Telegram Web Link
Yevroparlamentga saylovlarda o‘ng markazchilar g‘alaba qozondi

Yevroparlamentga saylovlarning dastlabki rasmiy natijalari taqdim etildi. Yevropa komissiyasi rahbari fon der Lyayyen o‘z lavozimini saqlab qolishi kutilmoqda. U Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar bilan hamkorlik qilish niyatida.

👉 https://kun.uz/39445925

Kun.uz rasmiy kanali
Armanistonda o‘n minglab fuqarolar hukumat iste’fosini talab qildi

Yerevanda arxiyepiskop Bagrat Galstanyan boshchiligidagi namoyishchilar parlament binosi va hukumat saroylari tomon yurish uyushtirdi.

👉 https://kun.uz/37947961

Kun.uz rasmiy kanali
Surxondaryoda yer silkinishi sodir bo‘ldi

Episentr: Uzun tumani. Magnituda M=3,4.

👉 https://kun.uz/28748735

Kun.uz rasmiy kanali
Sky News: Ukraina samolyoti birinchi marta Rossiya hududidagi nishonga zarba berdi

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari Belgoroddagi «Rossiya qo‘mondonlik markazi»ga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berdi, deb da’vo qilmoqda Britaniya telekanalining anonim suhbatdoshi.

👉 https://kun.uz/88744583

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IIV binosi yaqinida yong‘in chiqdi

Hodisa yer ostidan o‘tkazilgan kabelda ro‘y bergan. Bu poytaxtning markaziy qismlarida svetoforlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/47622409

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kimdan ruxsat so‘rab o‘rimni boshladingiz?” – Qashqadaryoda IIB xodimi fermerning faoliyatiga qarshilik qildi

Ko‘kdala tumanida g‘alla o‘rimini boshlagan fermer qarshilikka uchradi: dalaga borgan IIB xodimi, sektor rahbari muovini va boshqalar uning faoliyatiga aralashib, o‘rimni to‘xtatib qo‘yishgan hamda kombaynni noqonuniy tarzda daladan olib ketishgan. Bu qonunchilikka zid.

👉 https://kun.uz/27693413

Kun.uz rasmiy kanali
Shengen vizasini berish nega rad etiladi? Yevroittifoq vakili bilan suhbat

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Mindaugas Kacherauskis Kun.uz'ga bergan intervyusida Shengen vizasi uchun arizachiga rad javobi berilishining eng ko‘p uchraydigan sabablarini sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vizani olish uchun Shengen zonaga kiruvchi davlatlarni “osonroq” yoki “qiyinroq” deb ajratib bo‘lmaydi, chunki barcha konsulliklar yagona qoidalar asosida faoliyat yuritadi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Isroilda vazir Beni Gans Netanyahu kabinetini tark etyapti

Beni Gans may oyida G‘azo sektori uchun urushdan keyingi tartibga solish strategiyasi 8 iyungacha taqdim etilmasa, iste’foga chiqishga va’da bergan edi. U bosh vazir Binyamin Netanyahuni yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/69458399

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda kabel yonishi qator davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlarni yuzaga keltirdi

Ertalabki yong‘indan keyin pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda. Atrofdagi mahallalar vaqtincha elektrsiz qolgan.

👉 https://kun.uz/79633712

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh savdo vakili Ketrin Tay O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tay O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

👉 https://kun.uz/94908822

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning qonli operatsiyasi, Su-57 samolyotidan ayrilgan Rossiya va Yevropa parlamentiga saylovlar - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/78528527

Kun.uz rasmiy kanali
Maktablarga 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

👉 https://kun.uz/81687798

Kun.uz rasmiy kanali
Infinbank’ning Andijon filiali sobiq mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank filiali boshqaruvchisi hamda xodimi bir nechta MChJ rahbarlari bilan til biriktirib, g‘ayriqonuniy bank operatsiyalari orqali 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborganlikda gumonlanmoqda. Yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun fuqarolarga tegishli, turli rusumdagi 26 ta avtomobil xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan. Bank filiali boshqaruvchisi tergovdan yashirinib, xorijiy davlatga chiqib ketgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/87337195

Kun.uz rasmiy kanali
Hokimlardan tortib harbiylargacha: “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun kimlarga ta’sir qiladi?

Davlat fuqarolik xizmatining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozmlardan tashqari barcha davlat organlari, davlat muassasalari va unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek harbiy lavozimlar uchun ham tatbiq etiladi. Qonun kuchga kirgach bu toifadagi yaqin qarindosh bo‘lgan davlat xizmatchilari bir tashkilotda yoki o‘zaro bo‘ysinuv ostida ishlay olmaydilar.

👉 https://kun.uz/36373374

Kun.uz rasmiy kanali
Olmaotada 27 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Ular noqonuniy ishlagani va Qozog‘iston hududida bo‘lib turish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib ushlangan. Hozirgi vaqtda 27 nafar o‘zbekistonlik o‘z ish joyiga qaytarildi.

👉 https://kun.uz/57682872

Kun.uz rasmiy kanali
Navoiyda uchta mashina to‘qnashgan YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

“Navbahor-Nurota” yo‘lida bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan Damas mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Gentra qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida Onix’da bo‘lgan bir oilaning 5 a’zosi hamda Gentra’da bo‘lgan erkak voqea joyida vafot etgan.

👉 https://kun.uz/35220848

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi

Prezident mutasaddilarga xorijiy investitsiyalarni to‘liq va sifatli o‘zlashtirish choralarini ko‘rish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishni topshirdi.

👉 https://kun.uz/34146985

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi

Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

👉 https://kun.uz/77073529

Kun.uz rasmiy kanali
Ayollar ham mashinalar bilan ishlay oladi – “polirovka”chi qiz hikoyasi

3 yildan beri mashinalarning tashqi ko‘rinishiga ishlov berish bilan shug‘ullanayotgan Madina bu soha ortidan yaxshigina daromad qiladi. Shogirdlariga soha sirlarini ham o‘rgatib kelmoqda. U o‘zi qilayotgan mehnati bilan avtoxizmat sohasining bir yo‘nalishini rivojlantiryapman deb hisoblaydi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekiston va Qozog‘istonning qator hududlariga chigirtka to‘dalari yopirildi

Qozog‘istonning Turkiston, Aqto‘be va Qo‘stanay viloyatlaridagi katta hududga chigirtkalar tarqalgan. Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin bu hujumni «misli ko‘rilmagan holat» deya baholadi. Shuningdek, Buxoro viloyatining ayrim hududlariga ham chigirtka to‘dalari yopirilgan.

👉 https://kun.uz/84926335

Kun.uz rasmiy kanali
2024/10/01 19:21:01
Back to Top
HTML Embed Code: