Telegram Web Link
🔥 Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):

WIN + A
— Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun

⌨️ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #windows
🦾 Malwarebytes - siz uchun yuqori darajadagi himoya va maxfiylik!

ℹ️ Bundan avvalgi postimizda malware-lar haqida aytib o'tdik. Malware-dan himoyalanish sizning hushyorligingizga va siz ishlatayotgan xavfsizlik vositalariga bog'liqdir. Umid qilamizki, siz hushyorsiz, xavfsizlik vositasini esa biz sizga tavsiya qilamiz.

🛡 O'z nomidan ko'rinib turibdiki, Malwarebytes sizni malware-lardan himoya qiladi. Dehqonchasiga tushuntiradigan bo'lsak, Malwarebytes - bu anti-virus, anti-malware.

🔰 Malwarebytes ayrim antiviruslar topa olmay o'tkazib yuboradigan malware-larni topa oladi;
🔰 Virus hujumlarini aniqlash va bloklashda ustovorlikka ega;
🔰 Zararli veb-saytlarga, reklama tarmoqlariga kirishni oldini oladi va boshqa ko'plab xususiyatlarga ega.

📥 Malwarebytes-ni o'zining rasmiy saytidan yulab olib, o'rnatishingiz mumkin: www.malwarebytes.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
Dasturlarni to'liq o'chirib yuborish haqida

💻 Ko'pchiligimizning kompyuterimizda keraksiz dasturlar bor. Ularni ishlatmasangiz o'chirib yuborishingiz kerak. Negaki, ular bekordan bekorga kompyuteringizda joyni band qiladi va ayrim paytlarda kompyuteringiz yaxshi ishlashiga xalaqit berishi mumkin.

Dastur papkasi delete qilishning o'zi yechim bo'la olmaydi. Aksincha bu masalani battar chigallashtirib yuboradi.

🗑 Dasturlarni o'chirish "uninstalling" deb nomlanadi.

Dasturlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'chirish uchun Iobit Uninstaller-dan foydalanishingiz mumkin. Iobit Uninstaller dasturiga kirib o'chirmoqchi bo'lgan dasturingizni tanlang va uninstall qiling.

🌐 Dasturni o'zining rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin: iobit.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Developer & bug vs tester

😎 Oramizda dasturchilar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Thermal pads (термопрокладки) nima?

🥵 Biz yugurganimizda qiziymiz va sovush uchun birozdan so'ng terlashni boshlaymiz, chunki biz issiqlikni ko'tara olmaymiz.

🖥 Kompyuterlar ham xuddi shunday, faqat ular qiziydi xolos, terlamaydi. Kompyuter qiziganda uni sovutish uchun bizda "cooler", ya'ni sovutish ventilyatorlari bor. Ba'zan cooler ham yetarlikcha sovutolmaydi va shu sabab qo'shimcha thermal pad-lardan foydalaniladi.

ℹ️ Thermal pad - bu kompyuter qizib ketishini sekinlashtiradigan qattiq, kimyoviy materiallardir. Kompyuterda qizib ketadigan ikki narsa bu CPU va GPU hisoblanadi va shuning uchun "issiqlik kamaytiruvchi yostiqchalar" ular ustiga qo'yiladi. Bu kabi sovutish usullaridan foydalanish, albatta, kompyuteringiz uzoq yashashiga xizmat qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Qiziqarli savol: ko'pchiligimiz AIMP musiqa pleyeridan foydalanamiz, biroq AIMP so'zining kengaytmasi qanday bo'lishini ham bilamizmi?
Anonymous Quiz
53%
Artificial Intelligence Music Player
24%
Artem Izmaylov Media Player
23%
Aurora Incredible Music Player
TypingClub

⌨️ Klaviaturada tez yozishni o'rganish uchun eng yaxshi saytlardan biri bu TypingClub saytidir: typingclub.com

💻 Saytga kirib, ro'yxatdan o'ting va agar to'xtamasdan 2-3 oy saytlardagi mashqlarni bajarsangiz siz ham klaviaturaga qaramay yozadiganlardan bo'lib ketasiz.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Windows'ning ilk versiyasi "tug'ilgan" yilini bilasizmi?
Anonymous Quiz
39%
1981-yil
37%
1983-yil
24%
1985-yil
Counter-Strike 2 yoki CS:GO yangilanishi

ℹ️ Britaniyalik taniqli jurnalist, Richard Lyuisning o'ziga yaqin bo'lgan manbaga asoslanib xabar berishicha, Counter-Strike: Global Offensive o'yini katta yangilanishni qabul qilish arafasida turibdi – Valve o'yinni Source 2 dvigatelida ko'chirmoqda.

🧑‍💻 Lyuisning aytilishicha, kompaniya allaqachon o'zining Sietldagi shtab-kvartirasiga yangi o'yinni sinab ko'rish uchun professional CS:GO o'yinchilari guruhini chaqirgan.

🫣 Bundan tashqari, o'tgan hafta Reddit foydalanuvchisi NVIDIA'ning yangi drayverlarida csgo2.exe va cs2.exe deb nomlanadigan fayllarni payqab qolgan.

📊 Ma’lum bo‘lishicha, Dota 2 va Half-Life: Alyx o‘yinlarida allaqachondan beri qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan Source 2 dvigateliga CS:GO o‘yinini ham o‘tkazish uning yanada yaxshiroq grafika va ishlash bilan ta’minlaydi.

~ Manba – terabayt.uz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #csgo / #news
Qanday qilib hujjat hajmini kamaytirish mumkin?
#info / #word

1️⃣-usul
Agar hujjat eski versiya (.doc) bo'lsa hujjatni .docx formatiga o'tkazing. Ushbu format diskda juda kam joy egallaydi.

2️⃣-usul
Agar hujjatda rasmlar bo'lsa va ularni hajmini kichraytirishni xohlasangiz, saqlash paytida "Сервис" → "Сжать рисунки"ni tanlang.

3️⃣-usul
Shaxsiy va yashirin ma'lumotlarni hujjatdan olib tashlang. Buning uchun "Файл" → "Сведения" → "Найти проблемы" → "Проверить документ" bo'limiga o'ting.

Tekshirish tugagandan so'ng, "Удалить всё" tugmasini bosing. Bu usul orqali hujjatlardagi keraksiz bo'lgan ma'lumotlar (hujjatning muallifi, yashirin ma'lumotlar va h.k) ni o'chirib tashlash mumkin.

P.S. Shaxsan men o'zim 2-usuldan ko'p foydalanaman. Unutmang o'lchamini kichraytirish orqali sifatga ham ta'sir o'tkazish mumkin.

~ Manba: @Kompyuter_Akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #pdf / #foydali / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bethesda Starfild o'yinini qachon chiqarishini e'lon qildi

📆 Bethesda Softworks kosmik RPG Starfield 2023-yil 6-sentyabrda Xbox va kompyuter uchun chiqishini e'lon qildi.

▶️ Videoda Todd Xovard studiya rivojlanish uchun katta kuch sarflaganini va o'yin juda keng ko'lamli bo'lib chiqqanini ta'kidladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #news
Windows operatsion tizimi qaysi dasturlash tilida yozilgan?
Anonymous Quiz
26%
Python
38%
C
23%
HTML
13%
Java
Telegram 9.5 versiyaga yangilandi!

• Quvvat tejash rejimi
• Ijro tezligi sozlamalari
• Kichik guruhlarda xabarni oʻqish vaqti
• Taklif havolalarini avtomatik yuborish
• Stiker toʻplamlari uchun dinamik tartib
• Bot tavsiflari uchun tarjima
• iOS uchun ilovada yaxshilangan jildlar
• Yangi animatsiyali emojilar
• Yangi interaktiv emoji va reaksiyalar
• Koʻplab tuzatish va yaxshilanishlar

ℹ️ Yangilanish haqida batafsil https://telegram.org/blog/power-saving/uz

~Manba: @texnologiyait

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram
🖥 Kompyuteringiz ekrani o'lchamini bilasizmi?

🌐 Quyidagi sayt orqali kompyuteringiz ekrani o'lchami qanaqa ekanligini bilib olishingiz mumkin:

🔗 http://whatismyscreenresolution.net/

⚙️ Shuningdek, Sozlamalar > Displey bo'limidan ham bilib olishingiz mumkin.

Sizniki qanaqa ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #display #foydali
Qanday qilib ko'pgina fayllar nomini birdaniga bitta nomga o'zgartirish mumkin?

📝 Buning uchun nomini o'zgartirmoqchi bo'lgan fayllaringizni belgilang va Rename tugmasini bosib, istalgan nomingizni bering va barcha fayllar shu nomga o'zgaradi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack
#operatsion_tizim

📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?

Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa CTRL + SHIFT + N klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔

Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili buyrug‘iga o‘xshash).

So‘ngra md 1-papka 2-papka 3-papka buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka".

🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻

📌 P.S.: md (make directory)'ning o‘rniga mkdir'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md (mkdir)'ni rd (rmdir, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER'ni bosasiz.

• Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack / #bilib_oling
Biz hozir internetning nechanchi versiyasidan foydalanayotganimizni bilasizmi?
Anonymous Quiz
15%
Internet 1.0
45%
Internet 2.0
40%
Internet 3.0
⌨️ Chrome brauzerida foydalanish uchun 20 ta "qaynoq" klaviaturalar

Brauzerda yangi tab ochish uchun: CTRL + T
Tab'ni yopish uchun: CTRL + W
Bir tab'dan boshqasiga o'tish: CTRL + TAB
Tab'da to'g'ridan-to'g'ri bosh menyuga qaytish: ALT + HOME
Yopilgan oynani qayta ochish: CTRL + SHIFT + T
Brauzerni butunlay yopish: CTRL + SHIFT + W
Tab ochiq turgan vaqtda qidiruv qutisiga o'tish: CTRL + L
Sahifada ichkariga-tashqariga zoom qilish uchun: CTRL + "+" yoki "-"
Sahifani yangilash uchun: CTRL + R
Sahifa ichidan qidirish uchun: CTRL + F
Sahifani saqlab olish uchun: CTRL + S
Sahifani print qilish uchun: CTRL + P
Xatcho'p qilinganlarni sahifada ko'rish uchun: CTRL + SHIFT + B
Xatcho'plarni boshqarish uchun: CTRL + SHIFT + O
Sahifani xatcho'p qilish uchun: CTRL + D
Inkognito, ya'ni "yashirin" rejimda brauzerdan foydalanish uchun: CTRL + SHIFT + N
Brauzerda yig'ilgan ma'lumotlaringizni o'chirib yuborish uchun: CTRL + SHIFT + DELETE
Brauzer sozlamalari sahifasini ochish uchun: ALT + E keyin S
Brauzerdagi boshqa profilga o'tish uchun: CTRL + SHIFT + M
Yuklab olingan bo'limiga o'tish uchun: CTRL + J

🔥 Bonus: Chrome brauzerida internet bilan ham dinozavr o'yinini o'ynashni istasangiz qidiruv qutisiga quyidagini kiriting: chrome://dino — va ENTER'ni bosing. Bosingizlar)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #chrome
2024/10/02 22:25:05
Back to Top
HTML Embed Code: