Telegram Web Link
Shimoliy Koreyaning ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlab ketdi

Shimoliy Koreyaning ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa-tashuvchi uchirilganidan bir necha daqiqa o‘tib portlagan, deb tan oldi KXDR. Seulga ko‘ra, Rossiya Pxenyanga sun’iy yo‘ldoshni uchirishga yordam bergan.

👉 https://kun.uz/50749727

Kun.uz rasmiy kanali
BMT bosh kotibi Isroilning Rafahga bergan zarbasini qoraladi

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Isroilning Rafah yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan zarbasi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Isroil harbiylari voqeani tekshirishga va’da berdi.

👉 https://kun.uz/74748088

Kun.uz rasmiy kanali
Norvegiya va Ispaniya Falastinni davlat sifatida tan oldi

O‘tgan hafta e’lon qilingan Norvegiyaning Falastinni tan olish qarori kuchga kirdi. Ispaniya Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb tan oldi. Irlandiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi.

👉 https://kun.uz/94207576

Kun.uz rasmiy kanali
Bo‘stonliqda bir kun ichida ikkinchi Lacetti yonib ketdi

29 yashar haydovchi Lacetti’ni boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtoulovning dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqan.

👉 https://kun.uz/89457758

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rafahdagi qirg‘in va uni qoralayotgan jahon, Rossiyada sovuq urgan hosil - kun dayjesti

O‘tgan kun mobaynida dunyoda sodir bo‘lgan muhim voqealar, hodisalar, bayonotlar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishtirib o‘tamiz.

👉 https://kun.uz/64934021

Kun.uz rasmiy kanali
Gurjistonda «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun: parlament prezident vetosini olib tashlamoqchi

Gurjiston parlamentining huquqiy qo‘mitasi prezidentning «chet el agentlari» to‘g‘risidagi munozarali qonunga qo‘ygan vetosini bekor qilishni ma’qulladi.

👉 https://kun.uz/76396928

Kun.uz rasmiy kanali
Andijon-Asaka yo‘lida Onix urib yuborgan Labo ag‘darilib ketdi

YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo’ning yo‘lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

👉 https://kun.uz/47208823

Kun.uz rasmiy kanali
Yangi Gvineyada ko‘chki xavfi tufayli ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi

Papua-Yangi Gvineya hukumati Mungalo tog‘i yonbag‘rida ko‘chki xavfi ostida qolgan aholi punktlaridan 7900 ga yaqin kishi evakuatsiya qilishini to‘g‘risida ma’lumot berdi. Avvalroq tabiiy ofat 2000 dan ortiq fuqaroning hayotiga zomin bo‘lgan edi.

👉 https://kun.uz/63364164

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistondagi birinchi besh yulduzli mehmonxona sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/15417818

Kun.uz rasmiy kanali
Buzruk Buzrukovga oid ish sudda ko‘rilmoqda

U tovlamachilik, firibgarlik va bezorilik kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

👉 https://kun.uz/31323370

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Netanyahu Livanga syurpriz tayyorlaganini aytdi. Bu urushga ishorami yoki blef?

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan bog‘liq “aniq, muhim va hatto kutilmagan” harbiy rejalari borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu rejalarning amalga oshishi Isroil shimolida xavfsizlikni ta’minlash va aholining o‘z uylariga xavfsiz qaytishiga imkon beradi. Bu bayonot Livan janubidagi “Hizbulloh” harakatiga qaratilgan psixologik urush ko‘rinishimi yoki Isroil ikkinchi frontni ochmoqchimi?

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
«Baxti Tashkentskiy»ga oid jinoiy ish sudda ko‘rilmoqda

Jinoyat olami vakili sifatida tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va u tashkil qilgan jinoiy uyushma a’zolariga oid ish bo‘yicha sud jarayonlari boshlandi. Jinoiy uyushma tarkibida «Baxti Tashkentskiy»ning akasi Shuxrat Qudratullayev, o‘g‘illari Ixtiyor Qudratullayev va Bekzod Zafarovlar ham bor.

👉 https://kun.uz/69112899

Kun.uz rasmiy kanali
“Toshkentdagi daraxtlarni tekshiruvdan o‘tkazish loyihasi hukumatga kiritilgan” – Ekovazirlik

Shahardagi daraxt va butalardagi zararkunandalarni o‘rganib, ularga ishlov berish loyihasi Ekologiya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Loyihaning 1-bosqichida shahardagi 470 dan ortiq ko‘chadagi daraxtlar tekshiruvdan o‘tkaziladi. Chumchuqsimon qushlarni sun’iy ko‘paytirish ham rejada bor.

👉 https://kun.uz/89018313

Kun.uz rasmiy kanali
“AES qurilishini juda chuqur o‘ylash kerak” — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Rosatom” tomonidan Jizzaxda qurilishi kutilayotgan kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasining iqtisodiy va siyosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/65943526

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda harakatlanib ketayotgan “Nexia-2”ning gazballoni portladi

Portlash oqibatida mashina bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Uning haydovchisi va yo‘lovchilarining taqdiri noma’lumligicha qolyapti.

👉 https://kun.uz/76155884

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston Rossiya bilan armiyani qayta qurollantirish dasturini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi qo‘shinlarni qayta qurollantirish dasturi bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RF Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/79974480

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suriyadagi urushga tashqi kuchlar qaysi manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashdi?

Suriyadagi fuqarolik urushiga, Eron – mintaqadagi shia chizig‘i omili, Rossiya – Yaqin Sharqdagi mavjudligining yagona tayanchini saqlab qolish, Amerika esa – kurd koridori loyihasini ro‘yobga chiqarish nuqtayi nazaridan yondashdi, deydi siyosiy tahlilchi Habibulloxon Azimov.

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, arab davlatlari, xususan Saudiya Arabistoni, aholisining asosiy qismini sunniylar tashkil etuvchi Suriyadagi shia alaviylar hokimiyati yiqilishidan manfaatdor bo‘lgan.

📹 TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING
«Ayanchli xato bo‘ldi» – Netanyahu Rafahdagi noharbiy obektga zarba berilganini tan oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu TsAXAL G‘azodagi Rafah shahrida noharbiy binoga zarba berganini tan oldi. Bu zarba oqibatida qochoqlar lagerida yong‘in chiqqan va kamida 45 kishi halok bo‘lgandi.

👉 https://kun.uz/67144736

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda “Nexia-2” gazballoni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Gazballon mashina harakatlanib ketayotganda portlagan. “Nexia-2” bo‘laklarga bo‘linib ketgan va mashinadagilarning barchasi halok bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/06540695

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 09:24:24
Back to Top
HTML Embed Code: