Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev poyezd va samolyotlar uchun chipta topib bo‘lmasligini tanqid qildi

“Sayyohlar mahalliy reyslarga samolyot va poyezd uchun ikki oy uyoqda tursin, yarim yil oldin chipta olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda”, – dedi davlat rahbari.

Prezident topshirig‘i bilan, qo‘shni davlatlar bilan chegaradan o‘tishni yana yengil qilish bo‘yicha muzokara o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/75726863

Kun.uz rasmiy kanali
Jahonga mashhur trevel blogerlar O‘zbekistonga taklif etiladi

O‘zbekiston turizmini global miqyosda reklama qilishga bu yil 5 mln dollar ajratiladi. Targ‘ibot kampaniyasida ijtimoiy tarmoqlarga katta e’tibor beriladi. 10 milliondan ortiq auditoriyaga ega kamida 50 nafar chet ellik blogerlar uchun info-turlar tashkil etiladi.

👉 https://kun.uz/95058390

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident turizm sohasi tadbirkorlari ko‘targan masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi

Sohada QQSni qaytarish muddatini uzaytirish, eksportoldi moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish, subsidiya va kompensatsiyalar to‘lashni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarni avtobusda sayohatga olib chiqishda YPX hamrohligi uchun tariflar keskin kamaytirilishi mumkin. Pensiya yoshidagi chet ellik sayyohlarning O‘zbekistonda 6 oygacha vizasiz bo‘lishi tartibini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

👉 https://kun.uz/95471090

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘iston «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Bu Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish zarurati bilan izohlandi.

👉 https://kun.uz/71264987

Kun.uz rasmiy kanali
“Psixologlar faoliyatiga oid huquqiy asos yaratiladi” – Qonunchilik palatasi deputati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmaxamatovaga ko‘ra, “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu qonun bilan odamlarning qimmatli vaqti va mablag‘ini “o‘g‘irlayotgan” soxta psixologlar faoliyatini tartibga solish nazarda tutilmoqda. Kun.uz oldinroq shu mavzuda surishtiruv e’lon qilgandi.

👉 https://kun.uz/78823081

Kun.uz rasmiy kanali
2 haftadan so‘ng: MXX binosi atrofidagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura 53 tup ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy ravishda ko‘chirib ketilganini nihoyat tasdiqlab, jinoyat ishi ochdi. Kun.uz daraxtlar noqonuniy ko‘chirilayotgani haqida bundan 9 kun oldin xabar bergan edi. Ekopartiya Bosh prokuraturadan zudlik bilan chora ko‘rishni so‘raganiga esa 12 kun bo‘ldi. Jinoyat ishining ertaroq qo‘zg‘atilishi, ehtimol, bir qancha daraxtlarni o‘z joyida saqlab qolishga imkon bergan bo‘lardi.

👉 https://kun.uz/kr/60154274

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamaldi. U hammadan uzr so‘radi

Huquqbuzarning sudda aytishicha, odatda uning “stories”larini 300-350 kishi ko‘radi, lekin haqoratli videosini 11 ming kishi ko‘rgan. U videoni kim tarqatib yuborganini bilmasligini aytib, hammadan kechirim so‘radi.

👉 https://kun.uz/29297920

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya qo‘shini Xarkiv atrofida oldinga yurishdan to‘xtadi. Jang maydonida nimalar bo‘lmoqda?

Janglar davom etmoqda, ammo kun sayin pozitsion xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Rossiya nimaga erishdi va voqealar rivoji qanday kechishi mumkin?

👉 https://kun.uz/55346593

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-iyunning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqea-hodisalar

Gazlashtirilmagan hududlar uchun 200 kilovatt·soatlik ijtimoiy norma oshirilishi mumkin. Toshkentda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz qamaldi. Prezident mahalliy yo‘nalishlardagi poyezd va samolyot chiptalari sotiladigan yagona platformani ishga tushirishni topshirdi.

👉 https://kun.uz/99716097

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident jahon savdo tashkilotiga a’zolik yo‘lida muhim farmonni imzoladi

Hujjat bilan bir nechta kompaniyalarga berilgan eksklyuziv huquqlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, farmon qora va rangli metallarni qayta ishlash, kimyo sanoati, telekommunikatsiya va energetika kabi qator sohalarda yangi davrni boshlab beradi.

👉 https://kun.uz/85610353

Kun.uz rasmiy kanali
Kilian Mbappe – «Real Madrid» futbolchisiga aylandi

Madridning «Real» klubi Kilian Mbappe transferini rasman e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/10780007

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zMI Fatvo markazi kriptovalutalar nojoizligi haqidagi bayonotiga raddiya berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, markazning kriptovalutalar shar’an joiz emasligi haqidagi xabari texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida e’lon qilingan. Markaz buning uchun uzr so‘ragan holda, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar hali yakuniga yetmagani, o‘rganish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/30332311

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda Xitoy avtomobilsozlik texnoparkini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Ishlab chiqariladigan avtomobillar yangi, mahalliy brend ostida bo‘lishi reja qilingan.

👉 https://kun.uz/60433373

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent va Xivada milliy koloritga ega sharq bozori tashkil etiladi

Xorijiy davlatlardan keladigan pensiya yoshidagi sayyohlarning O‘zbekistonda olti oygacha vizasiz bo‘lishi tartibi ham ishlab chiqiladi.

👉 https://kun.uz/72769376

Kun.uz rasmiy kanali
Surxondaryoda IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 kishi 15 sutkaga qamaldi

Oltinsoy tumanida futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaro 15 sutkaga qamaldi.

👉 https://kun.uz/49797354

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi.

👉 https://kun.uz/30954491

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi

Avtobus kunora Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi - 300 ming so‘m.

👉 https://kun.uz/89471870

Kun.uz rasmiy kanali
Bir nechta yirik korxonalarga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinadi - prezident farmoni

Prezident erkin bozor tamoyillarini amalda tatbiq etishni kengaytirish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga erishishni jadallashtirishga qaratilgan muhim farmonni imzoladi.

👉 https://kun.uz/71606699

Kun.uz rasmiy kanali
“Tolibon” qancha suv yo‘qotilishini hisobga olmayapti” – xorijiy ekspert Qo‘shtepa kanali qurilishi haqida

Tabiat resurslari va iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro mutaxassis Riks Boshning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanaliga Amudaryo suvining 20 foizi jalb etiladi, bu esa O‘zbekistonning ayrim hududlarida suv tanqisligi darajasini oshirib, qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Nima bo‘lganda ham bunda O‘zbekiston aziyat chekishi aniq”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

👉 https://kun.uz/88634254

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 23:42:19
Back to Top
HTML Embed Code: