Telegram Web Link
Rossiya O‘zbekistonda ikkita GAES qurmoqchi

Aydarko‘l va Qarateren ko‘llarida “Rusgidro” tomonidan umumiy quvvati 1 GW bo‘lgan 2 ta yirik gidroakkumulyator (nasosli) elektr stansiya qurilishi mumkin. Avvalroq Qarateren GAES loyihasi bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan memorandum imzolangandi.

👉 https://kun.uz/76196369

Kun.uz rasmiy kanali
Vladimir Putin O‘zbekistondan jo‘nab ketdi

Tashrif reja qilinganidan bir kun ko‘proq davom etdi. Davlat rahbarlarining muloqoti 28 mayga o‘tar kechasi taxminan tong soat 3 gacha davom etgan, Shavkat Mirziyoyev mehmonni o‘z yashash xonadoniga taklif qilgan.

👉 https://kun.uz/45115624

Kun.uz rasmiy kanali
“O‘ztransgaz”ning soliq to‘lovlari keskin kamaydi

Magistral gaz tarmoqlari operatori yanvar-aprel oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 foizga, aprelda esa yanvarga nisbatan 6,2 barobarga kam soliq to‘ladi. Kompaniyaga soliq imtiyozlari berilgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq “O‘ztransgaz”dagi ulushlarning bir qismi ishonchli boshqaruvga berilgani haqida xabar tarqalgan, energetika vaziri bundan xabari yo‘qligini aytgandi.

👉 https://kun.uz/27870891

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fransiya parlamentida deputat Falastin bayrog‘ini ko‘tardi

Fransiya parlamentining hukumat bilan savol-javob sessiyasida La France Insoumise (“Qaddi ravon Fransiya”) partiyasi deputati Sebastyan Delogu Falastin bayrog‘ini ko‘tardi. Shundan keyin parlament binosida ham qo‘llab-quvvatlash qarsaklari, ham norozi ohanglar kuzatildi, sessiya vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/64241154

Kun.uz rasmiy kanali
Niderlandiyada maxsus xizmat sobiq boshlig‘i Dik Sxof yangi bosh vazir bo‘ldi

Niderlandiyada hukmron koalitsiyani tuzgan to‘rt partiya bosh vazir nomzodi bo‘yicha qaror qabul qildi. U adliya va xavfsizlik vazirligining bosh kotibi bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/05210424

Kun.uz rasmiy kanali
Sinoptiklar iyun oyida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda bu yilning iyun oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.

👉 https://kun.uz/03903268

Kun.uz rasmiy kanali
EastFruit: Minimal eksport narxlari – O‘zbekiston meva-sabzavot eksportiga zarba

EastFruit tahlilchilari O‘zbekistonda minimal eksport narxlari joriy qilinishi ortidan meva-sabzavotlarni eksport qilish shartlari yomonlashganidan xavotir bildirdi. Tahlilchilar bunday “qo‘l rejimida” tartibga solish eksportga zarar yetkazishi va uzoq muddatli hamkorlik uchun xavfli ekani, cheklov choralari soliq tushumlarini oshirmasligi, valuta nazoratini yaxshimasligini ta’kidlamoqda.

👉 https://kun.uz/74206493

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston paraatletlari Yaponiyada o‘tkazilgan JChda 13 medalni qo‘lga kiritdi

Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tgan paraatletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi.

👉 https://kun.uz/79789934

Kun.uz rasmiy kanali
Yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar qilganlar mukofotlanadi

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti oladi.

👉 https://kun.uz/55622284

Kun.uz rasmiy kanali
Xonanda Avazbek Olimov sudda yutqazdi. Undan shoira foydasiga 170 mln so‘m undirish belgilandi

Qo‘shiqchi shoira Mahliyo Ahrorovaning “Go‘zal yorim” she’rini uning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida kuylab kelgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/46514478

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta yangi metro poyezdi olib kelindi

Yangi harakat tarkiblari asosan Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida harakatga chiqariladi.

👉 https://kun.uz/44706531

Kun.uz rasmiy kanali
Ekologik huquqbuzarliklarni foto va video qayd etish vositalari o‘rnatiladi

Ekologiya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va IIV o‘rtasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi integratsiya qilinadi hamda axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

👉 https://kun.uz/36943710

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda Mercedes, Lacetti va Onix ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTHga Mercedes’ning qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgani va boshqa bir mashina juda katta tezlikda kelgani sabab bo‘lgan.

👉https://kun.uz/08154428

Kun.uz rasmiy kanali
Futzal bo‘yicha JCh vaqtida ayrim shaxslarga temiryo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma joriy etiladi

Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transportidan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

👉 https://kun.uz/86310345

Kun.uz rasmiy kanali
Tailand O‘zbekiston va yana 35 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etadi

Sayyohlar qirollikda hozirgidek o‘ttiz kun emas, balki 60 kungacha vizasiz qolishi mumkin bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/02547116

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent va Qo‘qonda Hajga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

DXX tomonidan sayyohlik firmasi ish boshqaruvchisi va xodimlari qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/05933992

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rafah markazidagi tanklar, Ukrainada tinchlik sammitiga tayyorgarlik va Gurjistonda chetlab o‘tilgan prezident vetosi - kun dayjesti

Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishing.

👉 https://kun.uz/79304475

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi? - IIV mas’uli bilan suhbat

Ijtimoiy tarmoqlarda bola o‘g‘irlanishi haqidagi xabar paydo bo‘lmoqda. Bunday xabarlarga odamlar odatda tez ishonadi, guruhlarda tarqatib, sarosimalarga sabab bo‘lishmoqda. Xo‘sh, bola o‘g‘rilari chiqqani rostmi? Kun.uz mavzu bo‘yicha IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimi, kapitan Shokirjon Hoshimov bilan suhbatlashdi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Janubiy Koreya: KXDR chiqindi to‘ldirilgan yuzlab havo sharlarini uchirdi

Sharlar har xil turdagi chiqindi: hojatxona qog‘ozi, plastik butilkalar, batareyalar va go‘ng bilan to‘ldirilgan. Rasmiylar jamoatchilikni sharlar qulagani haqida xabar berishga va ularga yaqinlashmaslikka chaqirdi.

👉 https://kun.uz/42127689

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 07:26:05
Back to Top
HTML Embed Code: