Telegram Web Link
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam bo'ladi? degan savolga javob 😂

Rasmdan ko'rinib turibdiki, sizda 3 ta variant bor:

🍏 MacOs - Apple kompaniyasi mahsuloti va juda qimmat.

🐧 Linux - Bepul, lekin o'rganish va ishlash uchun biroz bilim kerak, lekin pullik distributivlari ham bor.

😎 Windows - siz bilgan va qotib-qotib ishlashiga ko'nikib qolgan, o'zi pullik, lekin ko'pchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsuloti.

• Manba: @it_ishkal

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Dunyodagi birinchi mikroprotsessor bu ....
Anonymous Quiz
35%
Intel 4004
17%
AMD 2123
21%
Intel Pentium Pro
27%
Celeron M 8086
Windows OS'ni yozishda dasturchilar necha qator kod yozishganini bilasizmi?
Anonymous Quiz
30%
60 million
37%
70 million
25%
50 million
9%
30 million
Rasman: Xbox E3 2023 da qatnashmaydi

📌 Microsoft Xbox kompaniyasi E3 2023 o‘yin sanoatining yillik ko‘rgazmasida qatnashmasligini tasdiqladi.

ℹ️ Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ijtimoiy tarmoqlarda Xbox tadbirni o‘tkazib yuborishi haqida uzoq vaqtdan beri mish-mishlar yuribdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Sony va Nintendo ham E3 2023 ko'rgazmasiga kelmaydi.

📆 E3da taqdimot qilish o'rniga Microsoft 2023-yil 11-iyunda o'zining Xbox Games Showcase ko'rgazmasini o'tkazadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #xbox / #news
Kompyuterda qanday dasturlardan foydalanasiz?
Anonymous Poll
56%
Faqat toza dasturlardan foydalanaman
44%
Crack & piratskiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 24/7 to'xtamay ishlaymiz

ℹ️ Ushbu mohirlikni bajarish uchun ALT + TAB klaviatura birikmasini bosing,bunisi ancha tez!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat / #hotkeys
Windows 11 23H2'ga qachon yangilanadi

📆 Rasman: Windows 11 23H2 yangilanishini shu yilning kuz faslida kutib oladi.Microsoft bu uchun kam mehnat qilgani yo'q, katta o'zgarishlar va qulayliklar kiritilishi va'da berildi.

K.B: Windows 11 foydalanuvchilari shu yangilanishda ancha "bug"lardan halos bo'lishi mumkin 😄

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news | #windows11
Username nima?

📱 Username ijtimoiy tarmoqlar yoki saytlardagi sizning takrorlanmaydigan ismingizdir.

🆚 Nickname boshqa va username boshqa.

🔣 Username faqat 15 ta (ayrim saytlarda ko'proq) harflar, raqamlar, pastki chiziq va ayrim saytlarda nuqatani o'z ichiga olishi mumkin.

🔍 Username bilan do'stlaringiz sizni oson qidirib topishlari mumkin.

O'zingiz xohlagan username-ni eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar yoki saytlarda band yoki yo'qligini bilish uchun quyidagi uchta saytdan foydalanishingiz mumkin:

www.checkusernames.com
www.namecheckr.com
www.namechk.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish
#videodars / #arxiv

ℹ️ Arxiv - o'zida bir nechta fayllarni jamlagan fayl. Ushbu dars orqali arxivlar va ular bilan ishlashni o'rganib olasiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 02:56 💾: 12 mb

• Manba: @kompyuter_akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videodars / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 What a number!

❗️Va nihoyat kanalimiz 20K foydalanuvchilarga ega bo'ldi,buning uchun kanal ma'muriyati barchanggizga katta minnaddorchilik bildiradi!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #happy20k
Windows 11 Tiny11 nima?

ℹ️ Windows 11 Tiny11 – bu ishqibozlar tomonidan ishlab chiqarilgan Windows 11ning norasmiy qisqartirilgan versiyasi. Undan ko'plab o'rnatilgan vositalar va funktsiyalar olib tashlandi, bu tizimni past darajadagi kompyuterlarda foydalanishga moslashtirdi.

🆚 To'liq Windows 11 uchun minimal tizim talablari 4 GB operativ xotira va 64 GB disk maydoni. Windows 11 Tiny11 esa 2 GB RAM va 8 GB ROMga ega kompyuterlarda ishlashi mumkin.

📥 Yuklab olish uchun:

🔗 СКАЧАТЬ BETA 1 | 2,95 ГБ

🔗 СКАЧАТЬ BETA 2 | 3,64 ГБ

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #lifehack
🔍 Men: Qanday qilib Java-ni bir kunda o'rganish mumkin?

🤪 Google-ning javobi: Ruhiy kasalliklar shifoxonasi sizning manzilingizni bilmoqchi.

😂🤣

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
O'zimiz uchun tezkor tugmalar yaratamiz

⌨️ Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish va vaqtda ozgina bo'lsa ham yutish uchun programmalarimizni klaviatura kombinatsiyalari bilan ochishni ko'rib chiqamiz.

💻 Istalgan programmangiz yorlig'i ustiga sichqoncha chap tugmasi bilan bosing eng pastdagi Properties-ga kiring.

*️⃣ Shortcut key-ga Ctrl + Alt + "istalgan harf"-ni kiriting va Apply, OK-ni bosing.

😉 Endi Ctrl + Alt + "kiritilgan harf"-ni bosganingizda sizga programmangiz ochiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack
#bilasizmi #internet #rasm_bilan_ishlash

🔍 Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash.

Qidiruv uchun rasmni yuklashda quyidagi qadamlar ketma-ketligi amalga oshiriladi
:
1. Kompyuterda brauzerni ishga tushiring (masalan, Chrome или Safari).
2. Google Картинки sahifasiga o‘ting.
3. Поиск по картинке belgisi ustiga bosing.
4. Загрузить файл -> Выберите файл yoki Обзор bo‘ylab o‘ting.
5. Kompyuteringizdagi rasmni tanlang.
6. Открыть yoki Выбрать'ning ustiga bosing.

📃 Batafsil ma’lumot rus tilidagi ushbu ko'rsatmada.

© @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterni qanday o'chirish uchun 2 ta muqobil usul

1⃣ Birinchi variant
1. Klaviaturada Alt + F4 tugmalarini bosing
2. Ochilgan oynada OK yoki Enter tugmasini bosishingiz mumkin.

2⃣ Ikkinchi usul
1. Win + R tugmalarini bosing
2. Ishga tushirish oynasida o'chirish /s va OKni bosing.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog |
#lifehack / #mohirlik
#bilasizmi #tarmoq #internet

📍 IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?

Internet protokoli (IP) manzili — bu internetda kompyuter yoki telefon kabi qurilmalarni ifodalab, xuddi telefon raqamga o‘xshaydi. Agar telefoningizning IP-manzilini bilsangiz, uning qayerda ekanligini aniqlashingiz mumkin. Ammo internet provayderidan olinadigan ma’lumotsiz aniq bir geografik joylashuvni IP-manzil orqali aniqlash imkonsiz.

IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi?

Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish amallarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.

Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.

O‘xshash IP-manzillarni klasterlash axborot almashinuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-manzil ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shu singari, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.

IP-manzil qanday topiladi?

Ma’lum bir IP-manzilni qaysi ISP taqdim qilganini aniqlay oladigan bir qator ma’lumotlar bazalari mavjud. Ushbu bazalar, shuningdek, ma’lum IP-manzildan foydalanayotgan kompyuter taxmiman qayerda joylashganini aniqlay oladi. Ba’zi kompaniyalar bu ma’lumotlardan foydalanib, ma’lum hudud/mamlakat aholisiga maqsadli reklamalar taqdim qila olishi yoki o‘sha hududda amalda bo‘lgan tilda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Bu turdagi ma’lumotlarni bepul beradigan bir nechta IP-manzil kuzatuv ma’lumotlar bazalari mavjud. Buning uchun ma’lumotlar bazasidagi qidiruv bo‘limiga IP-manzilni kiriting va qanday geografik ma’lumot mavjud ekanligini bilib oling.

IP-manzilni kuzatishda cheklovlar

Agar siz internet provayderning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, aksariyat hollarda IP-manzil yordamida kimningdir joylashuvini aniq-tiniq bila olmaysiz. Ba’zi hollarda odamlar IP-manzil xaritalash ma’lumotidan biror shaxsni jinoyatda ayblash va boshqa bir nomaqbul ishlarni olib borishadi. Bunda ular aniqlagan xaritalash ma’lumotlari noto‘gri bo‘lib, ko‘pincha aybsiz odamlarga duch kelishadi.

Agar sizdagi IP-manzil haqiqatan jinoyatga qo‘l urgan shaxsniki bo‘lsa, vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganing va mahalliy politsiya yoki advokatga murojaat qiling. Mutasaddilar internet provayderdan qonuniy ravishda IP-manzil haqida ma’lumot olib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun sizga yordam berishadi.

Notog‘ri IP-manzil ma’lumotidan ehtiyot bo‘ling

Muayyan hududda joylashgan IP-manzillardan ushbu joyda bo‘lmagan kishi foydalanishi mumkin. Bunga virtual maxfiy tarmoq (VPN) yordamida tarmoqni boshqa serverga yo‘naltirish orqali erishiladi. Xakerlar ham IP-maznilini o‘zgartirib ish qiladi. Bunday hollarda IP-manzilning geografik joylashuvini aniq topgan bo‘lsangiz ham, u manzildan foydalanayotgan odam, aslida, ming-minglab kilometr masofada bo‘lishi mumkin.

📝 Mirzohidbek @terabaytuz

📌 P.S. IP-manzil haqidagi ushbu maqolani ham o‘qib ko‘rishingizni tavsiya etamiz.

© @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ip / #foydali
Clipboard (Буфер обмена)

📋 Clipboard sizga nusxa olgan narsalaringiz tarixini yaratishga imkon beradi. Rasmdagidek siz bir necha gaplardan nusxa olishingiz va istalgan vaqtda ulardan birini ishlatishingiz mumkin.

⚙️ Foydalanish uchun: Settings > System > Clipboard manziliga o'ting va Clipboard-ni yoqing.

⌨️ Clipboard (Буфер обмена) dagi nusxalanganlarni siz Win + V kombinatsiyasi orqali ko'rishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack
📊 StatCounter bergan fevral oyidagi ma'lumotlarga ko'ra, dunyodagi kompyuterlarning 75.89 foizi Windows OS-da ishlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #statistika / #windows
Qancha vaqt behuda ketganini hisoblab chiqadi!
#mohirlik / #internet

ℹ️ Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha daqiqa yoki bir nechta YouTube videolarini tomosha qilish hech narsa bo'lib tuyulishi mumkin. Ushbu kengaytma ma'lum saytlarda qancha vaqt sarflaganingizni ko'rsatadi. Sahifa vaqti har bir ochiq sahifaga qancha sarflaganingizni eslab qoladi.

©️ @Kompyuter_Akademiyasi

🔽 Kengaytmani yuklash: page time

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #manba
Grafik karta yoki video karta?

💽 Grafik karta yoki video karta, bularni ikkovi ham bir xil narsalardir.

🖥 Kompyuterning grafikalar bilan ishlaydigan qismi GPU (inglizchadan tarjima qilinsa: "grafik ishlov berish birligi") deyiladi.

✌️ GPU ikki xil bo'ladi: biriktirilgan, hamda alohida.

💾 Biriktirilgan grafik kartalar protsessor (CPU) bilan birlashtirilgan bo'ladi. Bu noutbuklarning yana ham ingichkaroq dizaynga ega bo'lishini ta'minlaydi va albatta kichik rasm tahrirlash, kichik o'yinlarni o'ynashda yordam beradi.

🕹 Alohida grafik kartalar esa o'z nomi bilan alohida jism bo'ladi va u protsessor(CPU)ga ulanadi. Ular ko'p quvvat sarflaydi, lekin siz 3D yoki video-montaj ishlarini qilsangiz yoki kompyuterda ko'p o'yin o'ynasangiz, sizga albatta alohida grafik karta kerak bo'ladi.

🎞 Grafik karta haqida video...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videokarta / #bilib_oling
2024/10/02 20:30:59
Back to Top
HTML Embed Code: