Telegram Web Link
Procter & Gamble kompaniyasi O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Parij-2024 oʻyinlarining xalqaro hamkori Procter & Gamble kompaniyasi Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarini qoʻllab-quvvatladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) bilan shartnoma tuzdi.

Shuningdek, Parij-2024 oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan baʼzi sportchilar P&G marketingidan ulush olishadi.

Reklama
FNQZ uchun kelishilgan summa hali to‘liq to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz ulushlar ikki yil avval 100 mln dollarga Saneg'ga sotilgan edi. Lekin hozir ham zavoddagi ulushlarning nazorat paketi davlatda qolmoqda, Saneg'ning ulushi esa 41,5 foizni tashkil etadi. Kompaniya hali belgilangan to‘lovni to‘liq to‘lamagan.

👉 https://kun.uz/55005475

Kun.uz rasmiy kanali
Mo‘ynoqdan Qo‘shko‘lgacha yoxud eko-qochqinlar qismati

So‘nggi o‘n yilliklarda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida ekologiyaning og‘irlashgani ayrim insonlar boshiga ekologik qochqinlar yoki iqlim muhojirlari qismatini soldi. Jahon banki prognoziga ko‘ra, 2050 yilga qadar Markaziy Osiyoda eko muhojirlarning soni ikki million kishidan oshishi mumkin.

👉 https://kun.uz/81571607

Kun.uz rasmiy kanali
“Bir paytlar men ham “ko‘cha” bo‘lganman” – aqli kirmagan jinoyatchining tazarrulari

Mening huquqshunoslik fakultetida o‘qishim to‘damizni ko‘p marta qutqarib qolgan. Ba’zida tunda “ov”dan qaytayotganimizda militsiya xodimlari duch kelib qolardi. Militsionerlarga darhol talabalik guvohnomamni ko‘rsatardim va qishloqdan og‘aynilarim kelganini, ularni shahar bo‘ylab aylantirganimni aytardim. Huquqshunoslik fakulteti talabasi degan yozuvni ko‘rib ular indamay qo‘yvorishardi.

👉 https://kun.uz/30395232

Kun.uz rasmiy kanali
Majburiy avtosug‘urta tariflari qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga 2019 yilda tasdiqlangan 56 ming so‘mlik sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta tashkilotlari uchun zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmayotgani sabab sifatida keltirilgan.

👉 https://kun.uz/94094744

Kun.uz rasmiy kanali
Xalq bankning sobiq bosh ofisi qariyb 120 mlrd so‘mga sotildi

Restoran biznesi bilan shug‘ullanuvchi “Oasis Samarkand” kompaniyasi binoni 119,7 mlrd so‘mga sotib oldi. Ikki ishtirokchi o‘rtasida o‘tgan auksionda faqat ushbu kompaniya taklif bergan.

👉 https://kun.uz/47527552

Kun.uz rasmiy kanali
Soliq qo‘mitasi tovarlarning bozor narxini qanday aniqlamoqchi?

Soliq qo‘mitasi tovarlarning bozor narxini aniqlab, shu narx asosida soliq hisoblashga o‘tmoqchi. Avvaliga birja tovarlari, davlat xaridlari portalidagi va markirovkalanadigan tovarlarga tatbiq qilinadigan bu tartib, keyinchalik barcha tovarlar uchun joriy qilinadi.

Xo‘sh, minglab turdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlari qanday aniqlanadi? SQ mas’uli Davron Bobojonov Kun.uz'ga batafsil ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/63674296

Kun.uz rasmiy kanali
So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi kun mustahkamlandi

Valuta birjasida o‘tgan beshta sessiyada dollarning so‘mga nisbati qariyb 84 so‘mga arzonlashdi.

👉 https://kun.uz/66148451

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib fuqarolarni chuv tushirgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qo‘lga olingan shaxslarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

👉 https://kun.uz/18423101

Kun.uz rasmiy kanali
Erdo‘g‘an AQSh va G‘arb davlatlarini G‘azoda «insoniyatni yo‘q qilganlikda» aybladi

U Isroilni mintaqada sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/11673492

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston jahon bozoriga obligatsiya chiqardi, bu nimani anglatadi?

O‘zbekiston 2019 yildan beri xalqaro moliya bozoriga obligatsiyalar joylashtirib kelmoqda. Xususan, o‘tgan hafta dollar, yevro va so‘mda jami 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalar chiqarildi. Xo‘sh, obligatsiyalar nima, hukumat nega ularni xalqaro bozorlarga joylashtiradi? Kun.uz'ning bu boradagi savollariga Infrasia Capital bosh direktori, sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov javob berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Plyajga 10 mingta plastik o‘rdak: Ekologiya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini ogohlantirdi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1 iyun – Bolalar kunida bog‘dagi plyajga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tashlanishini e’lon qildi. Ekologiya vazirligi buni keskin qoralab, qonunchilikka binoan javobgarlikdan ogohlantirdi. Plastik buyumlar uzoq muddat chirimasligi sabab chiqindi sifatida tabiatga katta zarar yetkazadi.

👉 https://kun.uz/71981012

Kun.uz rasmiy kanali
«Nasaf» penaltilar seriyasida «Paxtakor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi

O‘zbekiston Superkubogi o‘yini doirasida mamlakatning amaldagi chempioni «Paxtakor» va kubok sohibi «Nasaf» o‘zaro maydonga tushdi.

👉 https://kun.uz/65230670

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston 2 yil ichida JSTga a’zo bo‘lmoqchi - Jamshid Xo‘jayev

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026 yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan sammitiga qadar tashkilotga a’zo bo‘lib kirish jarayonini yakuniga yetkazish niyatida. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev a’zolik jarayoni bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/67909578

Kun.uz rasmiy kanali
Davlat banklarining Toshkent City'dagi binolari sotiladi

SQBning 33 qavatli, Asakabank va Aloqabankning 26 qavatli binolari (biznes markazlar) sotuvga qo‘yildi. Investorlarning qiziqishiga qarab, binolar to‘liq yoki lotlarga bo‘lgan holda sotilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/65336491

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
29 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Narxi oshishi kutilayotgan avtosug‘urta, she’rdan beruxsat foydalangani uchun sudlangan Avazbek Olimov, AQShda tutqunlikda ushlab turilgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari - O‘zbekistonda 29 may kuni yuz bergan muhim voqea-hodisalar hamda yangiliklar sharhi bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/42151940

Kun.uz rasmiy kanali
Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://kun.uz/18186370

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari ma’lum qilindi

2024 yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 298,5 mln dollarga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi.

👉 https://kun.uz/94332495

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda gilos hosili rekord darajada kechikmoqda - EastFruit

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida 2024 yil bahori noodatiy salqin va yomg‘irli bo‘lgan, bu ko‘plab mevalar, jumladan, gilosning pishishida kechikishlarga olib kelgan.

👉 https://kun.uz/64632717

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil maxsus xizmatlari Haaga sudi prokurori Karim Xonni kuzatgan

Isroil Haagadagi Xalqaro jinoiy sud ishiga muntazam ravishda aralashishga uringan. U Isroil xavfsizlik kuchlarining Falastin hududidagi xatti-harakatlarini tergov qilishga xalaqit bermoqchi bo‘lgan, deya xabar beradi jurnalistlar.

👉 https://kun.uz/15804167

Kun.uz rasmiy kanali
2024/09/30 09:39:10
Back to Top
HTML Embed Code: