Telegram Web Link
O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha 11 ta davlat bilan muzokaralarni yakunladi

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida O‘zbekiston bilan 30 dan ortiq mamlakat ikki tomonlama muzokara o‘tkazish xohishini bildirgan bo‘lib, hozirda ulardan 11 tasi bilan o‘zaro bozorlarga kirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistondagi 40 ga yaqin hujjatlar JST normalariga moslashtirildi.

👉 https://kun.uz/79661959

Kun.uz rasmiy kanali
AES bo‘yicha bitim, arzonlashgan dollar va “developer”ga aylangan banklar - hafta dayjesti

Rossiya Jizzaxda kam quvvatli AES quradigan bo‘ldi: ko‘plab savollar ochiq qolyapti. O‘zbekiston qachon Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi: bosh vazir o‘rinbosari muddatni aytdi. Dollar kursida anomaliya: bir haftadan beri kurs faqat tushyapti. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi

👉 https://kun.uz/93893352

Kun.uz rasmiy kanali
SSV yozda keng tarqaladigan o‘tkir diareyadan ogohlantirdi

O‘tkir diareya – xalq orasida ichburug‘, ich og‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/86616719

Kun.uz rasmiy kanali
Netanyahu HAMAS yo‘q qilinmaguncha G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatmasligini aytdi

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar bir necha oydan beri asosiy masalalardagi tortishuvlar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

👉 https://kun.uz/94453463

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalq puli, xalq mulki degan narsa yo‘q” – Salohiddin Nuriyev

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev bloger bilan suhbatda “xalq puli, xalq mulki degan narsa yo‘qligini, pul davlat budjetiga o‘tdimi, davlat mulkiga aylanishini” ta’kidladi. Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘ining tarmoqlarda tarqalgan, ushbu suhbat aks etgan videosi o‘rganilayotganligini bildirdi.

👉 https://kun.uz/14800582

Kun.uz rasmiy kanali
Issiqdan o‘layotgan odamlar – Hindistonda nimalar bo‘lyapti?

Hindistonning ko‘plab hududlarida ikki haftadan beri 45-46 daraja issiq kuzitlyapti. Hatto 52 daraja issiq kuzatilgan kunlar ham bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/17479109

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tatimagan tekin muzqaymoq, Ashxoboddagi janjal va noodatiy mega tirbandlik, – 1 iyun Toshkentda qanday o‘tdi?

Xalqaro bolalar kunida poytaxtda noodatiy "xaos" kuzatildi. Ashxobod bog‘idagi bepul muzqaymoq sabab o‘n minglab odamlar shu bog‘ga yog‘ildi. Natijada tartibsizlik va odamlar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga keldi. Ayrim ko‘chalarda avtomobillarning yirik tirbandligi kuzatilgan bo‘lsa, ma’lum vaqt metrolarga odam sig‘may qoldi.

👉 https://kun.uz/20029744

Kun.uz rasmiy kanali
Namanganda maktab direktori o‘rinbosari o‘qituvchilar nomidan kredit olgani ma’lum bo‘ldi

«Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan» direktor o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.

👉 https://kun.uz/70219037

Kun.uz rasmiy kanali
Ashxobod bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i 15 sutkaga qamaldi

Ular tegishli tashkilotlarning ogohlantirishiga qaramasdan o‘zboshimchalik bilan bog‘da fuqarolarga xavf tug‘dirgan tadbirni o‘tkazgani uchun shunday jazoga tortilgan.

👉 https://kun.uz/39378781

Kun.uz rasmiy kanali
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi

O‘zbekiston xotin-qizlarni eng ko‘p ish bilan ta’minlayotgan 10 ta ish beruvchidan 4 tasi xususiy korxonalar hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/04906410

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy–Yaponiya–Koreya sammiti: qo‘shnilar nimalarni muhokama qildi?

Sharqiy Osiyoning uchta eng qudratli davlati – Xitoy, Yaponiya va Koreya rahbarlari 4 yildan buyon ilk marta uchlik sammitiga yig‘ildi – bu format koronavirus sabab to‘xtab qolgandi. Kun tartibidagi masalalar qaysilar? “Geosiyosat” doimgidek mavzuning eng muhim nuqtalarini ko‘rib chiqish uchun tahlilchilarni taklif qildi.

📹👉 VIDEOSUHBATNI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Onam, o‘ynaymizmi?” - Oila har bir farzand uchun eng xavfsiz makon bo‘lishi kerakligi haqida videorolik

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusiga ko‘ra, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ijtimoiy rolik suratga olindi.

Unda bolalarga ota-onalari tomonidan e’tiborning yetishmasligi, oilada bolaning fikrlariga quloq tutilmasligi, janjallar, zo‘ravonlik va boshqa salbiy jihatlarning oqibatlari aks ettirilgan.

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kesarcha kesish orqali dunyoga keltirish – bola uchun bu usul xavflimi?

Ko‘pchilik agar bola tabiiy tug‘uruq bilan emas, balki kesarcha kesish usulida tug‘ilsa, sog‘lomroq bo‘ladi deb hisoblaydi. Chindan ham shundaymi? Kun.uz shu kabi qator savollarga javob olish uchun mutaxassislar fikrini o‘rgandi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
So‘m sezilarli darajada mustahkamlandi, oltin arzonlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Valuta bozorida dollar zaiflashdi. Buning oqibatida yevro, yuan, lira va so‘m mustahkamlandi. Yaqin Sharqda davom etayotgan keskinliklarning nisbatan yumshashi neft narxining tushishiga va oylik minimumlarini yangilashiga sabab bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/25270139

Kun.uz rasmiy kanali
Istanbulda 4 qavatli turar joy binosi qulab tushdi

Oqibatda 1 kishi halok bo‘lib, 8 kishi jarohatlandi. Aniqlanishicha, 1988-yilda qurilgan bino arxitektura-muhandislik standartlarini buzgan holda barpo etilgan, boz ustiga keyinroq bino ustida bir qavat qo‘shimcha noqonuniy qurilish qilingan.

👉 https://kun.uz/07484467

Kun.uz rasmiy kanali
“Qatar Airways” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Doha shahridan uchgan samolyot ilk parvozni amalga oshirgan va Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.

👉 https://kun.uz/47127553

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Farzandlarimiz – hayotda bizga berilgan eng bebaho ne’mat” — Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlar va ularning ota-onalarini tabrikladi.

Kun.uz rasmiy kanali
Panamerika shossesidan Transsibir magistraligacha – dunyoning eng uzun yo‘llari qayerda joylashgan?

Bugun temiryo‘l va havo transporti yuksak taraqqiy etgani bilan eng muhim transport yo‘nalishi avtomobil yo‘llari bo‘lib qolmoqda. Dunyo bo‘ylab yo‘lovchilar va yuklarning asosiy qismi avtomobil yo‘llari orqali tashilmoqda. Avtomobil yo‘llarining mamlakat iqtisodiyotida o‘rni beqiyos. Shu sababli ham aksariyat davlatlar yo‘llarning sifatiga juda katta e’tibor berishadi.

👉 https://kun.uz/72566260

Kun.uz rasmiy kanali
Hududiy xabarlar

🔹Beshariq tumanida to‘y kortejida avtomobildan tanasini chiqarib soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rildi

🔹Qarshi shahrida mashina olib berishni aytib fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

🔹Guliston shahrida
lak-bo‘yoq ishlab chiqaruvchi korxona va ikkita mashina yonib ketdi

🔹May oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

🔹Qashqadaryoda o‘zganing rasmlarini Telegram'da tarqatib yuborgan yigit ushlandi

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 23:35:35
Back to Top
HTML Embed Code: