ado eta boshladilar.
2. Hij. av. 14 yil, ramazon oyi (mil. 608 yil avgust-sentyabr):
– Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qamariy 39 yarim yoshlarida Hiro g‘oridagi ibodatlarini davom ettirdilar.
3. Hij. av. 13 yil, ramazon, dushanba kechasi (mil. 610 yil avgust):
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qamariy 40 yarim yosh (shamsiy 39 yosh-u uch oylik) bo‘lganlarida payg‘ambar bo‘ldilar va Qur’oni karim nozil bo‘la boshladi.
4. Hij. av. 9 yil, ramazon oyi (nubuvvatning 5 yili / mil. 614 yil iyun-iyul):
– Mashhur “Gʻaroniq” voqeasi bo‘lib o‘tdi.
5. Hij. av. 4 yil, ramazon oyi (nubuvvatning 10 yili / mil. 619 yil aprel-may):
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib ibn Abdulmuttalib olamdan o‘tdi;
– Xadicha onamiz roziyallohu anho oltmish besh yoshlarida vafot etdi.
6. Hijriy 1 yil, ramazon oyi (mil. 623 yil mart):
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hamza ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu boshchiligida o‘ttiz kishilik muhojirlar jamoasini Qurayshning Shomdan kelayotgan Abu Jahl boshliq uch yuz kishilik karvonini qarshi olish uchun yubordilar (bu harbiy yurish Islom tarixida “Siyful bahr” sariyasi deb nomlangan);
– Bir rivoyatga ko‘ra, azon ham mana shu oyda joriy qilingan
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar 2-qism
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida
1. Hijriy 2 yil, ramazon oyi (mil. 624 yil 25 fevral)
– Musulmonlar ilk bor Ramazon ro‘zasini tutdilar.
2. Hijriy 2 yil, 17 ramazon (mil. 624 yil 12 mart)
– Katta Badr g‘azoti bo‘ldi (bu g‘azotga yana “Ikkinchi Badr” ham deyiladi);
– Badr jangidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikkinchi qizlari Ruqayya roziyallohu anho vafot etdi.
4. Hijriy 2 yil, ramazon oyi oxiri (mil. 624 yil)
– Ramazon hayiti namozini o‘qish va uni bayram qilib, nishonlash buyurildi.
5. Hijriy 3 yil, ramazon oyi (mil. 625 yil fevral oxiri yoki mart boshi)
– Bir rivoyatga ko‘ra, Imom Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo tug‘ilgan.
6. Hijriy 5 yil, ramazon oyi (mil. 627 yil fevral)
– Ahzob jangiga tayyorgarlik qilish maqsadida, xandaq qazish ishlari boshlab yuborildi.
7. Hijriy 6 yil, ramazon oyi (mil. 628 yil yanvar-fevral)
– Qurg‘oqchilik yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taolodan istisqo ya’ni, yomg‘ir so‘rab, duo qilganlarida, yomg‘ir yog‘di;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq (yoki Zayd ibn Horisa) roziyallohu anhumo boshchiligidagi sariyani Quro vodiysiga yubordilar.
8. Hijriy 7 yil, ramazon oyi (mil. 629 yil yanvar)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Gʻolib ibn Abdulloh Laysiy roziyallohu anhu boshchiligidagi 130 kishilik sariyani Mayfa’adagi Banu Uvol va Banu Abd ibn Sa’laba qabilalariga (yoki Juhaynadagi Huraqotga) yubordilar.

Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar 3-qism
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida
1. Hijriy 8 yil, 1 ramazon (mil. 629 yil 22 dеkabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Qatoda ibn Rib'iy roziyallohu anhu boshchiligidagi sakkiz kishilik sariyani Madinadan uch barid (66,528 km) uzoqlikdagi Batni Izom dеgan joyga yubordilar (bu Makkani fath qilish uchun yurish yo‘nalishini atrofdagilardan yashirish va odamlar diqqatini boshqa tarafga burish maqsadida qilindi. Ushbu sariya yo‘lga chiqib, aytilgan tomonga yetib borganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Makkaga qarab yo‘lga chiqqanlarini bildilar va yo‘lni o‘zgartirib, u zotning ortlaridan yetib oldilar).
2. Hijriy 8 yil, 10 ramazon (mil. 629 yil 31 dеkabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n ming sahobadan tashkil topgan qo‘shin bilan Madinai munavvaradan Makkaga qarab yo‘lga chiqdilar;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu oila-a'zolari bilan Makkadan Madinaga hijrat qilib kеtayotganlarida, Makka bilan Madinaning qoq o‘rtasidagi Juhfa dеgan joyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashdi.
3. Hijriy 8 yil, 17 ramazon (mil. 630 yil 7 yanvar)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sеshanbaga o‘tar kеchasi Makka chеgarasidan o‘n ikki mil (22,176 km) uzoqlikda joylashgan Marruz Zahronda tunab, lashkarga gulxan yoqishni buyurdilar va o‘n mingta gulxan yoqildi;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga kirishlaridan oldin Abu Sufyon ibn Harb, Hakim ibn Hizom va Budayl ibn Varqo roziyallohu anhumlar musulmon bo‘lishdi;
– Ertasi tong paytida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan Marruz Zahrondan Makkaga qarab yo‘l oldilar va Makkaga kirib, uni fath qildilar;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka'ba ichiga kirib namoz o‘qidilar, so‘ng Quraysh oldiga chiqib, xutba qildilar;
– namoz vaqti bo‘lganida, hazrat Bilol roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyruqlari bilan Ka'ba ustiga chiqib azon aytdi;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka mushriklarining barcha qilmishlarini kеchirdilar va ular yoppasiga Islomni qabul eta boshlashdi.
4. Hijriy 8 yil, 25 ramazon (mil. 630 yil 15 yanvar)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni o‘ttiz otliq bilan Quraysh va barcha Banu Kinonaliklarning Uzzo nomli eng katta butini buzish uchun Naxlaga yubordilar;
– shu oy oxirlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Os roziyallohu anhuni Makkaning shimoli-sharqidagi 150 km uzoqlikda Rihot dеgan yerda joylashgan Huzayl qabilasining Suvo' nomli butini buzib kеlish uchun yubordilar;
– shu oyning oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa'd ibn Zayd Ashhaliy roziyallohu anhuni yigirma otliq bilan Avs, Xazraj, G‘asson va boshqa qabilalarning Manot nomli butini buzish uchun Qudaydning Mushallal dеgan joyiga yubordilar.
5. Hijriy 9 yil, ramazon oyi (mil. 631 yil)
– Toif shahrining aholisi Saqif qavmi Islomni qabul qilish maqsadida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga elchilarini jo‘natdi.
6. Hijriy 10 yil, ramazon oyi (mil. 631 yil dеkabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur'oni karimni Jabroil alayhissalomdan har yili ramazonda bir bor o‘tkazganlari holda, ushbu oxirgi ramazon oyida ikki marta o‘tkazdilar.
7. Hijriy 10 yil, 11–30 ramazon (mil. 631 yil 10–29 dеkabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu oxirgi ramazon oyida yigirma kun e'tikofda o‘tirdilar (holbuki, oldin har yili ramazon oyida faqat o‘n kun o‘tirar edilar).
8. Hijriy 10 yil, 11–30 ramazon (mil. 631 yil 10–29 dеkabr)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan kеyin
1. Hijriy 11 yil, ramazon oyi (mil. 632 yil noyabr-dеkabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kichik qizlari Fotimai zahro roziyallohu anho olamdan o‘tdi.
2. Hijriy 13 yil, ramazon oyi (mil. 634 yil noyabr)
– Iroqda Musanno ibn Horisa roziyallohu anhu boshchiligidagi musulmon qo‘shini bilan Fors majusiylari o‘rtasida Buvayb jangi bo‘lib o‘tdi. Natijada, majusiylarning shavkati sinib, Iroq va Fors davlatlari fath qilindi.
3. Hijriy 15 yil, ramazon oyi[5] (mil. 636 yil oktyabr-noyabr)
– Hazrati Umar roziyallohu anhu xalifaligi davrida Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu qo‘mondonligidagi musulmon qo‘shini Iroqda forslar ustidan Qodisiya jangida g‘alaba qozondi va Fors sarkardasi Rustam o‘ldi.
4. Hijriy 20 yil, ramazon oyi (mil. 641 yil avgust-sеntyabr)
– Misrning qadimgi poytaxti Fustot shahrida fotih Amr ibn Os roziyallohu anhu masjidi qurib bitkazildi.
5. Hijriy 37 yil, ramazon oyi (mil. 658 yil fеvral-mart)
– Siffin jangidan so‘ng hazrati Ali roziyallohu anhu tarafidan hakamlikka tayinlangan Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhu bilan Mu'oviya roziyallohu anhu tarafidan hakamlikka tayinlangan Amr ibn Os roziyallohu anhu Davmatul Jandal nomli joyda uchrashishdi;
– Hazrati Ali roziyallohu anhu Muhammad ibn Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhumoni Misrga voliy etib tayinladi.
6. Hijriy 40 yil, 17 ramazon (mil. 661 yil 23 yanvar)
– Hazrati Ali roziyallohu anhu vafot etdi;
– Ertasi kuni imom Hasan ibn Ali roziyallohu anhumoga bay'at bеrildi.
7. Hijriy 48 yil, ramazon oyi (mil. 668 yil oktyabr-noyabr)
– Shimoliy Afrika voliysi Uqba ibn Nofе' rahmatullohi alayh hozirgi Tunis davlatidagi Qayravon shahrini Rum va salbchilarning hujumlariga qarshi mustahkam qo‘rg‘on qilishga farmon bеrdi.
8. Hijriy 49 yil, ramazon oyi (mil. 669 yil oktyabr)
– Imom Hasan roziyallohu anhu vafot etdi.
9. Hijriy 50 yil, ramazon oyi (mil. 670 yil sеntyabr-oktyabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Safiya onamiz roziyallohu anho Madinai munavvarada vafot etdi.
10. Hijriy 51 yil, ramazon oyi (mil. 671 yil sеntyabr-oktyabr)
– Shimoliy Afrika voliysi Uqba ibn Nofе' rahmatullohi alayh boshchiligida Qayravon masjidi qurildi.
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan kеyin
1. Hijriy 53 yil, ramazon oyi (mil. 673 yil avgust-sеntyabr)
– O‘rta Yer dеngizidagi Rum impеriyasiga qarashli Rodos oroli sarkarda Junoda ibn Abu Umayya Azdiy boshchiligida fath qilindi.
2. Hijriy 58 yil, 17 ramazon (mil. 678 yil 12 iyul)
– Oisha onamiz roziyallohu anho oltmish olti yoshida Madinai munavvarada vafot etdi va Baqi' qabristoniga dafn qilindi
3. Hijriy 65 yil, ramazon oyi (mil. 685 yil aprеl-may)
– Umaviy xalifalarning to‘rtinchisi Marvon ibn Hakam rahmatullohi alayh Damashqda vafot etdi va o‘g‘li Abdulmalik ibn Marvon rahmatullohi alayhga bay'at bеrildi.
4. Hijriy 91 yil, ramazon oyi (mil. 710 yil iyul)
– Sarkarda Tarif ibn Molik rahmatullohi alayh boshchiligida Andalus davlatini fath qilish harakati boshlandi
5. Hijriy 92 yil, ramazon oyi (mil. 711 yil iyun-iyul)
– Ispaniyaning janubi-g‘arbida joylashgan Shazuna shahri sarkarda Toriq ibn Ziyod rahmatullohi alayh boshchiligida fath qilindi. Natijada, musulmonlar uchun Andalus davlatining eshiklari ochildi.
6. Hijriy 93 yil, ramazon oyi (mil. 712 yil iyun-iyul)
– Sarkarda Muso ibn Nasir rahmatullohi alayh Ishbiliya (Sеvilya) va Tulaytila (Tolеdo) shaharlarini fath qildi. Natijada, Andalus davlati to‘liq fath etildi.
7. Hijriy 95 yil, ramazon oyi (mil. 714 yil may-iyun)
– Iroq voliysi zolim Hajjoj ibn Yusuf Saqafiy 54 yoshida o‘ldi.
8. Hijriy 96 yil, ramazon oyi (mil. 715 yil may-iyun)
– Sind o‘lkasi (Pokiston) mashhur sarkarda Muhammad ibn Qosim rahmatullohi alayh boshchiligida fath qilindi.
9. Hijriy 181 yil, ramazon oyi (mil. 797 yil oktyabr-noyabr)
– Imom Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh vafot etdi.
10. Hijriy 223 yil, ramazon oyi (mil. 838 yil iyul-avgust)
– Abbosiy xalifalarning sakkizinchisi Muhammad Mo‘'tasim billoh ibn Horun Rashid rahmatullohi alayhimo Turkiyaning Ammuriya shahrini bir yuz ellik mingdan iborat qo‘shini bilan fath qildi.
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ibodatning nazariy va amaliy tomonlari boʻladi. Bolalar ham bilimga, ham koʻrib oʻrganishga ehtiyoj sezadi. Biz yo bolamizga faqat bilim berib, oʻzimiz oʻrnak boʻlishni unutamiz, yoki ibodatlarimizni oʻzimiz qilib, bolaning bu boradagi qiziqishlarini qondiradigan bilimlar berishda nuqsonga yoʻl qoʻyamiz.
Roʻza haqida gap ketganida esa Ramazon kelmasidan oldin bolalarimizga u haqida maʻʻlumot berishimiz kerak.
Bunday maʻʻlumot berish asnosida bolaga roʻza ibodati oʻtmishda boshqa paygʻambarlarga ham buyurilgani, roʻza tutsak, Alloh bizni juda ham yaxshi koʻrishi, roʻza bizni intizom va tartibga oʻrgatishi, och va chanqoq qolish bilan kambagʻal-bechoralarning ahvolini tushunimiz, tanamiz yilda bir marta roʻza vositasida tozalanib olishi kabilar haqida gapirib berish mumkin.
Umuman olganda, bolalar roʻza tutishni xohlashadi. Uyda hamma kattalar saharlikka turishini bilib, uning ham turgisi, oila davrasida saharlik qilgisi keladi. Unga farz boʻlmasa ham, koʻnikma hosil boʻlishi uchun saharlikka turgisi kelsa, uygʻotish, chidaganicha roʻza tutishiga imkon berish kerak.
Bolada roʻza tutishga koʻnikma hosil qilishning bir qancha usullari bor. Misol uchun, saharlikka turib, kattalar bilan roʻza tutgan bola, peshinga borib qorni ochib yoki chanqab qolishi mumkin. Shunday paytda oshxonada koʻzdan pana joy hozirlab, ovqat va choy qoʻyib qoʻyilsa va bolaga onasi yosh bolalar roʻzani “ulab” tutsa ham boʻlaverishini, hech kimga koʻrinmay ovqat eb olib keyin yana roʻzasida davom etaverishi mumkinligini tushuntirsa, bolaning bu ibodatga shavqi pasaymaydi, aksincha ortadi.
Saharlikka uxlab qolgan bola kattalar bilan roʻza tutolmaganidan xafa boʻlsa, uning koʻngli uchun va asosiysi, koʻnikmasi shakllanishi uchun biror mahal namoz, aytaylik, peshinga azon chaqirgunicha eb-ichishi, undan keyin shomgacha “roʻza tutishi” mumkinligini aytish mumkin. Agar buncha vaqt och yurishga chidolmasa, asrdan keyin ham “roʻza” tutaversin. Muhimi, bu ibodatning fazilatidan, fayzidan bahramand boʻlsin. Ulgʻayib, balogʻatga etgach, risoladagidek roʻza tutishi oson kechadi.
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. Рўза тутган кишининг тақводорлиги зиёдалашади. Аллоҳ таоло Қуръони каримда рўзани олдинги умматларга фарз қилганидек, ушбу уммати Муҳаммадийяга ҳам фарз қилганини айтиб, оятнинг сўнгида албатта тақводор бўласизлар деб таъкидлади.
Рўза туфайли инсонда Роббисини кўриб турганлигини ҳис қилиш кучи, У зотдан қўрқиш ҳисси янада зиёдалашади. Рўза тутиш билан банда Роббисига бўйсуниб, буйруғига “лаббай”, деб итоат қилган бўлади.
2. Рўза кўзни номаҳрамларга назар солишдан сақловчи, ёмонликларга ундовчи шайтоний нафсини сусайтирадиган асосий омиллардандир. Чунки унинг ёрдамида инсон нафсининг ҳар қандай хоҳиш-истакларига ғолиб келади. Бу билан инсоннинг қийинчилик, машаққатларга бардош бериш, сабр қилиш тажрибаси ошади.
3. Рўзанинг яна бир ҳикмати ночор, мискин, фақирларни ҳолатини эслатишдир. Ким оч, чанқоқ бўлмас экан, фақирлар чекадиган қийинчиликларни қаердан билсин! Рўза тутган инсон очлик, чанқоқлик аламини тотиб кўриб, бечора ҳолдагиларни қандай кун кечираётганини яхши билади.
Ҳаёт турмушимизда тўкин-сочин, фаровон ҳаёт кечирар эканмиз, кўп ҳолатларда, қариндош-уруғ, қўни-қўшни, атроф-муҳитда инсонларнинг ҳолати қай даражада кечаётганини, лоақал бир маротаба эслаб қўйиш ёдимиздан кўтарилиб қолади.
Кўча-кўйда, автобусда, метрога тушганимизда бозорга борганимизда, умуман олганда кўплаб ўринларда ибрат олишимиз керак бўлган ҳолатларга дуч келамиз-у, лекин эътибор бермасдан ўтиб кетамиз.
Шунинг учун ҳам халқимизда “Қорни тўқнинг қорни оч билан нима иши бор” деган ибора ишлатилади. Ҳақиқатдан ҳам баъзида бечораҳол кишиларнинг олдидан ўтиб кетадиган бўлсак, улар ҳам биз каби инсон, улар ҳам биз каби фаровон ҳаёт кечиришни исташларини, уларнинг олдиларидаги жажжи фарзандлари, бизларнинг фарзандларимиз каби ота-онанинг меҳрига, атрофдагиларнинг эътиборига лойиқ эканларини унутиб қўямиз.
Ҳа азизлар, инсон унутувчан ва баъзан ношукур бўлади, чунки кеча яқинда ўзининг ҳолати ҳам шундай бўлганини, ўзи ҳам бошқаларнинг кўмагига муҳтож бўлганида мен ҳам қачон ўзгаларга ўхшаб кўнглим тусаган нарсани ейман, деб Аллоҳ таолога дуо қилиб ёлворганини унутиб қўяди.
Ёки бўлмаса, умри давомида тўқчиликда яшаб, тақдири илоҳий билан ўзининг бошига ҳам шундай кунлар тушиб қолиши мумкинлиги ҳақида ўйлаб ҳам кўрмайди. Шунинг учун ҳам юқорида таъкидлаб ўтганимиздек, рўза инсонни мурувватли қилади, ўзгараларга, хусусан бечора ҳолларга эътибор қаратишга ундайди. Ким ўзида раҳм-шавқат сифатини шакллантириш ва мустаҳкамлашни хоҳласа рўза тутсин!
4. Яна бир ҳикмати узоғ-у яқиндаги барча мусулмонларни Рамозон ойида рўза тутишга бирлаштиришдир. Бир вақтда рўзани ният қилиб, бир вақтда рўзаларини очадилар. Шу билан ҳам маънан, ҳам ҳиссан барча умматнинг якдиллиги рўёбга чиқади.
5. Рўзанинг навбатдаги ҳикмати бадан учун сиҳат-саломатлик гаровидир. Рўзадор рўза сабабли, ўз соғлигини тиклаб олади. Бугунги кунга келиб бутун дунёда рўза нафақат соғлиқни сақлаш учун, балки беморларни даволаш учун ҳам ўта зарур омил эканлиги ошкора айтилмоқда.
Яқинда Россия олимлари рўза тутиш йўли билан даволанган беморлар рўйхатини эълон қилишди. Натижа кишини ҳайратга соладиган даражада муваффақиятли эди. Ҳатто саратон касалига мубтало бўлганлар ҳам мана шу йўл билан шифо топишибди.
Рўза турли касалликларга даво бўлиши билан бирга бадандаги ёмон, кераксиз ёғларни, холерик-сафро, флагматик-балғам, сангвиник-қон, меланхолик-қора ўтларни кетказади. Қонни мусаффо қилади, ошқозонни яхшилайди. Натижада рўзадор анча енгиллашиб қолади, зеҳни ўткир, хотираси кучли, иродаси мустаҳкам бўлади. Кўплаб тиббиёт мутахассислари: “Рўза тутиш баданнинг соғлом ва қувватли бўлишига сабаб бўлади”, деб таъкидлайдилар.
6. Рўза тутган кишининг гуноҳлари тутган рўзаси сабабли мағфират қилинади.
7. Рўза тутган киши ўз рўзаси сабабли фаришталар сифати ила сифатланади. Маълумки, емаслик, ичмаслик ва жинсий яқинлик қилмай, доимо тоатда бўлиш фаришталарга хос сифатдир. Рўза тутган инсон ўзининг рўзадорлиги билан айнан ана шу сифатларга соҳиб бўлади.
Ғиёсиддин Ҳабибуллоҳ
@MubashshirAhmad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tasavvufga har qachongidan koʻra hozir muhtojroqmiz.
Ummatning tasavvufsiz tanazzuli.
Gʻazo fojealari fonidagi ahvolimiz
Biz aytayotgan tasavvuf siz tasavvur qilayotgan tasavvuf emas!”.
Shayx Mubashshir Ahmad domlaning Mezana xalqaro ilmlar akademiyasidagi talabalar bilan bo‘lgan suhbatlaridan

Laylatul qadr duosi
Abdulloh ibn Burayda roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Oysha roziyallohu anho aytadilar: “Yo Rasululloh, men Qadr kechasini topsam, nima deb duo qilaman, deya so‘radim”. U zot:
اللَّهُمَّ، إِنَّك عَفُوٌّ تُحِبّ الْعَفْو، فَاعْفُ عَنِّي
“Allohumma, innaka ’afuvvun tuhibbul ’afva, fa’fu ’anniy
Yo Alloh, Sen kechiruvchi Zotsan, kechirishni yaxshi ko‘rasan, mening (gunohlarim)ni afv et”, deb ayt”, dedilar (Imom Ahmad, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyatlari).

Musulmonlar hamisha orziqib kutadigan ushbu ikki hayit bayramiga taalluqli bir qancha odoblar bo‘lib, ularga amal qilish bu bayramlardagi xursandchiliklar to‘liq bo‘lishiga va eng muhimi, ko‘plab ajru savoblarga ham ega bo‘lishga sabab bo‘ladi. Hayit bayramlarining odoblari deganda asosan quyidagi odoblar tushuniladi:
Birinchi odob – ezgu niyat qilish
Ikkinchi odob – g‘usl qilish.
Uchinchi odob – xushbo‘ylanish.
To‘rtinchi odob – yangi kiyimlar kiyish
Beshinchi odob – Ramazon hayitida namozdan oldin sadaqai fitrni ado etish.
Oltinchi odob – Ramazon hayitida namozga chiqishdan oldin bir nechta xurmo yeb olish.
Yettinchi odob – Qurbon hayitida qurbonlik qilishdan oldin hech narsa yemaslik.
Sakkizinchi odob – hayit namoziga erta borish.
To‘qqizinchi odob – hayit namoziga bolalarni olib chiqish.
O‘ninchi odob – masjidga piyoda yurib borish.
O‘n birinchi odob – masjidga borguncha ovozni chiqarib tahlil va takbir aytib borish.
O‘n ikkinchi odob – hayit namozidan oldin boshqa biror nafl namoz o‘qimaslik.
O‘n uchinchi odob – hayit namozi uchun azon va takbir aytmaslik.
O‘n to‘rtinchi odob – hayit namozini xutbadan oldin o‘qish.
O‘n beshinchi odob – imomning jamoatga yuzlanib xutba qilishi.
O‘n oltinchi odob – qurbonlikni hayit namozidan keyin so‘yish.
O‘n yettinchi odob – bir-birlari bilan ko‘rishib, hayit bilan muborakbod etish.
O‘n sakkizinchi odob – masjiddan uyga qaytishda boshqa yo‘ldan qaytish.
O‘n to‘qqizinchi odob – qavmu qarindoshlarni ziyorat qilish.
Yigirmanchi odob – qo‘ni-qo‘shnilarni bayram bilan tabriklash.
Yigirma birinchi odob – yosh bolalarni xursand qilish.
Yigirma ikkinchi odob – turli isrofgarchiliklardan tiyilish.
(«Islom odoblari ensiklopediyasi» kitobidan)
@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM