Telegram Web Link
IIVda uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha tuzilma tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimlari kiberjinoyatlarning oldini olish uchun texnologiyalarni yaxshi bilishi kerakligini ta’kidladi. U, shuningdek, vazirlikda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish bo‘yicha tuzilma yaratish vazifasini ham qo‘ydi.

👉 https://kun.uz/74478477

Kun.uz rasmiy kanali
3 ming dollarga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Xorazm va Namangan viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

👉 https://kun.uz/87477172

Kun.uz rasmiy kanali
Daniya bosh vaziri Kopenhagenda hujumga uchradi

Eski shahardagi maydonda noma’lum shaxs Mette Frederiksenga zarba bergan. U qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/46348717

Kun.uz rasmiy kanali
Yuliya Timoshenko Rossiyada qidiruvga berildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi qidiruv bazasida Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoning kartochkasi paydo bo‘ldi. U qaysi modda bo‘yicha qidirilayotgani aytilmagan.

👉 https://kun.uz/22617264

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi daromad, xalqaro kompaniyada ish, ilmda yutuqlar – maktabni bitirmay turib 17 yoshli qiz bularga qanday erishdi?

Ozoda Mo‘minova bu yil 11-sinfni bitirdi. U yosh bo‘lishiga qaramay, xalqaro kompaniyada loyiha menejeri bo‘lib ishlaydi. Shu paytgacha AyTi va ilm yo‘nalishida turli yutuqlarga erishgan. Ozoda o‘zining yutuqlari dadasi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga olib borgan paytdan boshlangan deb hisoblaydi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Jizzaxda 4 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida yuk mashinalariga jiddiy zarar yetgan. M-39 avtomobil yo‘li ma’lum muddatga yopilib, tirbandlik yuzaga kelgan.

👉 https://kun.uz/82886381

Kun.uz rasmiy kanali
“Hindiston dorilariga importni vaqtincha cheklash orqali muammoga xalqaro tashkilotlar e’tiborini qaratish zarur” – advokat

7-iyun kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi davom etdi. Unda Sardor Kariyevni himoya qilayotgan advokat tomonidan sudga iltimosnoma kiritildi. Munira Kariyevaning ishonchli vakili esa agar Sardor Kariyevga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo qo‘llansa tovon puli qay tartibda to‘lab berilishi bo‘yicha tushuntirish berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Putin Rossiyaning yadroviy doktrinasi o‘zgarishi mumkinligini istisno etmadi

«Yadroviy doktrina - jonli qurol, unga o‘zgartirishlar kiritish mumkin», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin «PMEF-2024» ko‘rgazmasidagi chiqishida.

👉 https://kun.uz/06365716

Kun.uz rasmiy kanali
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 10-12 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/51271851

Kun.uz rasmiy kanali
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tuziladi - prezident qarori

​​​​​​​Mazkur qonun davlat fuqarolik xizmatining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimlardan tashqari barcha davlat organlari, davlat muassasalari va unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek harbiy xizmatchilarga ham nisbatan tatbiq etiladi.

👉 https://kun.uz/09458072

Kun.uz rasmiy kanali
Jizzaxda 17 yoshli yigit attraksiondan tushib ketdi

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jizzax shahrida joylashgan istirohat bog‘idagi attraksiondan tushib ketgan yigit yuzasidan ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/76271483

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘shab qolgan Rafah ko‘chalari, taktikani o‘zgartirgan HAMAS va Medvedev uchun so‘ralgan order - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/62899336

Kun.uz rasmiy kanali
YeK: Ukraina va Moldova YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarga tayyor

Ukraina va Moldova Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun barcha shartlarni bajardi, deb xabar berdi Yevrokomissiya. Endi qaror Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak. Ayni paytda, Vengriya Bryusselning pozitsiyasiga shubha bilan qarayapti.

👉 https://kun.uz/12067653

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat idoralarida qarindosh-urug‘chilikni cheklaydigan qonun qabul qilindi: u kimlarga nisbatan va qanday ishlaydi?

Davlat idoralaridagi nepotizmga barham berishga qaratilgan qonun davlat fuqarolik xizmatining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimlardan tashqari barchaga birdek – davlat organlaridan tortib harbiylargacha amal qiladi. Antikorrupsiya agentligi va Adliya vazirligi rahbariyati qonunning eng muhim jihatlariga to‘xtaldi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamaldi

Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga notkoin sotgan uchun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi. U kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybli deb topilgan.

👉 https://kun.uz/30428413

Kun.uz rasmiy kanali
Samsung Electronics xodimlari kompaniya tarixida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi

Xodimlar kompaniya rahbarlaridan ish haqini oshirishni talab qilgan. Ish tashlashni uyushtirgan kasaba uyushmasi va kompaniya rahbarlari muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

👉 https://kun.uz/09267846

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zaro qo‘llov, unutilgan muammolar va G‘azo bo‘yicha birdamlik – Turkiya tashrifi haqida ekspert nima deydi?

Shavkat Mirziyoyevning Turkiya safari, oliy darajadagi muzokaralar ikki davlat mediasida qizg‘in muhokamada. Tashrifning eng esda qolarli voqealaridan biri Turkiya oliy davlat mukofotining O‘zbekiston prezidentiga berilishi hamdir. Shuningdek, rasmiy Anqara va Toshkent o‘zaro siyosiy yaqinligini yanada mustahkamlamoqchi. Ikki davlat pozitsiyalari deyarli bir xil ekani ham urg‘ulangan. Safarning ahamiyati, kutilmalar haqida Kun.uz Anqara Haji Bayram Valiy universiteti doktoranti, siyosatshunos Fazliddin Madiyev bilan suhbatlashdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
BMT Isroilni «qurolli to‘qnashuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar ro‘yxatiga kiritadi

Kelgusi hafta BMT mamlakatlarning yangilangan qora ro‘yxatini e’lon qiladi, ular orasida Isroil ham bor.

👉 https://kun.uz/36514267

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlanish ratsioni ko‘rsatkichi bilan aniqlanadi. U YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.

👉 https://kun.uz/06755501

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?

Ikki yil oldin Adliya vazirligi ofshor kompaniyalarga o‘z benefitsiarlarini ochiqlash talabi qo‘yilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqanini e’lon qilgandi. Vazirlik vakili Kun.uz'ga bergan izohida aytishicha, loyihani ishlab chiqish jarayoni hali ham davom etyapti, mas’ullar benefitsiarlarni aniqlash mexanizmi ustida bosh qotirmoqda.

👉 https://kun.uz/28952961

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 19:25:26
Back to Top
HTML Embed Code: