Telegram Web Link
Yaponiyani Yaponiya qilganlar bugun qanday yashayapti?

Yaponiyada qisqa vaqtda erishilgan juda katta iqtisodiy yuksalish – 20-asrning iqtisodiy mo‘jizalaridan biri. Yapon jamiyati bugungi farovonlikka kimlarning xizmatlari evaziga erishilganini yaxshi tushungan holda, keksalarni parvarishlashga katta e’tibor qaratadi. Ya’ni millatni oyoqqa turg‘izgan avlod – hozirgi avlodning e’zozida.

Kun.uz ijodiy jamoasi Yaponiyaga safari davomida eng keksa mamlakatdagi keksalar bilan ishlash tizimini o‘rgandi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek yoshlarining qo‘shni davlatlarda “o‘qishi” – o‘z-o‘zini aldashmi?

YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston xorijda o‘qiyotgan talabalari soni bo‘yicha jahonda 5-o‘ringa chiqqan. Salkam 110 ming o‘zbekistonlik bugun xorijda ta’lim olyapti. Bu bo‘yicha mamlakatimiz Fransiya va AQShdan ham oldinda. Lekin yaltiragan har narsa oltin emas deganlaridek, talabalarning aksariyati qayerda va qanday OTMda o‘qiyotgani muhim.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Toshkent havosida kislorod yetishmovchiligi kuzatilgani aytildi

Havaskor tadqiqotchilardan biri poytaxtda havo tarkibidagi kislorodni o‘lchaganda miqdor 19,5 foizdan pasayib ketgani, aksincha azot miqdori sezilarli ortganini aniqlagan.

👉 https://kun.uz/09958631

Kun.uz rasmiy kanali
Maldiv orollari isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqlayapti

Maldiv orollari hukumati tavsiyasiga ko‘ra, bu mamlakat prezidenti isroilliklarning o‘z hududiga kirishini taqiqlashga qaror qildi. Qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak.

👉 https://kun.uz/30861738

Kun.uz rasmiy kanali
FT: Rossiya va Xitoy gaz narxi borasida kelishmovchiliklarga ega

Xitoy «Sibir qudrati 2»dan gazga narxni Rossiya Federatsiyasidagi ichki narxlar darajasida belgilashni talab qildi, deb yozadi FT. Moskva bunga qarshi.

👉 https://kun.uz/55785423

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil Baydenning rejasini qayta ishlash sharti bilan qabul qilishga tayyor

Netanyahu maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Isroil AQShning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga ochiq, biroq bu rejaning ko‘p tafsilotlari hali qayta ishlanishi kerak.

👉 https://kun.uz/37049352

Kun.uz rasmiy kanali
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti joriy yilda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi

Prezident va biznes vakillarining yillik muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi. U yerda xalqaro biznes-forum ham o‘tkaziladi. «Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting» dasturi doirasida yirik brendlarni respublikaga jalb etish rejalashtirilgan. Hududlardagi ishchi guruhlar bilan ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi.

👉 https://kun.uz/35012912

Kun.uz rasmiy kanali
Ahmadinajod Erondagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi

Keskin bayonotlari bilan mashhur bo‘lgan Eronning sobiq prezidenti yana qayta saylanish uchun ariza berdi. Yaqinda u Eron hukumatini kutilmagan tarzda tanqid qilib chiqdi.

👉 https://kun.uz/65360636

Kun.uz rasmiy kanali
Qatar O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etishni boshlaydi

Qatar mehnat vazirining ta’kidlashicha, mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, ta’lim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori.

👉 https://kun.uz/94438053

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada ko‘tariladi

Iyunning birinchi ish haftasida ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha quruq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat hafta boshida +32, keyinroq +35 darajagacha ko‘tariladi.

👉 https://kun.uz/75672248

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Falastinni tan olayotgan Ukraina, Baydenning otashkesim kelishuvi va hukmni kutayotgan Tramp - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan dam olish kunlari davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/50695857

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz qamoqqa olindi

Poytaxtning Yashnobod tumanida yashovchi 21 yoshli qizga ijtimoiy tarmoqda viloyatliklarni haqorat qilgani uchun ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. U qamoqqa olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

👉 https://kun.uz/59216145

Kun.uz rasmiy kanali
“Xonadonlarning uchdan bir qismida tabiiy gaz yo‘q” - Jamshid Qo‘chqorov

Deputat Doniyor G‘aniyev qish mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlar uchun belgilangan ijtimoiy limitni oshirish masalasini ko‘tardi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov xonadonlarning uchdan bir qismida tabiiy gaz yo‘qligini tan olib, bu masala ustida ish olib borilishini aytdi.

👉 https://kun.uz/06959721

Kun.uz rasmiy kanali
CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi konsorsium tuzilishi mumkin

Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston temiryo‘llarining qo‘shma tashabbusi – CASCA+ ishtirokchilari Toshkentda yig‘ildi. Xitoyni Yevropa bilan bog‘laydigan yo‘lak faoliyatini muvofiqlashtirish uchun konsorsium tuzish, tez buziladigan meva-sabzavotlarni refrijyerator konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda.

👉 https://kun.uz/21567117

Kun.uz rasmiy kanali
Gruziyada “chet el agentlari” haqidagi bahsli qonun kuchga kirdi

Qonun parlament spikeri Shalva Papuashvili tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kirdi. Avvalroq hukmron partiya rezonansga sabab bo‘lgan hujjatga prezident tomonidan qo‘yilgan vetoni bekor qila olgandi. Endilikda budjetining 20 foizdan ortig‘i xorijiy manbalarga to‘g‘ri keladigan NNTlar va OAVlar “chet el agenti” hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/33858422

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sherzodxon Qudratxo‘ja: Ikki xonali kvartiralarda ochilgan OTMlarning diplomi O‘zbekistonda tan olinmaydi

O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja Kun.uz bilan suhbatda qo‘shni davlatlarga borib ta’lim olayotganlar ko‘payganiga to‘xtalib, bunda asosiy maqsad bilim olish emas, faqat diplom ekaniga e’tibor qaratdi. Lekin bu diplomlar O‘zbekistonda tan olinishi uchun bitiruvchilar imtihondan o‘tishi kerak. “To‘rt yil o‘qimagan bola qanday test topshiradi, essiz pullari”, – deydi u.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
May oyida elektr va gazdan foydalanishdagi qoidabuzarliklar bo‘yicha salkam 500 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

O‘tgan oyda “O‘zenergoinspeksiya” energoresurslardan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 489 ta ma’muriy ish rasmiylashtirgan. Shu kunlarda Zominda 207,6 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘rilaganlikda gumonlanayotgan fermer xo‘jaligi mas’ullari va boshqalar ustidan tergov ketmoqda.

👉 https://kun.uz/10531106

Kun.uz rasmiy kanali
Xarkivga zarba. Besh qavatli uy vayron bo‘lgan

Urushning 830-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/99260951

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent shahri hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari ishdan olindi

Prezident poytaxt hokimligini turizm bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqmayotgani uchun tanqid qildi. Hokimning turizm sohasiga mas’ul o‘rinbosari, bu lavozimda 3 yildan buyon ishlab kelayotgan Faxriddin Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bosh vazirga turizm bo‘yicha har bir hokim o‘rinbosari ishiga baho berish topshirildi.

👉 https://kun.uz/91269278

Kun.uz rasmiy kanali
Turistlarni o‘ziga tortadigan birorta ham zamonaviy akvapark yo‘q — prezident

Shavkat Mirziyoyev akvapark va basseynlarni ko‘paytirish, ko‘llarning atroflarini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

👉 https://kun.uz/31736553

Kun.uz rasmiy kanali
2024/11/05 19:12:58
Back to Top
HTML Embed Code: