Telegram Web Link
Saneg FNQZ xaridi uchun to‘lov masalasiga izoh berdi

Saneg kompaniyasi ayni paytda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini sotib olish bo‘yicha 100 mln dollarlik summaning bir qismini to‘layotgani, qolgan summa shartnomada belgilangan to‘lov grafigiga asosan to‘lanishini ma’lum qildi. Zavodga 380 mln dollar sarmoya kiritish majburiyatini olgan kompaniya ayni paytgacha 250 mln dollardan ortiq investitsiya kiritgan.

👉 https://kun.uz/90377700

Kun.uz rasmiy kanali
JST sari qadam, nepotizmga qarshi qonun va Xitoydan Andijonga temiryo‘l - hafta dayjesti

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda: monopolistlar ayrim imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi. Jizzaxda AES qurilishi kamida 8 yil davom etadi: o‘zbekistonliklar buning uchun Rossiyaga qancha to‘lashi maxfiylashtirildi. “Demokratiya va inson huquqlarini targ‘ib qilganlar G‘azodagi vahshiyliklarga ko‘z yummoqda”: Shavkat Mirziyoyev G‘arbning ikkiyoqlama standartlarini tanqid qildi.

Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekistonga oid eng muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Telegram messenjerida global uzilish yuz berdi

Toshkent vaqti bilan 23:30dan keyin ishlamay qolgan messenjer faoliyati 00:58 da tiklangan. Downdetector messenjer O‘zbekiston, Qozog‘iston, Eron, Rossiya, Ukraina, AQSH va boshqa mamlakatlarda ishlamay qolganini qayd etgan.

👉 https://kun.uz/75277179

Kun.uz rasmiy kanali
Yangi urush tahdidimi? Isroil va «Hizbulloh» qarama-qarshiligi xavfli nuqtaga yetdi

Livandagi shialarning «Hizbulloh» guruhi Isroil janubida amalga oshirilib, isroillik bir harbiy o‘limi va yana bir qanchasi yaralanishiga sabab bo‘lgan hujumlarning yangi seriyasiga aloqadorligini tasdiqladi. Isroil o‘z shimoliy chegaralari himoyasi uchun faol harakatlarga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/70656438

Kun.uz rasmiy kanali
SSV yoz faslida salomatlikni saqlashning 7 muhim qoidasini eslatdi

Yozning issiq harorati inson tanasida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bu faslda gigiyena qoidalariga rioya qilish, nafaqat shaxsiy tozalikni saqlash, balki kasalliklarning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.

👉 https://kun.uz/78595022

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda mast haydovchi Captiva bilan urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

👉 https://kun.uz/22551804

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil yana to‘rt kishini Hamas asirligidan ozod etdi. Ular orasida - Rossiya fuqarosi ham bor

Ozod etish amaliyoti aviatsiya va flot ko‘magida o‘tkazilgan. G‘azodagilarga ko‘ra, amaliyot hududida o‘nlab falastinliklar halok bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/10409518

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘istonda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtomobil yonib ketdi

Ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.

👉 https://kun.uz/50531928

Kun.uz rasmiy kanali
“Tillachi”ning hiylasi – Toshkentdagi mudhish qotillik tafsiloti

Toshkent shahri markazida, “Novza” metro bekati yonida Ichki ishlar vazirligi JQBB tezkor vakili o‘z xizmat mashinasida bo‘g‘ib o‘ldiriladi. So‘ngra uning murdasi Bo‘stonliq tumaniga olib borilib, yoqilgan hamda tanib bo‘lmas darajaga kelgach, Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan. Qotillar kim edi? Tezkor vakil qanday ishlarga aralashib qolgandi? Avvaliga bu qotillik qasd olish yoki dushmanlik bilan bog‘liq, degan farazlar tug‘iladi. Ammo jinoyat fosh etilganida uning sabablari mutlaqo boshqacha bo‘lib chiqadi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Kongodagi eng mashhur transport – yog‘och skuterlar yoki ajabtovur yuk tashish qurilmasi (Foto)

Afrika qit’asida joylashgan Kongo demokratik respublikasida g‘aroyib bir transport turi juda ommalashgan. Yirik shaharlar chetida, kichik shahar va qishloqlarda u odamlarning og‘irini yengil qiluvchi asosiy transport hisoblanadi. Chukudu deb nomlangan bu transport yog‘ochdan yasaladi va ko‘rinishi skuterni eslatadi. Biroq skuterdan farqli ravishda kongoliklar undan asosan og‘ir yuklarni tashishda foydalanishadi.

👉 https://kun.uz/60126296

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent viloyatida 14 yoshli o‘smir kanalda cho‘kib ketdi

Hozirda hodisa yuzasidan Bekobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/85731515

Kun.uz rasmiy kanali
Xerson va Luhansk oblastlarining okkupatsiya qilingan qismi o‘qqa tutilishidan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Urushning 836-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/95178363

Kun.uz rasmiy kanali
Yozda quyosh urishidan qanday himoyalanish kerak?

SSV yoz faslida oftob urishi, xalq tilidagi dam o‘tishi holati ko‘p uchrashini inobatga olib, undan saqlanish bo‘yicha bir necha tavsiyalar berdi.

👉 https://kun.uz/48306508

Kun.uz rasmiy kanali
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti rahbari vafot etdi

2012-yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelgan fransuz jurnalisti Kristof Deluar saraton xastaligiga chalingandi.

👉 https://kun.uz/86950701

Kun.uz rasmiy kanali
Oltin va neft arzonlashdi, Bitcoin qimmatlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Valuta bozorida dollar mustahkamlandi. Buning oqibatida yevro, yuan, lira va so‘m arzonlashdi. Yaqin Sharqda davom etayotgan keskinliklarning nisbatan yumshashi neft narxi pasayishiga ta’sir qildi. Yevropa va Kanada Markaziy banklari esa foiz stavkasini tushirdi.

👉 https://kun.uz/46577434

Kun.uz rasmiy kanali
Ikkinchi jahon urushidagi eng yirik sotqinlik – general Vlasov nega o‘z armiyasi bilan nemislar tomonga o‘tib ketgandi?

1945 yil bahorda nemislar tuzgan Rossiya ozodlik armiyasi qo‘mondoni bo‘lgan general Vlasov sovet harbiylari tomonidan hibsga olinadi. So‘ng yashirincha Moskvaga keltirilib, sud qilinadi va 1946 yilda o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Generalni sud qilib jazolagan sovetlar bu ishni SSSR parchalanib ketgunicha ommadan yashirishadi.

👉 https://kun.uz/72875411

Kun.uz rasmiy kanali
Isroilning garovdagilarni ozod etish bo‘yicha amaliyoti tafsilotlari: yuzlab falastinliklar halok bo‘lgani aytilmoqda

Isroil maxsus topshiriqli bo‘linmasi G‘azo markazidagi «Nuseyrat» qochqinlar lagerida garovdagi to‘rt nafar isroillikni qutqarish bo‘yicha o‘tkazgan amaliyot bir necha hafta davomida rejalashtirilgan.

👉 https://kun.uz/59079915

Kun.uz rasmiy kanali
Chirchiqda bosh shifokor o‘rinbosari tibbiyot xodimlarini haqorat qildi

Chirchiq shahri ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining o‘rinbosari yig‘ilish vaqtida o‘z qo‘l ostidagi tibbiyot xodimlarini haqorat qildi. Xotin-qizlar ham ishtirok etayotgan yig‘ilishda uning og‘zidan kurakda turmaydigan uyatli so‘zlar chiqqan.

👉 https://kun.uz/50859149

Kun.uz rasmiy kanali
G‘azodagi urush to‘qqizinchi oyki davom etmoqda. Isroil bo‘lg‘aga quruqlik amaliyotini yana kuchaytirdi. Reydlar davomida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi.

📹 https://youtu.be/mWkIDOai9t4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida yuk mashinasi daryoga tushib ketdi

Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

👉 https://kun.uz/77028344

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 17:32:17
Back to Top
HTML Embed Code: